К содержанию
РецензированоUZ2026

FONETIK BIRLIKLAR – SHE’RIY MATNDA POETIK VOSITA SIFATIDA (Xurshid Davron she’riyati misolida)

Qurbonova Muharram Jurabekovna · Kurbanova Muharrem Jurabekovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti doktoranti) · В ПОЭЗИЧЕСКОМ ТЕКСТЕ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti doktoranti) · Курбанова Мухаррам Джурабековна (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti doktoranti)

Для учителей · 2026

Аннотация

Linguopoetics is a field of linguistics and literary studies that has been studied together since ancient times. Today, this field, which has attracted the attention of world and Uzbek linguists and is still at the center of study, is considered one of the important fields. This process began in the middle of the 19th century, but later, with the initiatives of our linguists, the scope of this research expanded somewhat. The study of the phonetic nature of a language, its linguopoetics and methodology is a process related to its historical development. Analyzing and studying literary works means studying our native language. It is obvious that this is an indication of increased attention to our language, which has a deep history. Keywords. Linguopoetics, phonetics, sound change, sound fall, sound harmony, dissimilation, rhyme O‘zbek tilshunosligida fonetik sath va uning lingvopoetikasini o‘rganish XX asrning 40-50- yillarida A.G‘ulomov, X.Doniyorov, R.Qo‘ng‘urov, B.Yo‘ldoshevlar tomonidan o‘rtaga tashlangan bo‘lsa, bu boradagi ilmiy ishlar A.Haydarovning “Konnotativ ma’noning fonetik vositalarda ifodalanishi”, A.Abdullayevning “Hozirgi o‘zbek tilida ma’no kuchaytirishning fonetik va morfologik usuli”, Z.Qobilovaning “O‘zbek tilining fonosemantik vositalari” dissertatsiyalarida, M.Mirtojiyevning “O‘zbek tili fonetikasi”, S.Umirovaning “O‘zbek she’riyatida lingvistik vositalar va poetik individuallik” monografiyalarida amalga oshirilgan. Shoir til imkoniyatlaridan, jumladan fonetik vositalar, tovush o‘zgarishi hodisalari, unli va undosh tovushlar uyg‘unligi va hokazolardan unumli foydalanadi. Ijodkorning bu imkoniyatlardan qanday foydalanishi tahlil qilish bilan mazkur ijodkorning ijodiy tafakkuri va til boyligini yuzaga chiqishini ham o‘rganish mumkin. Masalan, tovush o‘zgarishi hodisalaridan tovush tushishi (so‘z o‘zagidagi yoki unga qo‘shilgan qo‘shimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning ma’lum fonetik qurshov yoki pozitsiya ta’sirida talaffuz etilmasligi) [3.75] shoir she’riyatida ko‘p uchraydi: Ular dildan suyar yolg‘iz olloni, Mening dilimdayam shu mehr bordek [2.100]. Shuningdek, kam uchrovchi tovushning kombinator-pozitsion o‘zgarishi – dissimilyatsiya (Og‘zaki nutqda tovushlar doimo bir-biriga o‘xshayvermasdan, ba’zan uning aksi bo‘ladi. Ayrim paytda talaffuzda ikki o‘xshash tovush bir joyda yoki bir so‘zda kelgan vaqtda biri noo‘xshash tovushga aylanib ham qoladi) [7.67] hodisasidan ham unumli foydalaniladi: Shopmo‘ylovli badmast sallotlar Tinmay quvib kelar ortimdan – “Devon” nimasi, jonni berurman… Yoki aynan “sallot”ning “sollot” varianti ham uchraydi: Shoirlar otgan jallodlar Bugun yashar nafaqasin yeb. O‘lgan shohga sodiq sollotlar Xat bitishar: “Biz tayyormiz” deb [2.138]. 125 Ijodkor dissimilyatsiya orqali avvalo, o‘zbek tiliga xos bo‘lgan rang-baranglik, tovush o‘zgarishi hodisalari, bu orqali esa she’riyatga vazn va ritmning tengligi, qofiya ohangdorligini ta’minlashni ko‘zda tutgan. Fonetika bo‘limida bo‘g‘in (bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar yig‘indisidir)[3.79] va uning turlari, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini o‘rganamiz. Ular she’riy matnda ham o‘ziga xos uslubiy vazifani bajarishi mumkin. Masalan: Kar-lu-sha – deb chaqirar Qizcham har kuni tongda Bog‘chasiga ketayotganda…[2.96] Ijodkor bo‘g‘inga ajratib talaffuz qilish orqali qizaloqqa xos talaffuz ohangini, erkalikni va qushchaga bo‘lgan mehrni aks etishda foydalangan. Agar shunchaki oddiy talaffuz qilinganda badiiy tasbir yetakchilikka chiqa olmas edi. Yoki unli va undosh tovushlar she’riy matn tarkibida takrorning bir ko‘rinishi bo‘lib, alliteratsiya va assonans kabi fonetik usullarni yuzaga keltiradi. “She’riyatda esa, asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi” [1.79]. Bilamizki, alliteratsiya va assonans she’rning butun matni davomida uchraydi, ammo shoir bunday shaklbozlikka e’tibor qilmagan holda, faqat ma’lum gap tarkibidagina tovushlarni uyg‘unlashtiradi: Bog‘im bo‘m-bo‘sh, bo‘m-bo‘shdir samo [2.82]. O‘lim emas o‘dirgan, O‘ldirguvchi uyqudir! [2.118]. Aynan matn davomida takrorlanmagan unli va undoshlar uyg‘unligi mantiqiy urg‘uni matn tarkibidagi ma’lum bir gapga tegishli ekanligini ifodalashga, bo‘rttirib talaffuz qilishga va tinglovchiga yetkazishga yordam beradi. Bu bilan takrorning uslubiy vazifasi ravshanlashadi, shakl va mazmun moslashadi. Xulosa qilib aytganda, ijodkor eng ko‘p qo‘llagan fonetik sathdagi uslubiy o‘ziga xosliklar va ularning she’riy matndagi vazifalari quyidagilar hisoblanadi: Tovush o‘zgarish hodisalari (tovush tushishi, Qofiya saqlanishi dissimilyatsiya) Bo‘g‘in Pozitsiyani ochib berishda Sintaktik figuralar (alliteratsiya, assonans) Matn tarkibidagi aynan bir gapga urg‘u berish Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Butunbayeva T. Zamonaviy nazmiy diskursda individuallikni ta’minlovchi lisoniy vositalar(A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’riyati misolida): Filol. fan. bo‘yicha f

Доказательный фрагмент

«Linguopoetics is a field of linguistics and literary studies that has been studied together since ancient times.»

Образец извлечения

Демо-превью

Linguopoetics is a field of linguistics and literary studies that has been studied together since ancient times. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Linguopoetics, phonetics, sound change, sound fall, sound harmony, fonetika, tovush tushishi, tovush o‘zgarishi, dissimilyatsiya, tovush uyg‘unigi, Kalit so‘zlar. Lingvopoetika, qofiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники