К содержанию
РецензированоRU2026

ZULFIYANING AYRIM SHE’RLARIDA METAFORA

G‘aniyeva Sevinch Erkin qizi · G‘aniyeva Sevinç Erkin kızı (O‘zbekiston Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Ганиева Севинч Эркин кизи (O‘zbekiston Finlandiya pedagogika instituti talabasi)

Для учителей · 10 · 55-56 · 2026

Аннотация

В этой статье мы рассмотрим феномен метафоры, использованный в тексте стихотворений народной поэтессы Узбекистана зульфияхоним Исраиловой “Халыме Айтар соҙларим”, “когда я родился”, “когда смеялась Заря любви” и “Мушойра”. Метафора-средство выразительного изображения, служащее для более яркого отображения содержания изображаемой действительности. Ключевые слова. Метафора, поэзия, сравнение, сравнение, образ. METAPHOR IN SOME OF ZULFIA’S POEMS Ganiyeva Sevinch Erkin qizi, student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute Annotation. In this article we will consider the phenomenon of metaphor used in the text of the poems of the people’s poet of Uzbekistan Zulfiyakhanim Israilova “my words to my people”, “I was born”, “when the morning of love laughs” and “mushaira”. Metaphor is an expressive image tool that serves to more vividly reflect the content and essence of the reality being described. Keywords. Metaphor, poetry, analogy, analogy, image. Nutqimizda keng qo‘llanadigan ma’no ko‘chish usullaridan biri bu metaforadir. Metafora (grekcha metaphora-ko‘chirish) - nutq mexanizmi, biror leksema denotatining tashqi, zohiriy o‘xshashligi asosida boshqa ma’noni ifodalash uchun ishlatiladi [1]. Ushbu atama ilk bor Izokrat tomonidan “Evagorus” asarida qo‘llanilgan. Ingliz olimi E. Ortoni kundalik hayotda metaforalardan 203 foydalanishning quyidagi uch asosiy sababini ko‘rsatgan: 1) ular bizga qisqacha gapirishga yordam beradi; 2)ular bizning nutqimizni yorqin qiladi; 3) ular ifodalab bo‘lmaydigan predmetni tasvirlashga yordam beradi [2]. Metafora bir predmetning harakat-holatini, xil-xususiyatining o‘xshash tomonlarini boshqasiga ko‘chirish orqali sodir bo‘ladi. She’riyatda metafora badiiy tasvirning hamda ma’noning ifodalanishida tasirchanlikni oshiruvchi vositadir. U o‘xshatishdan farqli o‘laroq, biror narsa yoki hodisani boshqa narsa bilan bevosita qiyoslash orqali yangi obraz yaratadi. Metafora o‘quvchini muayyan tuyg‘u yoki fikrni noan’anaviy o‘ziga xos shaklda idrok qilishga undaydi. Metafora she’riyatga nafosat bag‘ishlab o‘quvchini tasavvur va his qilishning yangi olamlariga olib kiradi. Shu bilan birga, har bir metafora o‘zida ijodkorning dunyo qarashini aks ettiradi [3]. Taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova zamonaviy o‘zbek she’riyatining nafis vakilasi sifatida so‘z sehri bilan ko‘ngillarni rom etgan, qalblarga nur bag‘ishlovchi ijodkordir. Uning asarlari gul yaproqlari kabi nozik, ammo bamisoli tog‘lar kabi haybatli, ulug‘vor. U yurak to‘ridagi tuyg‘ularni nafis ohang bilan bezab, har bir so‘zni mehr bilan yoza olgan adibadir. Zulfiyaxonim ijodida hayotning mazmuni, insoniylikning ulug‘ligi, muhabbatning beg‘uborligi, Vatan va xalqqa sadoqat timsoli jo‘sh urib turadi. Uning so‘zlari dildan chiqqan, she’rlari esa yuraklarga sirli sehr kabi o‘rnashib qoladigan badiiyat durdonalaridir. Zulfiyaxonim she’rlari matnida metafora hodisasiga kop o‘rinda duch kelamiz. Bu jarayonda metafora chuqur mazmunni aniqlashuviga badiiy ifodani boyishiga xizmat qiladi. Metafora harakat-holat xil-xususiyatning ikki predmet ortasidagi shakliy o‘xshashlik, shu predmetning joylashish o‘rni kabi ma’no ko‘chishlarida o‘z ifodasini yaqqol namoyon qila oladi. Aynan, shoiraning “Xalqimga aytar so‘zlarim” she’rida quyidagi metaforalarni ko‘rishimiz mumkin. O‘zing tashna etding o‘zing suv tutding, Qalbimdagi sahrom, daryomsan xalqim! Seni seva-seva men boyib ketdim, Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim. Zulfiyaxonim “Qalbimdagi sahrom, daryomsan, xalqim!” deya keltirgan jumlasida metaforaning yaqqol namunasini ko‘rish mumkin. Misralarda xalq shoiraning yuragidagi cho‘l va daryo sifatida tasvirlangan. Cho‘l tashnalik, sog‘inch va ehtiyojni anglatsa, daryo esa hayot, baraka va to‘kinlikni ifodalaydi. Bu orqali shoira birinchi misraga javoban xalqining og‘ir dardi, hasratlari bilan yashashini, shu bilan birga uning kuch-qudratidan bahramand ekanini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, keyingi misradagi “Seni seva-seva men boyib ketdim” tushunchasida “boyib ketdim” iborasi moddiy boylik emas, balki ma’naviy boylikni anglatadi. Bu esa shoiraning xalqini sevib, unga xizmat qilib ruhiy jihatdan yuksalganini, o‘ziga rag‘bat olganinitasvirlaydi, naqadar vatanparvarlik! Shoiraning “Men tug‘ilgan kun” she’ri matnida ham quyidagi metaforik birliklar uchraydi. Qora terda tanho boshingiz, Labingiz-dasht jo‘yagiday qoq. Og‘zingizga tiqib sochingiz, Tanangizga solarlar to‘lg‘oq. Ushbu to‘rtlikda shoira onasining uni dunyoga keltirishda qiynalganini, birinchi misradagi “Qora terda tanho boshingiz” iborasi orqali bilish mumkin. Hamda ikkinchi bandda “Labingiz- dasht jo‘yagiday qoq” tasviri orqali onaning lablari dashtdagi jo‘yaning (shudring tushmaydigan, quruq yerni bildiruvchi) qattiqligiga o‘xshatilgan “Dasht jo‘yagi” – qirg‘oqchilik, tashnalik va hayotsizlik ramzi. Shoira onasining lablarini shu tasvirga qiyoslab, u insonning hayotdagi mashaqqatlarini va hissiy qirg‘oqchiligini ifodalaydi. U “qoq” ya’ni qattiq, quruq va his- tuyg‘usizdir. Bu oda

Доказательный фрагмент

«В этой статье мы рассмотрим феномен метафоры, использованный в тексте стихотворений народной поэтессы Узбекистана зульфияхоним Исраиловой “Халыме Айтар соҙларим”, “когда я родился”, “когда смеялась Заря любви” и “Мушо…»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье мы рассмотрим феномен метафоры, использованный в тексте стихотворений народной поэтессы Узбекистана зульфияхоним Исраиловой “Халыме Айтар соҙларим”, “когда я родился”, “когда смеялась Заря любви” и “Мушо… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Metaphor, poetry, analogy, analogy, image, qiyoslash, Kalit so‘zlar. Metafora, she’riyat, o‘xshatish, obraz.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники