К содержанию
РецензированоUZ2026

MIRHASAN SADOIY SHE’RIYATIDA IRFONIY MAVZULAR BADIIYATI

Muxitdinova Nazmiya Muslixiddinovna · Muhitdinova Nazmiya Muslikhiddinovna · Mukhitdinova Nazmiya Muslikhiddinovna

Для учителей · 2026

Аннотация

This article is devoted to the illumination of mystical views and their expression in artistic images in the work of one of the mature representatives of the Kokand literary environment, Mirhasan Sadoi. The mystical views and the scope of his subject matter in the poet's work are illuminated on the basis of an analysis of a number of his poems. Also, the artistic interpretation of the issue of the perfect person is studied. In the poems on the mystical theme in the poet's divans, the artistic development of the traditions of the predecessors is analyzed from an ideological and artistic perspective. Keywords: literary environment, mystical views, idealism, artistic image, perfect person, tradition and originality. МИСТИЧЕСКИЕ ТЕМЫ В ПОЭЗИИ МИРХАСАНА САДОИ Мухитдинова Назмия Муслихиддиновна, Профессор Самаркандского государственного университета имени Шарфа Рашидова 255 Аннотация. Статья посвящена исследованию мистических воззрений и их выражению в художественных образах в творчестве Мирхасана Садои, одного из зрелых представителей кокандской литературной среды. Поэтическое видение поэта и круг его тем исследуются посредством анализа ряда его стихотворений. Также исследуется художественная интерпретация вопроса об идеальном человеке. В мистических поэмах сборников поэта художественное развитие традиций предшественников анализируется с идейно-художественной точки зрения. Ключевые слова: литературная среда, мистические взгляды, идеализм, художественный образ, совершенный человек, традиционность и уникальность. Tasavvufiy she'riyat o‘zbek mumtoz adabiyotining muhim bir qismini tashkil etadi. Ayniqsa, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Mavlono Lutfiy va Alisher Navoiylarning barakali ijodlari tufayli ushbu yo‘nalishda qalam tebratish, irfoniy g‘oya va maslakni badiiy yo‘sinda ifoda etish hodisasini deyarli har bir o‘zbek shoirining ijodida mushohada etish mumkin. Umumiy ravishda irfoniy g‘oyalar va badiiy ijod munosabatlarini shartli ravishda uch guruhga tasniflash maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1. Tasavvuf tariqatida muayyan hol va maqom sohibi bo‘lgan oriflarning she'riyati. Ahmad Yassaviy, Boqirg‘oniy, Boborahim Mashrab, Xo‘janazar Huvaydo kabi valiysifat zotlarning she'r yozishdan maqsadi – ilohiy ma'rifat sir-asrorini badiiy ijod orqali muridlar va ma'rifat talabida bo‘lgan o‘quvchilarga etkazish ekanini hisobga olgan holda ularni shu guruhga mansub deb bilish mumkin. 2. Tasavvuf ta'limotini puxta egallagan, ammo shoirlik iste'dodi oriflik maqomidan ustun bo‘lgan mutafakkir zotlar she'riyati. Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy, Ogahiy kabi mumtoz shoirlarning ijodida majoz tariqi va haqiqat asrori qorishiq holda Kelgani, ularning merosi tasavvuf va irfon chegaralaridan ham o‘zib, umuminsoniy muammolar va g‘oyalar badiiyatning eng latif namunalari bilan bezangani bizning shu tariqada fikr yuritishimizga izn beradi. 3. Ijodiy merosida tasavvuf va irfonga oid tushuncha va tamoyillar ham uchrab turadigan shoirlar sirasiga Atoyi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Amiriy, Gulxaniy kabi shoirlar uchinchi katta guruhni tashkil etadi. Bu toifadagi shoirlarning ijodiy merosida inson quvonchu tashvishlari, hayotning turfa jumboqlariga orif yo tarkidunyo qilgan zohid ko‘zi bilanmas, balki haqiqatni anglashda turli raviya va fikriy oqimlarning qarashlaridan foydalanish ustunlik qiladi.[1.38] Mirhasan Sadoiy devonini ko‘zdan kechirsak, bu masalada ham har bir shoir o‘z individual yo‘nalishga ega bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, Sadoiyning she'riyatida irfoniy g‘oyalar asosida yaratilgan g‘azallar devonning salmoqli qismini tashkil etadi. Sadoiyning irfoniy mavzularda bitigan g‘azallarini o‘z navbatida uchta katta guruhga tasnif etish mumkin. Birinchi guruhdagi g‘azallarda shoir tasavvufning asosiy tamoyillari, tushuncha va atamalarining badiiy yo‘sinda ifodalanganini ko‘ramiz. Jumladan, 120-raqamli g‘azalda Sadoiy tariqatning eng muhim bosqichlaridan biri – tavba va istig‘for haqida so‘z yuritadi. Istig‘for aytish, bilib-bilmay gunohlardan pushaymon bo‘lib, nadomat chekish hamda qaytib bu gunohlarni takrorlamalikka jahd qilish barcha diniy ta'limotlarda, jumladan islom dinida mavjud bo‘lgan muhim ma'naviy-axloqiy qadriyatlardan hisoblanadi. Tavbani Horis Muhosibiy tariqatdagi hollardan biri deb hisoblagan bo‘lsa, Abu Nasr Sarroj “Al-Luma’fit-tasavvuf” kitobida uni birinchi maqom deb bergan.[5.120] Sadoiy g‘azalida tavba tasavvufdagi maqomlardan biri sifatida talqin qilingan. Uning g‘azalida istig‘for kalimasi radif o‘rniga qo‘llanilib, g‘azalning emosionallik xususiyati yanada kuchaytirilgan: Yodingni qilmay, yo Ahad, astag‘firu-l-lohal-azim, Bo‘ldi gunohim beadad, astag‘firu-l-lohal-azim. Bul sog‘ari ishrat qurub, yurdum ajab, o‘ynab, kulub, Tavba qilib, ham sindurub, astag‘firu-l-lohal-azim.[4.72] 256 G‘azalning oxirigacha Sadoiy “kasri nafs” usulini qo‘llagan holda, qilgan toat-ibodati riyo va xo‘jako‘rsinga bo‘lgani, gunoh va xatolari ko‘pligi, hidoyat topish o‘rniga zalolat yo‘lida tentirab yurgani haqida so‘z yuritib, qalb ko

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to the illumination of mystical views and their expression in artistic images in the work of one of the mature representatives of the Kokand literary environment, Mirhasan Sadoi.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to the illumination of mystical views and their expression in artistic images in the work of one of the mature representatives of the Kokand literary environment, Mirhasan Sadoi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
literary environment, mystical views, idealism, artistic image, perfect person, Kalit so‘zlar: adabiy muhit, komil inson, an'ana va o‘ziga xoslik., g‘oyaviylik, tasavvufiy qarashlar, badiiy timsol
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники