Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASHTACHILIK TERMINLARINING QO‘LLANILISHI
KASHTACHILIK TERMINLARINING QO‘LLANILISHI · Umarova Shaxlo Baxridin qizi · NAKIŞ TERİMLERİNİN KULLANIMI (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tayanch doktoranti) · Umarova Shakhlo Bakridin kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tayanch doktoranti) · Özbekistan-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü doktora öğrencisi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tayanch doktoranti) · ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТЕРМИНОВ ВЫШИВКИ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tayanch doktoranti) · Умарова Шахло Бакридин кизи (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tayanch doktoranti)
Для учителей · 2026
Аннотация
This article contains information on the use of embroidery terms. It also touches on the vocabulary related to embroidery. It also provides information on the specific features of embroidery in the Samarkand region. Keywords. embroidery, fabric, gray, hook needle, “Chorchirok”, word, embroidery knot. Kashtachilik qo‘lda (igna, ilmoqli igna, ilmoqli bigiz bilan) yoki mashinada, asosan, mato (bo‘z, chit, satin, shoyi, baxmal, movut va b.) va charm (etik, mahsi, pichoq qini, kamar va b.) ga tikiladi. Kashta (fors.-chizilgan, tortilgan)-amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turi; igna bilan tikib tushirilgan gul, tasvir, naqsh. (O‘zb M.E, 195) Kashta tikish aslida amaliy sanʼatning xotin-qizlarga xos turi boʻlib, uning shakllanishi ham uzoq tarixga borib taqaladi. «Xalq oʻz orzu-umidlarini,–deb yozadi D.A.Faxretdinova, –ertaklarda ifodalanganidek, ayollarning nozik shoirona qalbi, ularning goʻzallik haqidagi tasavvuri kashtalarda 128 aks topar va jaranglar edi. Kashtachilik ayollarning kayfiyatini, his-tuygʻularini ifodalagan tasviriy sanʼatning ular qoʻli yetadigan yagona turi edi; mana shundan esa kashtachilikning yuksak emotsionalligiga erishilgan» (Faxretdinova, 1972, 21). Samarqand (hozirgi Jizzax) viloyati Gʻallaorol tumani vakilasidan yozib olingan quyidagi misralar shundan dalolat beradi: Tepchima tikkan tentak qiz, Chindaxiyol tikkan chinni qiz. Joʻrmama tikkan joʻnday qiz. Uyni, umuman, binoni bezab turgan ulkan soʻzanalardan choyxaltalar-u tuzliqlargacha, choyshab-u sochiqlardan tortib, eski-tuski saqlanadigan qopchiqlargacha–hammasi chevar ayollarning qoʻllari bilan ziynatlanadi. Sanʼatshunos O.Xudoyorova Samarqand kashtachiligining oʻziga xos xususiyatlari haqida soʻz yuritar ekan, quyidagilarni taʼkidlab oʻtgan: “Samarqand kashtalarida qadimgi soʻgʻdiylar sanʼati bilan yaqin boʻlgan arxaik xususiyatlarni koʻrish mumkin. Samarqand kashtalari Nurota va Buxoro kashtalaridan farqlanadigan jihatlariga egadir. Ularning guli yirik va uygʻun boʻlib, asosiy motivi barglar bilan oʻralgan rangsiz tonli davra turunjdir. XIX asr boshlarida toʻqilgan rang-barang konsentrik va nursimon detallarga ega boʻlib, toʻq koʻk rangdagi barglar, kashta doiralari esa kamalak yoʻli bilan yoki oʻrtacha och yashil, cheti och qizil rang bilan yorqinlashtirilgan. Samarqand kashtalarining tasviriy mahobati uning koʻrkamligi, sodda va yirik gullarining aniq tikilishidadir. Samarqand kashta kompozitsiyalarida eng xarakterlisi “Chor chiroq” kompozitsiyasidir. U markaziy turunjdan yoʻnaluvchi toʻrt uzun guldan iborat boʻladi. Kashtalari ingichka hoshiyali boʻlib, ikki barg gulli shoxning ketma-ket qaytarilishidan tuzilgan”. Kashtachilik oʻzbek xalqining qadimiy amaliy sanʼat turlaridan biri ekanligi, uning estetik- emotsional zavq olishga xizmat qilganligi va shu sohada ishlatilayotgan ayrim soʻz-terminlar yuzasidan bildirilgan u yoki bu tarzdagi mulohazalar qator sanʼatshunoslarning ishlarida keltirilgan. Kashtachilikning ayrim lingvistik xususiyatlari haqidagi, dastlabki, maʼlumotlar T.Tursunovaning monografiyasida oʻz ifodasini topgan (Tursunova, 1978). Monografiyada kashtachilikning paydo boʻlish va tarqalishi, uni anglatuvchi soʻz-terminlarning shakllanish tarixiga batafsil toʻxtalib, kashtachilikka aloqador qator soʻz-terminlarning maʼno xususiyatlari, kelib chiqish asoslari (etimoni), yasalish usullari haqida atroflicha asosli fikr yuritilgan. Kasb-hunarmandlikning kashtachilik turi ham Samarqand viloyatida keng tarqalgan. Uning “bisoti”da bir ming ikki yuztadan ortiq soʻz-termin (maʼlumotlar bizniki) mavjud ekanligi oʻzbek tili leksik qatlamlarining, nihoyat, boyligini tasdiqlovchi dalildir. Mazkur leksik guruh tarkibida adabiy tilda ham, tadqiqot obyektimizda ham maʼno jihatdan bir-biriga mushtarak soʻz-terminlar mavjudligini (ayrim fonetik oʻzgachaliklar bilan, albatta) taʼkidlab oʻtish lozim. Kashta, kashtachi, kashtachilik, soʻzana, qoʻchqorak, lolanusxa, yoʻrma, chok kabilar. Shu bilan birga, adabiy til doirasiga kiritilmagan, biroq samarqandlik kashtachilar hamda aholi nutqida ishlatilayotgan qator soʻz-terminlar ham qoʻllaniladi (Ular ishimizning quyirogʻida oʻz aksini topgan). Kashtachilikda xilma-xil maʼnolarni anglatuvchi soʻz-terminlar tarkib topgan. Fikrimizning isboti uchun kashtachilik amaliy sanʼatining tadqiqotchilaridan O.Xudoyorovaning soʻzlarini keltiramiz: “Kashta toʻqilgan choyshablar, roʻyijo (joypoʻsh)lar yangi kelin-kuyov oʻrni ustiga yopish uchun tayyorlangan. Koʻrpa-yostiq ustiga tutish (yopish) uchun esa takiyapoʻsh (Nurotada shunday atalgan), taxsarpoʻsh, bolishpoʻsh (Samarqandda), yostiqpoʻsh (Shahrisabzda) tikilgan. Tanpokkun, sarpokkun yoki sochiqlar tayyorlanib, ulardan yuvinganda artinish uchun foydalanilgan. Kashta tikib bezatilgan boʻgʻjomaga kiyim-boshlar oʻralgan. Roʻzgʻorda sandalpoʻsh va gavrapoʻsh kabi buyumlar ham ishlatilgan. Uylarning devorlarini bezatadigan soʻzanalar, palaklar, gulkoʻrpalar, zardevorlar kabi turli kashta tikilgan buyumlar tayyorlangan. Maxsus tikilgan joynamoz u
Доказательный фрагмент
«This article contains information on the use of embroidery terms.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article contains information on the use of embroidery terms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- embroidery, fabric, gray, hook needle, “Chorchirok”, word, embroidery knot, so‘zana, kashtali bo‘g‘jama., mato, ilmoqli igna, bo‘z, Kalit so‘zlar. Kashta, “Chorchiroq”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024