К содержанию
РецензированоUZ2026

USMON AZIM SHE’RLARIDA ASSONANS USLUBIY VOSITA SIFATIDA

USLUBIY VOSITA SIFATIDA · Bozorova Gulchexra Nazarovna · Bozorova Gulchexra Nazarovna · Бозорова Гулчехра Назаровна

Для учителей · 2026

Аннотация

The article highlights the poems of the poet Usmon Azim, which are written based on his emotional experiences. It provides analyses of the use of a distinctive poetic device — assonance – in his poetry. Keywords. Assonance, phonetic stylistics, free verse of poetry, literature, history, Jadidism, "Saylanma", monograph, research, vowel and consonant sounds. Ma’lumki, har bir ijodkor o‘ziga xos iste’dod sohibidir. Ular inson ruhiyati manzaralarini faqat o‘ziga xos, boshqlarga o‘xshamagan tarzda kashf etadilar. Chunki har bir ijodkor shaxsning 117 o‘z ruhiy olami, e’tiqodi, shaxs sifatidagi xislat va fazilatlari turlicha bo‘ladi. Usmon Azim 70-yillar adabiyotimizga o‘zining dadil qadamlari bilan, yoniq qalbi bilan kirib kelgan bo‘lsa, u o‘zi aytganday qalblarda daryo misol to‘lib-toshib oqayotir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shoir ijodida zamon, hayot, haqiqat va adolat qalbi tug‘yon urib turadi. Erk va o‘zlik uchun kurash - shoir she’rlarining mag‘zini tashkil etadi.Jumladan, Mirzo Kenjabek shoirning – Uyg‘onish azobi‖ nomli she’riy to‘plamiga o‘z fikr – mulohazalarini bildirar ekan quyidagicha fikrlarni ilgari suradi: -Usmon Azim, Xurshid Davron, Shavkat Rahmon va boshqa iste’dodlar yurak yalang‘ochlab maydonga chiqdilar. Adabiyot dargohiga yo‘nalgan har bir o‘qimishli yosh shoir ushbu iztirobga duch kelishi muqarrar. Qafasdagi adabiyotning isyonkor kuychilaridan bo‘lmish keyingi avlod chin so‘zni rasm etdi. Xususan, Usmon Azim rost tuyg‘ular kuychisi, to‘g‘riso‘z shoir sifatida tanildi. Usmon Azim shiddatli tuyg‘ulari bilan, keskin holatlar va aniq tasvirlari bilan o‘zbek she’riyatiga yangicha ruh olib kirdi.[1.223-bet]. Usmon Azimning sodda, samimiy va xalqona ohangi bilan yog‘rilgan she’rlarida ham fonetik xususiyatlar asosiy tasviriy vosita vazifasini o‘taydi. Ohangdorlikni kuchaytirishda, ta’sirchanlikni ohirishda, tasvir tiniqligini ta’minlashda fonografik vositalar ham uslubiy vosita bo‘lib xizmat qilganligini sevimli shoirimiz Usmon Azim she’rlari tahlili orqali ochib berishga harakat qilamiz. Assonans- misralardagi bir-biriga yaqin unli tovushlarning ohangdoshligidir. Bunda a-o, u- o‘, i-e tovushlari ohangdosh bo‘lib keladi.Bunday xususiyat nutqning jarangdor bo‘lishini ta’minlaydi.Masalan, Bog‘im ketdi-qolgan ko‘nglim yoboni, Oldida qum, ortidadir doboni, Kelayotgan o‘zgalarning davroni- To‘xta-ya,to‘xtagin, umrim karvoni. [2.403-bet]. Yuqoridagi misralarda iste’dodli shoirimiz Usmon Azim O tovushi vositasida assonasning jozibador ko‘rinishini hozil qilgan. Bir qadamin-umid, bittasi-armon, Bir yovim makondir, bir yonim zamon, Bir yo‘lim zamindir, bir yo‘lim osmon Osmonning ichida oyday sarsonman.[2.421-bet]. Fonetik stilistikani bilish ijodkorlar uchun ahamiyatlidir.Ular yaratgan ijod mahsullarida fonetik stilistikaning xususiyatlarini qo‘llashsa, o‘quvchilar va tinglovchilarning e’tiborini jalb qiladilar.Bu bilan matnning o‘qishliligini ta’minlaydilar va o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga osonroq erishadilar.Ayniqsa, jurnalistlar lavha, ocherk,adabiy portret yaratganlarida o‘rnini topib, fonetik stilistikadan foydalansalar, asarlari betakror, ta’sirchan, ohangdor bo‘ladi. Bir nafasim –bahor, bittasi kuzdir, Bir manzilim tog‘dir, bittasi tuzdir, Bir onam olovdir, bir onam muzdir, Toshlarning soyday sarsonman.[2.421-bet]. Mazkur nutqiy parchada I tovushi vositasida assonansning betakror namunasini ko‘rishimiz mumkin.Boshqa shoirlarning she’rlarida I tovushi vositasida kamdan kam holatda assonans yuzaga keladi.Usmon Azim she’rlarida esa bu hodisa juda sermahsul. Qon yutgan qurumlar uchun kechirgin Bemahal o‘limlar uchun kechirgin Ko‘zimning yoshligi uchun kechirgin Dunyoning yoshligi uchun kechirgin [2.318-bet]. Tahlil jarayonida Usmon Azim barcha unli tovushlar asosida assonansning betakror ko‘rinishini namoyon qila olgan. Kechirgin-u ko`yingda adashganimni, Kechirgin-u ko‘`yingda tinmaganim-chun, Kechirgin- erk uchun talashganimni 118 Va erk senligingni bilmaganim-chun[2.318-bet]. Usmon Azimning so‘z qo‘llash mahoratini yana shundan ko‘rishimiz mumkinki, u har bir til vositalaridan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.Bu esa boshqa ijodkorlar ijodida ko‘zga tashlanmaydi. Zal ham jo`r bo`ladi:”Sevaman de, ayt!” Sendan so`rayapti-men aniq sezdim- Bittagina so`zni zal mana shu payt. Yuqorida e tovushi vositasida assonasning go‘zal ko‘rinishni yaratganki, bu she’riyatga o‘ziga xos bir holat hisoblanadi.Assonasning , asosan, , a tovushlari vositasida hosil qilingan ko`rinishi she’riyatda ko`p kuzatiladi. Usmon Azim ijodida esa bu hodisa har bir unli vosita orqali hosil qilinganligining guvohi bo`lamiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Adabiy turlar va janrlar (Tarixi va nazariyasiga oid) 2jild. Lirika. – T.: Fan, 1992. 246 b. 2. Azimov U. Saylanma. – T.: SHarq, 1995. – 432 b. 3. Hojiahmedov, A. Sher’iy san’atlar va mumtoz qofiya. Toshkent.1998. 4. Azizovna Y.S. Study of folktale in literature and its relation to the epic genre. Central European Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482 https://api.sci

Доказательный фрагмент

«The article highlights the poems of the poet Usmon Azim, which are written based on his emotional experiences.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article highlights the poems of the poet Usmon Azim, which are written based on his emotional experiences. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Assonance, phonetic stylistics, free verse of poetry, literature, history, Jadidism, monografiya, erkin vazn, tadqiqot, adabiyot, fonetik stilistika, unli va undosh tovushlar., tarix, jadid, “Saylanma”, Kalit so‘zlar. Assonans
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники