К содержанию
РецензированоUZ2026

MUSTAQIL SOʻZ TURKUMLARI VA MODAL SOʻZLAR OʻRTASIDA TRANSPOZITSIYA HODISASI

OʻRTASIDA TRANSPOZITSIYA HODISASI · Choriqulova Fayro‘za Telman qizi · Pardayev Sirojiddin Shokir o‘g‘li (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · TRANSPOZİSYON OLAYI (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Choriqulova Fayroza Telman kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Pardayev Sirojiddin Şokir oğlu (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · И МОДАЛЬНЫМИ СЛОВАМИ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Чориқулова Файроза Телман кизи (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Пардaев Сирожиддин Шокир оглы (студентка Узбекско-Финского педагогического института)

Для учителей · 10 · 55-56 · 2026

Аннотация

This article provides general information about transposition, as well as an analysis of the phenomenon of transposition between independent word classes and units related to specific word classes, accompanied by scientific theories and examples. Keywords. transposition, internal and external transposition, conversion, kel, qani, to‘g‘ri. Kirish. Bugungi kunda hozirgi oʻzbek adabiy tili fani oʻz oldiga ushbu fanning mohiyati, oʻzbek tilining grammatik boyligi, leksik-semantik birliklari,uning tarixi, rivojlanish bosqichlari, til sathlaridagi barcha oʻzgarish hamda yangiliklar bilan yaxshi tanish boʻlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni maqsad qilib qoʻygan. Ushbu fandagi muhim tarmoqlardan biri – transpozitsiya hodisasidir. Bizga maʼlumki, davrlar mobaynida har sohada oʻzgarish va yangiliklar kuzatiladi. Tilshunoslik ham bundan mustasno emas. Til hodisalari rivojlanib borish natijasida bir-biriga oʻtib boradi. Shu asnoda transpozitsiya yuz beradi. Transpozitsiya lotincha soʻz boʻlib, "oʻrin almashtirish" degan maʼnoni anglatadi. Transpozitsiyada soʻzlar nutqning maʼlum bir qismidan ikkinchisiga oʻtadi.Ushbu atamaga Azim Hojiyevning “Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati” kitobida: “Grammatik kategoriyalarning oʻziga xos boʻlmagan vazifada qoʻllanishi” [1, 45 b.], – deb taʼrif keltirib oʻtilgan. Transpozitsiya oʻz oʻrnida 2 xil boʻladi: 1. Ichki transpozitsiya. 2. Tashqi transpozitsiya. Ichki transpozitsiya – soʻz turkumlarining bir guruhi doirasida oʻzaro vazifa almashinuvi. Tashqi transpozitsiya – har xil turkum doirasidagi vazifa almashinuv jarayoni. Til tizimi nutqning maʼlum qismidan boshqa bir qismiga oʻtish uchun oʻz imkoniyatlariga ega. Baʼzi soʻzlar oʻz atash maʼnosini yoʻqotib, modallik vazifasini shakllantirishi yoki yordamchi turkumdan mustaqil soʻzga aylanishi mumkin. Soʻzlarning nutqning bir qismidan ikkinchisiga oʻtishining har bir leksik-grammatik jarayoni oʻziga xos semantik, morfologik va sintaktik tartib shartlariga ega va har bir aniq holatda baʼzi shartlar yetakchi, boshqalari esa faqat hamroh yoki neytraldir. Soʻzlarning nutqning bir qismidan ikkinchisiga oʻtishining yagona universal sharti yoʻq [2, 115 b.]. Biz mustaqil soʻz turkumlarining modallashuvi haqida toʻxtalib oʻtmoqchimiz, yaʼni ot,sifat,son,feʼl soʻz turkumlarining oʻz mustaqil maʼnolarini yoʻqotib,modal soʻz vazifasida kelishini misollar yordamida tahlil qilib koʻramiz. Feʼl soʻz turkumiga tegishli kel soʻzi ayrim kontekslarda harakat vazifasini modallik,ya’ni taklif kiritish maʼnosida qoʻllanadigan modal soʻzga almashtiradi. M: Kel, endi boshqa tortishmasdan ahil yashaylik. Ushbu gapda kel soʻzi modal soʻz boʻlib kelgan. Bu gapni kelmoq harakati deb tushunadigan boʻlsak, gap tahlilida xatolikka yoʻl qoʻygan boʻlamiz. Chunki bu gapda harakat maʼnosi aks etmagan, balki soʻzlovchi oʻz fikriga qoʻshimcha maʼno kiritgan [3, 54 b]. Shahardan tezroq kel. Bu gap tarkibidagi kel esa feʼl soʻz turkumidagi harakat maʼnosini, yaʼni qayerdandir kelish maʼnosini ifodalab kelgan. Qoʻy feʼli misolida ham tahlil qilib koʻramiz. 1. Qoʻy, endi shu dunyoning gʻamlarini. 2. Daftarlarni oʻsha stol ustiga qoʻy. Yuqorida keltirilgan gaplarning birinchisida modal soʻzga aylangan feʼl berilgan, ikkinchisida esa harakat maʼnosini saqlagan qoʻymoq feʼli aks etgan. Bu misollar feʼl soʻz turkumi va modal soʻzlar oʻrtasidagi koʻchish jarayoniga tegishli. Sifat soʻz turkumi bilan ham bu jarayon koʻzga tashlanadi. M: a) Toʻgʻri, hayotning turli xil sinov-u mashaqqatlari bor, lekin shularni yengib oʻtgan insongina haqiqiy baxtga erishadi. b) Hayotning turli xil sinov-u mashaqqatlari borligi toʻgʻri, lekin shularni yengib oʻtgan insongina haqiqiy baxtga erishadi. 200 Quyidagi misollarda aks etgan farq yaqqol koʻrinib turibdi. Birinchi gapda toʻgʻri soʻzi modal soʻz vazifasida kelgan va gap boʻlaklari bilan hech qanday aloqaga kirishmagan. Ikkinchi gapda toʻgʻri sifat maʼnosida kelib, ot kesim vazifasini bajargan. Birinchi gapda soʻzlovchi fikrga tasdiq maʼnosini yuklagan. Bundan koʻrinib turibdiki, nafaqat semantik maʼno jihatdan,balki gap boʻlagi vazifasini bajarish nuqtayi nazaridan ham oʻrni almashib ketadi [4, 143 b.]. Olmosh soʻz turkumida ham modal soʻz bilan transpozitsiya hodisasi kuzatiladi. Qani soʻzi misolida tahlil qilib koʻramiz. 1. Qani, darsni boshladikmi? - modal soʻz 2. Mening sumkam qani? -soʻroq olmoshi Son soʻz turkumi doirasida birinchidan,ikkinchidan soʻzlari orqali almashuv yuz beradi. - Birinchidan, bu fikr mutlaqo xato edi.- modal soʻz Birinchidan keyin mening navbatim.- son(otlashganda) Badiiy asarlar misolida ham transpozitsiya namunalarini koʻrishimiz mumkin. Xususan, Shuhratning “Oltin zanglamas” romanidan olingan quyidagi jumlalarni keltirib oʻtamiz: -Ikki yuvosh parrandaning bu nojoʻya ishi Qodirning gʻashiga tegib, endi haydamoqchi boʻlib turgan edi,bittasi daraxtga uchib oʻtdi, keyingisi ketidan qarab qoldi. Qodir: “Qani, endi nima qilar ekan!” - deb turgan edi,qarshisida bir qiz koʻrindi. -Mirsalimning insofga ke

Доказательный фрагмент

«This article provides general information about transposition, as well as an analysis of the phenomenon of transposition between independent word classes and units related to specific word classes, accompanied by scie…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides general information about transposition, as well as an analysis of the phenomenon of transposition between independent word classes and units related to specific word classes, accompanied by scie… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transposition, internal and external transposition, conversion, kel, qani, to‘g‘ri, konversiya, ichki va tashqi transpozitsiya, Kalit so‘zlar. transpozitsiya, t
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники