К содержанию
РецензированоUZ1970

70-YILLAR ROMANCHILIGINI O‘RGATISHNING USTIVOR YO‘NALISHLARI

-YILLAR ROMANCHILIGINI O‘RGATISHNING · USTIVOR YO‘NALISHLARI · Nasirov Azimidin Normamatovich · Nasirov Azimidin Normamatovich · Filoloji Doktoru · ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ПРЕПОДАВАНИЯ · РОМАНИСТИКИ -Х ГОДОВ · Насиров Азимидин Нормаматович

Для учителей · 1970

Аннотация

Along with revealing the main characteristics of the novelistic literature of the era, it is also required to analyze the complex and contradictory processes of that time and to form students’ understanding of the historical environment. When discussing the novels written in the 1970s, it is emphasized that the ideological views of the socio-political society in which the novel was created were of primary importance. This, in turn, demanded great responsibility from the writer, and explaining this based on historical facts is considered a foundation for developing students’ accurate understanding. Key words: ideology, literature, views, understanding, interpretation, mastery. Zamonaviy jamiyat o‘zining tez va chuqur o‘zgaruvchan tavsifiga ega bo‘lib, bunday o‘zgarishlar jamoatchilik tuzilmalari, jumladan, mustaqil davlatlar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, demografik siyosat, urbanizasiya jarayonlarida ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Ta’lim ham global umumhamjamiyat tuzilmasining alohida tarkibiy qismi sifatida jamiyatda bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarni hisobga olishi, ana shu asosda o‘z tuzilishi va faoliyat mazmunini o‘zgartirishi zarur. Roman janri hayotni epik tasvirlash bilan bir qatorda o‘zida inson ichki dunyosini, uning sirlarini chuqur va batafsil tasvirlashga asoslangani uchun ham janrlar orasida yetakchilik qilishini qayd qilish mumkin. Psixologizm va psixologik tahlil adabiyotning qonuniy hodisasi sifatida o‘zining butun borligini romanchilikda namoyon qildi. Shu o‘rinda A.Rahimovning “Adabiyot tarixi – bu yuksak ideallar va teran badiiy g‘oyalar, murakkab insoniy kechinmalar va barkamol xarakterlar hamda orginal poetik obrazlar-chinakkam san’at yo‘lidagi yuksalishlar va inqirozlar tarixi; adabiyot tarixi, bu hayotni realistik aks ettirish yo‘lidagi rang-barang badiiy uslubiy izlanishlar, adabiy harakatning va estetik tafakkur rivojining mohiyatini belgilovchi yetakchi tamoyillari va asosiy qonuniyatlar tarixi deganidir”, – deb yozgan fikrlari o‘zbek romanchiligining mohiyatini yanada teranroq anglashga xizmat qiladi. Badiiy obrazlar qanchalik mukammal bo‘lsa, hayot haqiqatini chuqur yoritsa, qahramonlar ichki dunyosini, istiroblarini tadqiqi qanchalik asosli yoritilsa, obrazlar olamining ta’sir doirasi ham shunchalik kengayadi. «Agar hayotiy material,–deb yozadi P.Shermuhammedov, san’atkorlarning qalb fabrikasida qayta ishlanmasa, har qanday fakt-faktligicha, prototip protopligicha qolaveradi». To‘g‘ri, badiiy haqiqat hayot haqiqatining chuqur tahlil qilinib, haqqoniy, to‘loqonli obrazlar, xarakterlar, tiplarga singdirilgan shaklidir. Psixologizm muammosi haqida adabiyotshunos A.Iyezuitov yozadi: “… Psixologizm ongli va asosiy estetik prinsip sifatida mavjuddir”. Psixologizm badiiy tasvirda o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. 70-80-yillarga kelib o‘zbek adabiyotida o‘nlab romanlar maydonga keldi.Bu romanlar turli mavzularda bo‘lib hayotning turfa xil qirralarini badiiy talqin eyish bilan bir qatorda, turfa xil xarakterlarni, ularning botiniy olamini, murakkab hayot voqeligini badiiy talqin etgan. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Olmas kamar”, “Qora ko‘zlar”, Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo”, “Ulug‘bek xazinazi”, “Diyonat”, “Oq qushlar oppoq qushlar”, Mirmuhsinning “Me’mor” kabi o‘nlab romanlar maydonga keldi. Bu davr romanchiligida tarixiy mavzu bilan bir qatorda zamonaviy romanlar yuksak darajaga ko‘tarildi. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” kabi badiiy mukammal tarixiy romanlar yaratildi. Tariximizning zarvaraqlaridan o‘rin olgan Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur obrazlari epik xarakterdagi romanlarda o‘z ifodasini topdi [1, 16-bet]. Bu tarixiy romanlarda tarixiy fakt yozuvchi fantaziyasi bilan chatishib, o‘sha davr ruhi chuqur yoritilgan. Masalan: “Yulduzli tunlar” romanidagi Bobur Mirzo xarakterining badiiy talqiniga e‘tibor beraylik. Bobur yosh bo‘lishiga qaramasdan zo‘rovon beklarning istagiga qarshi chiqadi. Yoki Bobur endigina taxt tepasiga chiqqan vaqtda sodir bo‘lgan bir voqyeaga diqqat qilaylik. Beklar Bobur oldiga Darvish govni ig‘vo tarqatganlikda ayblab olib keladilar. Darvish gov oddiy fuqoroni qo‘llab-quvvatlagani uchun ham beklar undan qasd olish maqsadida uni ayblaydilar. “–Amirzodam, men ig‘vogar emasmen! Men ig‘vogorlarning qurbonimen! Menga rahm qiling! Beshta yosh bolam bor! Noumid qilmang, amirzodam” Uning so‘zlaridan keyin Boburda 221 unga nisbatan rahm-shafqat tuyg‘usi uyg‘onadi. Lekin urush xavfi beklarning talabiga ko‘nishga majbur etadi. Tarixiy sharoit insoniylikka yo‘l bermaydi: “Yasoq!-deb qichqarayotgan har darg‘azab bek Boburdan quyoshni to‘sib olgan bir qora bulutga O‘xshardi. Boburni chirmab aylantirayotgan dahshatli quyun mana shu qora bulutlarning shamoli emasmikan? Nahotki, bu bulutlar doim toju taxt bilan birga yursa-yu, Darvish govga o‘xshaganlarning qoniga shunchalik tashna bo‘lsa?! Boya Boburga xuddi bulutlar orasida suzib chiqqan to‘lin oyday go‘zal ko‘ringan toju taxt endi oy tuti

Доказательный фрагмент

«Along with revealing the main characteristics of the novelistic literature of the era, it is also required to analyze the complex and contradictory processes of that time and to form students’ understanding of the his…»

Образец извлечения

Демо-превью

Along with revealing the main characteristics of the novelistic literature of the era, it is also required to analyze the complex and contradictory processes of that time and to form students’ understanding of the his… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ideology, literature, views, understanding, interpretation, mastery, mahorat., talqin, adabiyot, tushuncha, Kalit so‘zlar: mafkura, qarashlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники