К содержанию
РецензированоUZ2026

“QUTADG‘U BILIG” ASARIDA BURJ NOMLARINING IFODALANISHI

Mardanova Dilshoda Sadriddin qizi · İSİMLERİNİN İFADESİ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti doktoranti) · Mardanova Dilşoda Sadriddin kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti doktoranti) · Марданова Дилшода Садриддин кызы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti doktoranti)

Для учителей · 10 · 55-56 · 2026

Аннотация

It is a common fact that the science of linguistics often requires the study of each concept in diachronic and synchronous aspects. In order to understand the essence of the science, it is important to study its historical content. Therefore, in this study, the appearance of the names of the constellations in the ancient Turkic language (which are actively used in our language today regarding the calendar) was scientifically analyzed using the example of the work “Kutadgu bilig”. 120 Keywords. “Kutadgu bilig”, “Devoni lug‘otit turk”, constellation, Hut, Hamal, Savr, Javzo, Cancer, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiy, Dalv. “Burj” so‘zi arabcha, astronomiyaga oid tushuncha bo‘lib, quyoshning yillik harakat yo‘li bo‘ylab joylashgan o‘n ikkita yulduzlar turkumining majmuyi va ularning har biri (Hut, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiy, Dalv)ni ifodalaydi. “Qutadg‘u bilig” asarida nasriy va nazmiy muqaddimadan so‘ng 73 bob(fasl) nomining fihrasti (mundarijasi) berilgan. 73 bobning dastlabki 11 bobi debocha bo‘lib, hamd, na’t, Qoraxonga madhdan so‘ng beshinchi bobi aynan “Yetti sayyora va o‘n ikki burj” bayoniga bag‘ishlangan [ 1: 80-83-betlar]. Muallif asarning ushbu bobida olamning yaratilishi (kosmogoniya),yetti kavokib va o‘n ikki burj xususida bahs ochadi. Shoir dunyoning vujudga kelishini islomiy aqida bo‘yicha Yaratganning “Kun! – Yaral,bo‘l!” so‘zlaridan kelib chiqib tushuntiradi. Yetti kavokib (Sekantur, O‘ngay, Ko‘rud, Yashiq, Savit, Orzu, Yalchiq [1: 81-83-betlar]ning barchasi Allohning hukmi bilan yaratilib, ularning harakati Qudratli zotning izmi bilan ekanligini bildiradi. Shundan so‘ng o‘n ikki burjning o‘rni, holati, harakati haqida ma’lumotlar bayon etiladi: …O‘n ikki o‘kak bulardan boshqadir, Ayrimlari ikki xonali [ya’ni juft], ayrimlari bir xonali (toq)dir. Qo‘zi – bahorgi yulduz, so‘ng Ud keladi, Erandiz Quchiq bilan yaqin yuradi. Qo‘rqmas Arslon bilan Bug‘doyboshi qo‘shnidir, So‘ng Ulgu, Chazan va Yay eshi bo‘ldi. Yana O‘g‘laq, Ko‘nak va Baliq keldi, Bular tuqqach, osmon yorishdi …[1: 83-bet] Yuqoridagi baytlar Abdulhamid Pardayev tabdilida quyidagicha keltirilgan: …O‘n ikki bu burjning o‘zga sirlari, Biri juft xonali,toq qay birlari. Hamal bahorgi-yu so‘ngra Savr kelar, Javzo-yu Saraton yondoshib yurar. Jasur Asadgachi qo‘shni Sunbula, Keyin Mezon,Chayon,qaysar Qavs ular. Yana kelar Jadiy,Dalv-u ham Baliq Ular lutfi bilan yorishar borliq [2: 36-bet] …O‘n ikki o‘kak bulardan boshqadir, Ayrimlari ikki xonali[ya’ni juft],ayrimlari bir xonali(toq)dir. “Qutadgu bilig”da “burj” ma’nosini bildirgan “o‘kak” so‘zi Mahmud Qoshg‘oriyning “Devoni lug‘otit turk” asarida “sandiq; tobut” ma’nosi bildirgan so‘z sifatida keltirilgan.[DLT. I jild.107-bet] “Devon”da “o‘kakladi” fe’li “ol tamig‘ o‘kakladi “ shaklida “u shahar devoriga yulduzlarni qo‘ndirdi” degan mazmunda “ yulduz” ma’nosini ifodalab kelgan[DLT. I jild.299-bet] Qo‘zi – bahorgi yulduz, so‘ng Ud keladi, Erandiz Quchiq bilan yaqin yuradi. Quyoshning osmondagi 12 ta yulduz turkumidan yillik o‘tishini ifodalash uchun “burj” so‘zi bilan bir qatorda xalqaro nom sifatida “zodiak” atamasi qo‘llaniladi. Masalan, “Qo‘y burji” va "Aries zodiagi" — bir xil tushunchani anglatadi. Juda qadim zamonlardanoq zodiakal yulduzlarning koʻpchiligi hayvonlar nomlari bilan atalgan.Zodiak atamasi ham yunoncha “zodiakos”, zoon – hayvon o‘zagidan olingan. Asarda keltirilgan Qo‘zi – Qo‘y, Ud –Buzoq, Quchiq – Qisqichbaqa, Arslon – Sher, Chazan - Chayon, Baliq – Baliq hayvon nomlarini ifodalaydi. Ud leksemasining “Devon”da ham “sigir” ma’nosini ifodalishi hamda turklar qabul qilgan o‘n ikki yildan biri “ud yili” – sigir yili deb atalishi aytib o‘tilgan.[DLT. I Jild – 80-bet] 121 Chazan leksemasi ham “o‘rgimchaksimonlar sinfiga mansub, bo‘g‘im oyoqlilar turkumiga kiruvchi zaharli hasharot – chayon” semasini ifodalaydi. Ilk qadimgi turkiy tillarning fonetik qurilishiga xos xarakterli belgilaridan biri “d”lashishdir. Bu davrlar turkiy tillarda tarixiy jihatdan qadimgi “r>t/d > s/z” undosh tovushlarining “y” ga o‘tish hodisasi paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Masalan, XI asrda “y – s/z” mosligi Mahmud Qoshg‘ariyning devonida sanab o‘tilgan tillardan faqat qarluq qabila ittifoqi tarkibiga kirgan chigil tilida saqlanib qolgan. Jumladan, chigil tilida qisman qipchoq,o‘g‘uz,yag‘mo qabilalari tilida ham “azoq” (ayaq), azig‘(ayiq), (tozti) to‘ydi kabi so‘zlar “y” undoshi o‘rnida “z”, “dz” talaffuzli undoshi qo‘llanilgan. [3: 108-bet] Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, “Qutadg‘u bilig”dagi Chazan leksemasini ham turkiy tillarning fonetik qurilishiga xos xarakterli belgisiga ega so‘z sifatida qarashimiz mumkin. “Chazan > chayan” – “y” undoshi o‘rnida “z” talaffuzli undoshi qo‘llanilgan. Yana O‘g‘laq, Ko‘nak va Baliq keldi, Bular tuqqach,osmon yorishdi Asardagi Ko‘nak leksemasi Dalv (Qovg‘a)burjiga to‘g‘ri keladi. Ko‘nak so‘ziga “Devoni lug‘otit turk”da “obdasta” deb izoh berilgan.[DLT I jild.373-bet] “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “qimiz solib qo‘yi

Доказательный фрагмент

«It is a common fact that the science of linguistics often requires the study of each concept in diachronic and synchronous aspects.»

Образец извлечения

Демо-превью

It is a common fact that the science of linguistics often requires the study of each concept in diachronic and synchronous aspects. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Kutadgu bilig”, “Devoni lug‘otit turk”, constellation, Hut, Hamal, Savr, Javzo, Jadiy, Mezon, Aqrab, burj, Qavs, Dalv., Saraton, Asad, Kalit so‘zlar. “Qutadg‘u bilig”, Sunbula
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники