К содержанию
РецензированоRU2026

“O‘ZBЕK MUMTOZ ADABIYOTI”NI O‘QITISHDA TURK-MONIY ADABIYOTINING O‘RNI

TURK-MONIY ADABIYOTINING O‘RNI · Alimuxamedov Rixsitilla. · TÜRK-MANI EDEBIYATI’NIN ROLÜ · Alimuhammedov Rixsitilla · РОЛЬ ТЮРКО-МАНИЙСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ · Алимухамедов Рихситилла

Для учителей · 2026

Аннотация

Old Turkic literary sources have its certain place by genre and artistic in the history of Classic Uzbek literature. In particular, there are place of these works in the emerging and development of some literary genres. For example, the beautiful examples of prayer books, hymns and etc (“Khuastuanit”). This article is devoted the place of these works in the history of Classic Uzbek literature. Key words. Turkic-Manichaean literary sources, Classic Uzbek literature, Manichaean hymns, dua’s and confession texts, the history of eastern people, literary interconnections. Dunyo sharqshunosligida o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini bir necha davrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Shulardan biri turk-moniy adabiyoti deb nomlanadi. Kunimizgacha saqlanib qolgan qadimgi turk-moniy yozma yodgorliklarini katta ikki guruhga ajratish mumkin: nasriy hamda she’riy asarlar. Quyida ularni ko‘rib chiqamiz. Moniylikda inson bilan yaratuvchi o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi turkum asarlar yaratilgan bo‘lib, ular orasida kishilarning bilib-bilmay qilgan ayb- gunohlaridan tavba qilish, ularning kechirilishi so‘ralgan matnlar ham bor. Shu mazmundagi asarlarni “tavbanoma” deyish mumkin. Turk-moniy muhitida yaratilgan yirik hamda to‘liq holda saqlangan tavbanomalardan biri adabiyotshunoslikda “Xuastuanivt” deb nomlanadi [10, 16-20 b.]. Turkshunoslar asarda berilgan ma’lumotga tayanib, uni turlicha nomlaganlar: asarning uyg‘ur yozuvli Sankt-Peterburg nusxasi so‘ngida: tügädi n(i)ğošaklarnïŋ suyïn yazuqïn öküngü Xuastuan(i)vt. Gapdagi n(i)ğošak so‘zi [<sug‘dcha nγwš'k] moniy dini jamoa a’zosi – tinglovchisi~o‘quvchisi deb yozilgan. Moniylikda ushbu so‘z moniy diniga e’tiqod qiluvchilarning eng quyi tabaqa vakilini bildirgan [6, 358-359 b.]. Suy [<xitoycha] – gunoh ma’nosini anglatadi. Gapda yazuq so‘zi bilan birga juft so‘z ko‘rinishida qo‘llanib, suy yazuq – “gunoh va ayblar” [6, 513 b.] degan ma’noni anglatadi. So‘zdagi -ïn qo‘shimchasi qadimgi turkiy tilda qo‘llangan vosita kelishigi -n (-ïn, -in; -un, -ün)dir [3, 156 b.]. Ökün- o‘kin-, pushaymon bo‘l- ma’nolarni anglatadi [6, 382 b.]. -gü sifatdosh qo‘shimchasidir [3, 177 b.]. Xuastuan(i)vt [<sug‘dcha χw'stw'nft] – moniychilarning tavba duosi ma’nosini bildiradi [6, 638 b.]. Yuqoridagi ma’nolarni yig‘ib, jumlani o‘zbek tiliga: “tugadi nig‘o‘shaklarning gunoh va ayblarini o‘kinuvchi Xuastuanivt” deb nomlash mumkin. Asarning til xususiyatlariga ko‘ra taxminan VIII–IX asrlarda turkiy tilga o‘girilgan, degan fikrni berish mumkin. Asarning mavjud sug‘dcha variantining ikki uzindisi V.Xenning tomonidan nashr etilgan bo‘lib, olimning ta’kidlashicha, asarning sug‘dcha varianti turkiysi bilan deyarli bir xil (mot á mot). Parchalarni asarning turkiy variantiga solishtirganda ular asarning yakunlovchi bo‘limi, o‘ninchi hamda o‘n birinchi bo‘limlarining bosh qismiga to‘g‘ri keladi [2, 63-67 b.]. Yuqorida keltirilgan barcha fikrlar asosida “Xuastuanivt” haqida quyidagi xulosalarni berish mumkin: 1) asarning qo‘lyozma hamda uzindi ko‘rinishidagi nusxalarining ko‘pligi hamda moniy va uyg‘ur xatida ko‘chirilgani uning o‘z davrida mashhur bo‘lganini, topinuvchilar orasida keng yoyilganini tasdiqlaydi; 231 2) asarning nusxalari yozuvning klassik uslubida bitilgani uning muqaddas kitoblardan ekanini isbotlaydi; 3) asar jamoa bo‘lib o‘qish bilan bir qatorda yakka holdagi ibodat uchun ham ishlatilgan. Asar butun ko‘rinishda ham, yakka bo‘lim holida ham ko‘chirilib, foydalanilgan; 4) asar nafaqat o‘tinch-yolborish uchun, balki ommani moniylik bilan tanishtirish uchun ham xizmat qilgan. Chunki asar mazmunida turli gunoh va savob bo‘lgan ishlar keltiriladi; 5) “Xuastuanivt” badiiy asar. Unda so‘z qo‘llash, badiiy tasvir vositalari, so‘zlarning qo‘shma va juft holda ishlatilishi, asarning bir tomondan, ta’sirli chiqishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, o‘sha davr tarjimachiligining qay darajaga ko‘tarilganidan dalolat beradi. Qadimgi turk-moniy muhitida yaratilgan bir guruh matnlar mazmuniga ko‘ra o‘zida tangri yoki boshqa ilohlardan yaxshi niyatlarning amalga oshishi uchun so‘raladigan tilak va istaklarni qamraydi. Mazkur asarlar qo‘lyozmalarida ularning nomi zikr etilmagan. Shunday esa-da, ular mazmunan o‘zbek tilidagi “duo” so‘zi anglatgan mazmunga to‘g‘ri keladi. “Duo barcha dinlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. U ibtidoiy davrda so‘zning sehrli kuchiga ishonish, uning yordamida ilohiy kuchlardan foydalanish mumkin degan ishonch asosida shakllangan” [12, 383 b.]. Har bir diniy ta’limotda duolarning o‘ziga xos ahamiyati mavjud. Ular ushbu ta’limotning ajralmas qismi hisoblanadi. Turk-moniy adabiy manbalari ichida duolarning alohida o‘rni bor. Ularda topinuvchining turli ayb-gunohdan saqlanishi, qilgan gunohlaridan o‘tinch tilanadi. Bu yo‘lda gunohlarini kechirilishi uchun turli tangrilardan panoh so‘raladi. Ba’zi duolarda rohiblarning burchi, iltijoni amalga oshirishda qay holatda turish, ularning darajalari hamda ba’zan, mazkur dinning qaysi shaharlarga, o‘lkalarga y

Доказательный фрагмент

«Old Turkic literary sources have its certain place by genre and artistic in the history of Classic Uzbek literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

Old Turkic literary sources have its certain place by genre and artistic in the history of Classic Uzbek literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkic-Manichaean literary sources, Classic Uzbek literature, Manichaean, Kalit so‘zlar. Turk-moniy manbalari, duolari va tavbanomalari, o‘zbek mumtoz adabiyoti, moniy alqovlari, sharq xalqlari adabiyoti tarixi, adabiy aloqalar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники