Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VASLIYNING TURKIY MEROSIDA ADABIY TA’SIR, IZDOSHLIK MASALALARI
IZDOSHLIK MASALALARI · Muxitdinova Badia Muslixiddinovna · ARKADAŞLIK SORUNLARI · Muhitdinova Badia Muslikhiddinovna · Мухитдинова Бадия Муслихиддиновна · имени Шарофа Рашидова (Профессор Самаркандского государственного университета)
Для учителей · 2026
Аннотация
Among the artists who had a great influence on Vasliy Samarkandi's work, Navoiy, Lutfiy, Fuzuliy, Mukimiy, Furqat are among the great figures of Uzbek and oriental classical literature. They directly enriched Vasliy's world of thought and saturate it with a world of meanings. This is based on the poet's lyrical works of various genres in the “Tuhfat ul-ahbob” divan. The article interprets and studies Vasliy Samarkandi as a follower who continued the tradition of these poets, a representative of their own unique path. Keywords. Turkic heritage, divan, literary activity, literary influence, issues of succession, muhammas. Mumtoz adabiyotda badiiy ta’sirlanish hodisasi tabiiy yuz beradigan holatdir. Salaflar va izdoshlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik mumtoz she’riyat an’analari bilan chambarchas bog‘liq. Ijodkorning boshqa bir ijodkordan ta’sirlanishi uning ijodida u yoki bu tarzda va muayyan shakllarda aks etadi. Alisher Navoiy ijodiga diqqat qaratsak, “Lison ut-tayr” dostonining yozilishiga Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonidan ta’sirlanishi sabab bo‘lgan. Zero, Navoiyning o‘zi ham ijodiga salaflari bo‘lmish Nizomiy Ganjaviy, Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiylarning bevosita ta’siri bo‘lganini turli munosabat bilan qayd etgan. Ijodkorning professionallik maqomi ham badiiy ta’sirlardan o‘sib chiqadi. Adabiyotning sharti shuki, badiiy ta’sirdan ma’lum bir davrdan so‘ng qutulish lozim va ijodkor o‘z uslubini topishi, o‘z MENiga ega bo‘lmog‘i zarur. XX asrning ko‘zga ko‘ringan ma’rifatparvarlaridan biri, zullisonayn adib Saidahmad Vasliy Samarqandiy adabiy faoliyatida bu hodisani kuzatar ekanmiz, uning qaysi shoirlardan ta’sirlangani haqida manbalarda ma’lumotlar yetarli emas. Po‘lotjon domla Qayyumiy tuzgan “Tazkirayi Qayyumiy”da ham bu haqida ma’lumotlar uchramaydi. Aynan badiiy ta’sir va izdoshlik masalalaridagi qarashlarni shakllantirish uchun eng muhim manba uning muxammaslaridir. “Tuhfat ul-ahbob” devonidan o‘rin olgan 18 ta muxammas – taxmis, ya’ni boshqa bir ijodkorning g‘azaliga bog‘langan muxammas ekanini avvalgi qismlarda aytib o‘tgandik. Aksar hollarda, ijodkor qalbiga yoqqan, ilhomlantirgan, uslubini ma’qul ko‘radigan, ixlos qilgan adib asarlariga nazira bog‘laydi. Tartib bo‘yicha birinchi berilgan “Huvaydo bo‘ldi jondin...” deya boshlanuvchi muxammas Amir Alisher Navoiy g‘azaliga bog‘langan. Ushbu taxmis Navoiyning “Manga ne manzilu ma’vo ayon, ne xonumon paydo” deya boshlanuvchi g‘azali asosida yozilgan. Huvaydo bo‘ldi jondin ohu , ko‘nglumdin fig‘on paydo, Na tab’imda farah hozir, na dardimg‘a amin paydo, Vujudim toirig‘a na makon, na ashyon paydo [1; Б.57.] Mazkur uch satr Vasliy qalamiga mansub bo‘lib, u Navoiyning she’rda ilgari surgan badiiy maqsadini, badiiy-estetik g‘oyasini davom ettirgan. Oxirgi ikki misra esa muxammas bitish qoidalariga ko‘ra Navoiyning g‘azali bilan yakunlanadi: Manga ne manzilu ma’vo ayon, ne xonumon paydo, Ne jonimdin asar zohir, ne ko‘nglumdin nishon paydo [1; – Б.57]. Navoiyning g‘azalida oshiqning ezgin va o‘ychan ruhiy holati ifodalangan. Vasliy ushbu tasvirni chuqurlashtirib, ayni mohiyatdan kelib chiqqan holda motivni qayta ishlaydi. Muxammasda shoir lirik qahramonning ruhiyati tasviri bilan cheklanmasdan, ijtimoiy hayot manzaralarini ham aks ettiradi. “Xirad ahli”ning siym-u zarni suymasligi, taxt uzra shoh g‘amgin, gado masrurligini bayon qilib, “Tiriklikda maorif ahli hargiz bo‘lmadi mag‘rur” ekanidan yozg‘iradi. Ne deb aylay shikoyat Vasliy taqdiri azaldinkim, Sanga jon shavqidin berdi, Navoiy yo‘q ajaldin kam, Ajal topg‘unga ermas, bu za’ifi notavon paydo [1; Б.58.]. Muxammasning so‘nggi bandida Vasliy taqdiri azaldan shikoyat qilishdan foyda yo‘qligini uqtiradi. Ushbu muxammasdan ko‘rinadiki, Vasliy ijodiga Navoiyning ta’sir kuchi yuqori bo‘lgan. Diniy-irfoniy mavzudagi lirik asarlarida ham Navoiy ilgari surgan g‘oyalarga hamohang qarashlarini oson ilg‘ash mumkin. 235 Vasliy ijodiga ta’sir ko‘rsatgan salaflardan yana biri bu Mavlono Lutfiydir. Bu fikrga asos Vasliyning she’rlaridagi o‘ynoqilik va misralarning ravonligidir. “Lab tashnai may o‘tmoqingizdin...” deya boshlanuvchi muxammasi Lutfiy g‘azali asosida yozilgan. Darhaqiqat, Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasida Mavlono Lutfiy haqida shunday yozadi: “Mavlono Lutfiy o‘z zamonining malikul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi. Ammo turkiyda shuhrati ko‘prak erdi va turkcha devoni ham mashhurdur va mutaazzir ul javob matla’lari bor, ul jumladin biri budurkim: Nozukluk ichra belicha yo‘q tori gisuyi, O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur qush” [2; Б.56.]. Ustoz Ibrohim Haqqulning fikricha, “Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning hasbu holini tasvirlashdan iborat bo‘lsa-da, shoir deyarli har bir she’rida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga o‘xshamaydigan badiiy san’atlarni qo‘llaydi”2. “Tuhfat ul-ahbob” devonini mutolaa qilish jarayonida ushbu badiiy xususiyatlar Vasliy ijodiga ham taallu
Доказательный фрагмент
«Among the artists who had a great influence on Vasliy Samarkandi's work, Navoiy, Lutfiy, Fuzuliy, Mukimiy, Furqat are among the great figures of Uzbek and oriental classical literature.»
Образец извлечения
Демо-превьюAmong the artists who had a great influence on Vasliy Samarkandi's work, Navoiy, Lutfiy, Fuzuliy, Mukimiy, Furqat are among the great figures of Uzbek and oriental classical literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkic heritage, divan, literary activity, literary influence, issues of succession, devon, adabiy faoliyat, Kalit so‘zlar. Turkiy meros, izdoshlik masalalari, adabiy ta’sir, muxammas.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025