Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI LEKSIKASIDA UZUAL VA OKKAZIONAL MA’NO
Ahmadov Odilbek Alibek o‘g‘li · Ahmadov Odilbek Alibek o‘g‘li (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi f.f.f.d. (PhD)) · Ахмадов Одилбек Алибек угли (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi f.f.f.d. (PhD))
Для учителей · 10 · 55-56 · 2026
Аннотация
This article discusses the position, scope of use, and influence of usual and occasional meanings in the lexicon of the modern Uzbek literary language. It also clarifies the meanings of these two terms through several examples. Keywords. Usual meaning, occasional meaning, lexicon, modern Uzbek literary language, terminology. O‘zbek tili boshqa tillarga qaraganda juda murakkab va keng tadqiqotlar olib borilishga moyil tillar doirasidan hisoblanadi. Chunki tilimiz zamon bilan hamnafas, ya’ni vaqt o‘tgani sayin uning leksik miqdorida ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bir tomondan xorijiy tillarga oid so‘zlarning o‘zlashuvi, ikkinchi tomondan esa o‘z tilimizning lug‘at tarkibida mavjud bo‘lgan so‘zlarning yangi ma’nolarini kashf etishimiz hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasidagi bir qancha terminlarning qo‘llanish doirasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bundan kelib chiqadiki, leksikalogiya bo‘limini to‘liq va mukammal o‘zlashtirishimiz uchun bir qator tadqiqotlar va leksik atamalar ko‘magiga ehtiyoj sezamiz. Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasida uzual va okkazional ma’no deb nomlanuvchi va bir- biri bilan chambarchas bog‘langan ikki termin mavjud. Bu ikki termindan biri haqida gap ketganda, albatta, ikkinchisi yodga tushadi. Xo‘sh, o‘zi bu terminlarning o‘zbek tili leksikasidagi vazifasi nimalardan iborat? Bu haqida quyida keltiriladigan ma’lumotlar va misollar yordamida aniq tushunchalarga ega bo‘lamiz. Uzual ma’no (lotincha, usus – odat, qoida). So‘zda lug‘aviy birlik sifatida bor, umum tomonidan qabul etilgan, umum qo‘llanishdagi ma’no [1, 113 b.]. Ya’ni uzual ma’no til egasi bo‘lgan xalq tomonidan tan olingan va ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi hisoblanadi. Masalan, talamoq so‘zini oladigan bo‘lsak, bu so‘zning butun bir ommaga ma’lum bo‘lgan bir qator ma’nolari mavjud. Bu ma’nolar bilan quyida tanishib chiqamiz: – zo‘rlik bilan yopirilib tortib olmoq, olib qo‘ymoq; – talashib-tortishib xarid qilmoq; – ko‘p bo‘lib, birgalashib tashlanmoq, yopishmoq; – ko‘chma so‘z tarkibida: tatalamoq, tirnamoq, g‘ash qilmoq: Ko‘nglini shubha, g‘azab, pushaymon hislari talar edi [2]. Demak, keltirib o‘tilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarini ham uzual ma’no tarkibiga kirita olar ekanmiz. Bundan tashqari o‘zbek tili leksikasi tarkibiga yangi kirib kelayotgan so‘zlarni ham, shevaga oid bo‘lgan so‘zlarni ham undan foydalanuvchi aholi uchungina uzual ma’no tarkibiga kiritishimiz mumkin. Shundan kelib chiqadiki, o‘zbek tilidagi har bir so‘zning yozma va qisman og‘zaki nutq tarkibidagi barcha ma’nolari uzual ma’no hisoblanar ekan. Okkazional ma’no (lotincha, tasodifiy). Mahsuldor bo‘lmagan model asosida yasalgan va faqat shu nutqiy matnning o‘zida qo‘llangan so‘z, individual-uslubiy neologizm [1, 74 b.]. Ya’ni bu shu demakki, okkazional ma’no leksemaning tildagi ma’nosiga xos bo‘lmagan, ayrim shaxsning nutqiy vaziyatidan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha “mazmun” berishi natijasida yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nodir. U yakkalik xarakteriga monand hisoblanadi va faqat kontekstda anglashiladi. Shunday ekan okkazional ma’no o‘zbek adabiy tili leksikasidagi so‘zlar ma’nosi bilan o‘zaro bog‘liq emas. Bu ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarni til egalari faqat muloqot jarayonidagina qo‘llana olishlari mumkin. Buning boisi shuki, ular bir so‘zdan hosil qilgan yangi ma’no barchaga ham birdek tushunarli bo‘lavermaydi. Bu xususiyatlardan kelib chiqqan holda, uni “soxta” yoki “vaqtinchalik” ma’no deb ham atashimiz mumkin. Buni quyida keltiriladigan namuna yordamida ham kuzatishimiz va tub ma’nosini anglab yetish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz mumkin. Masalan, Anton Chexov qalamiga mansub “Semiz va Oriq” deb nomlanuvchi hajviy hikoyasi tarkibidan olingan quyidagi parchaga e’tibor beraylik: “–Xizmat qilaman, do‘stim! Ikki yildan beri kollejskiy asessorman, Stanislav oldim. Maoshning mazasi yo‘q... Sadqayisar-kuya! Xotinim musiqa darsi beradi, men uyda yog‘ochdan portsigar qilib sotaman. Juda g‘alati portsigarlar yasayman. Bittasi bir so‘m. Ulgurji oladigan 196 odamga arzonroq qilib beraman. Sababi tirikchilik-da. Departamentda xizmat qilar edim, shu mahkama bo‘yicha bu yoqqa ishlar mudiri bo‘lib keldim... Shu yerda xizmat qilaman. Xo‘sh, sen- chi? Statskiy sovetnik bo‘lgandirsan, deyman? A? – Yo‘q, azizim, yuqoriroqdan kelaver, – dedi semiz. – Men tayniy sovetnik bo‘lib qoldim... Ikkita yulduzim bor ” [3, 7 b.]. Ushbu parchada keltirilgan “yuqori” so‘ziga e’tiborimizni qarataylik. Bir tomondan olib qaraganda oddiy ko‘ringani bilan bu so‘z ushbu jumla tarkibida okkazional ma’no tashish vazifasini bajarmoqda. Quyida yuqori so‘zining ushbu til qo‘llanuvchilariga ma’lum bo‘lgan ma’nolari bilan tanishib chiqamiz: – biror narsaning eng ustki qismida joylashgan, tepadagi, balanddagi, ustki; – binoning yoki biror inshootning ustki qavati, boloxona, – biror yerga nisbatan baland o‘rnashgan joylar, baland tomon, balandlik; – yer, shaxs yoki narsa ustidagi bo‘shliq, tepa; – xonaning eshikka nisbata
Доказательный фрагмент
«This article discusses the position, scope of use, and influence of usual and occasional meanings in the lexicon of the modern Uzbek literary language.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the position, scope of use, and influence of usual and occasional meanings in the lexicon of the modern Uzbek literary language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Usual meaning, occasional meaning, lexicon, modern Uzbek literary language, hozirgi o‘zbek adabiy tili, okkazional ma’no, terminlar., leksika, Kalit so‘zlar. Uzual ma’no
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025