Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA ORIPOV LIRIKASIDA XALQONA USLUBNING QO‘LLANILISHI
Usarova Laylo Ibragimovna · Usarova Laylo Ibragimovna (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti) · Усарова Лайло Ибрагимовна (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti)
Для учителей · 2026
Аннотация
This article analyzes the use of folk style, along with a number of other styles, in the work of Abdulla Oripov, and the analysis of lyrical works created based on this style. The article presents an analysis of the poet's poem "Spring" using folk words. Keywords. Rhetoric, poetics, reality, folk, lyrics, landscape, poetry, style of creation, mother's embrace, Uzbek spirit, expression, artistic work, literary, landscape, artistic expression. “Adabiyotshunoslik lug‘ati” mualliflarining fikricha: “Uslubda namoyon bo‘luvchi ijodiy individuallik badiiy asarning barcha sathlarida (badiiy matnning tuzilishi – ritorika, badiiy voqelikni yaratish prinsiplari – poetika) birdek ko‘zga tashlanadi. Ya’ni uslub badiiy shaklning unsuri emas, 277 balki unga xos xususiyatdir. U asardagi shakl unsurlarining o‘z holicha emas, balki muayyan qonuniyat asosida yaxlitlikka birikishini ta’minlaydi, har bir unsurning butun tarkibidagi mohiyati va funksiyasini belgilaydi” [1]. Agar ushbu nazariy fikrlar xalqona uslubga tatbiq etilsa, u xalq tiliga xos ifoda tarzini, voqelikni tasvirlashning xalqona yo‘lini, xalqning ruhini tajassum etishi ayon bo‘ladi. Abdulla Oripovning mashhur “Bahor” she’ri xalqona uslubning o‘ziga xos aks etgani bilan alohida ajralib turadi. Mana, she’rdan ayrim misollar: Yellar ham uyg‘ondi ishqalab kaftin, Oftob ham yuksaldi – tik kelar quyosh. Tog‘lar ham yuk tashlab ko‘tardi kiftin, Bezavol maysa ham silkitadi bosh. Uyqudan uyg‘ongan yelning kaft ishqalashi – tashxisning betakror namunasi bo‘lgan ushbu satr chin ma’noda milliy ruh bilan sug‘orilgan. Zero, ayni shu odat – uyqudan turganda kaftni ishqalash o‘zbekkagina xos xususiyat ekani ma’lum. Bunday noyob xalqona ifodani shoir dabdurustdan o‘ylab topishi qiyin. Bu kabi quyma satrlar, odatda, yaxlit holda tug‘iladi. Tog‘larning yuk tashlashi –ular tepasidagi qorlar erishini ayni uslubda faqat o‘zbekona ifoda etadi. Metaforik tasvirni xalqona uslub zamiriga qura olish shoirdan katta mahorat talab qiladi. Yuqoridagi ikki satrda ana shunday san’atkorlik mukammal suratda namoyon bo‘lganini ta’kidlash kerak. Hattoki tuyg‘usiz chirik xazon ham Yashil po‘panakdan bog‘labdi qanot. Abdulla Oripov – xalq tilining bilimdoni. U xalq orasida qo‘llanib, adabiy tilda faol bo‘lmagan noyob so‘zlarni xuddi qimmatbaho javohirni izlagan kabi nuktadonlik ila topadi, she’rda mahorat bilan qo‘llaydi. Yuqoridagi iqtibosda qo‘llangan “po‘panak” so‘zi xalq orasida tez-tez ishlatilsa-da, adabiy tilda kam kuzatiladi. “Tuyg‘usiz chirik xazon” va “yashil po‘panak” jumlalaridagi ma’no zidligi – tazod ham shoirning so‘zni san’at darajasida qo‘llay olishini ko‘rsatadi. Zero, “Individual uslub, stil, manera, albatta, birinchi navbatda, shoir shaxsi bilan, uning voqelikka o‘zicha mustaqil va original qaray olish qobiliyati bilan, o‘zi ko‘rgan muhim narsalarni original formada ifoda qilib berish iste’dodi bilan bog‘liq” [2]. Abdulla Oripov o‘z she’rlari bilan bu borada mislsiz salohiyat sohibi ekanini yaqqol isbotlay olgan ijodkor. Shoir she’rlarining tahlili ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. O‘zbekning ruhiyatini xalqona uslubda ifodalashni maqsad qilgan shoir tabiat va inson munosabatlaridagi mutanosiblikni quyidagicha talqin etadi: Ona bag‘ri kabi iliqdir olam, Harir hovur ichra yayrar dala-tuz. Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am, Demak, bahor keldi, Kelmoqda Navro‘z. Bahor kelishi bilan ona-tabiat uyg‘onadi, g‘am-tashvishlar shoir ta’biri bilan aytganda, “puchmoq”larda qolgan “xazon” yanglig‘ yo‘qola boradi. Qahraton qishning sovuq kunlarini uyquda o‘tkazgan tabiat quyoshning iliq taftidan jonlanadi. Yer qa’ridan kelgan issiqlik harir hovur bo‘lib ko‘tarilar va bunday go‘zallikni his etgan ko‘ngillardan, albatta, g‘am-tashvish yiroqlashadi. Shoir ana shu go‘zallikni Ona bag‘ri, harir hovur, puchmoqlarda qolgan xazon kabi xalq orasida keng ishlatiladigan jumlalar vositasida tasvir etadi. Bahorning kirib kelishi, tabiatning yashnashi, Navro‘z bayrami, haqiqatan ham, ko‘ngillarni quvonchga to‘ldiradi. Quyidagi misralarda esa shoir o‘z tabiatini ifodalash uchun xalqqa tanish rivoyatlarga ishora etadi: O‘zbekman, inshoolloh, iymonim butun, Tilim qisiq emas bashariyatdan. 278 Kimgadir tengdirman, kimdandir ustun, Zuvalam qorilgan samimiyatdan. Inson tabiati uning “zuvala”si qanday yaratilgani bilan bog‘liq ekani haqidagi rivoyatlarga ishora etgan shoir o‘z qalbida samimiylik borligini inkor etmaydi. Haqiqatan ham, o‘sha samimiy tuyg‘ular shoirning chinakam iste’dodini ro‘yobga chiqardi. Tili qisiq iborasi salbiy ma’noni anglatishi ma’lum. Shoir bashariyatdan tili qisiq emasligini baralla ayta oladi, chunki iymoni but va o‘z xalqi oldida aybsiz, ayniqsa, o‘zbek ekanidan faxrlanadi. O‘z millatiga bo‘lgan cheksiz muhabbatini samimiyat bilan ifodalagan shoir ijodi shuning uchun ham xalq ko‘nglidan chuqur joy oldi. Taralsa elimdan xushnud bir xabar, Tabrik aylamog‘im, demak, muqarrar. Mayliga nogohon kimdir tosh otgay, Zarbi yuragimning tubiga botgay. Elim, qadamingni har dam kuzatdim, Goh o‘ychan,
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the use of folk style, along with a number of other styles, in the work of Abdulla Oripov, and the analysis of lyrical works created based on this style.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the use of folk style, along with a number of other styles, in the work of Abdulla Oripov, and the analysis of lyrical works created based on this style. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Rhetoric, poetics, reality, folk, lyrics, landscape, poetry, style of creation, badiiy asar, lirika, voqelik, Kalit soʻzlar. Ritorika, she’r, peyzaj, ona bag‘ri, xalqona, badiiy ifoda., uslub ijod, poetika, adabiy, o‘zbek ruhiyati, ifoda
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024