К содержанию
РецензированоUZ2026

TOG‘AY MURODNING “YULDUZLAR MANGU YONADI” QISSASIDA KO‘CHMA MA’NOLI LEKSIK BIRLIKLARNING QO‘LLANILISHI

Rajabova Bahora To‘ychi qizi · Rajabova Bahora Toychi kızı · Раджабова Бахора Туйчи кызы

Для учителей · 2026

Аннотация

The article discusses the lexical units with a portable meaning used in Togay Murod’s work "Yulduzlar mangu yonadi", their role in the work, and the ideological aesthetic funktions of the units that are unique to the author, and analyzes them based on examples. Keywords. Pragmatic meaning, metaphor, metonymy, synecdoche. Inson kognitiv olamidan, pragmatik maqsadidan kelib chiqib til birliklaridan foydalanishi XXI asrga kelib jahon tilshunosligining diqqat markaziga aylandi. Bundan kelib chiqib tilshunoslikda leksik birliklarni matndan tashqarida o‘rganish bilan birga kontekstda o‘rganish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Leksik birliklarning ko‘p ma’no ifodalashi umumiy tilshunoslikda polisemiya termini bilan izohlanadi. Bir ma’noni anglatuvchi so‘zlar vaqt o‘tib ko‘p ma’noli so‘zga 140 aylanib ko‘chma ma’nolarni yuzaga chiqarishi mumkin. Nutq tarkibida ko‘chma ma’noli birliklardan foydalanish nutqning ifodaliligini ta’minlaydi. Polisemiya bir turkum doirasida leksik ma’nolardan tarkib topishi, ularning o‘zaro bog‘liq bo‘lishi, ma’nolarning ayni so‘zning o‘ziga oidligi bilan boshqa hodisalardan ajralib turadi [1, 47 b.]. So‘zlarning ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi to‘g‘risida juda ko‘p olimlar, jumladan, proff. M.Mirtojiyev, I.Shukurov, shuningdek , prof Sh.Rahmatullayev chuqur ilmiy tadqiqot olib borganlar. Haqiqiy yozuvchi so‘zi orqali asariga jon bag‘ishlaydi. Shu bilan birga tanlangan har bir leksik birlik faqat fikr aytish, qahramon holatini ifodalash vositasi bo‘lib qolmay, xalqning yashash tarzi, tili, madaniyatini ham ifodalaydi. O‘zbek adabiyoti vakillari orasida Tog‘ay Murod o‘zining mazmundor roman va qissalari bilan kitobxonlar qalbidan joy olgan yozuvchilardan biri hisoblanadi. Yozuvchi “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida Surxon vohasiga xos uslub, ko‘chma ma’noga oid leksik birliklardan unumli foydalangan bo‘lib, bu asarning nafaqat badiiy qiymatini, balki o‘zbek tili leksik qatlamining qanchalar boy ekanligini yaqqol ko‘rsata oladi. Asar tarkibidagi leksik birliklarga e’tibor qaratsak, -Shu Boboqul bilan Mamat polvon juda ham lanj ekan, nima dedingiz, Bo‘ri polvon? -Mag‘zava, lanj ham gapni mag‘zava [2, 38b.]! Mag‘zava leksik birligi ko‘chma ma’noda salbiy bo‘yoqqa ega bo‘lib, izohli lug‘atlarda lanj, ezma,shalviragan kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu o‘rinda esa “undan besh battar, bo‘sh-bayov” ma’nosida qo‘llangan. Yozuvchi kurashchilarning harakatlariga berilgan tarifni birgina mag‘zava so‘zi orqali ifodalay olgani so‘z qo‘llash mahoratining kuchli ekanligining dalilidir. U-u, ola jelak, undan ko‘ra bo‘yningga to‘rva osib, tilanchilik qil [2, 39b.]! Yuqoridagi jelak birligi izohli lug‘atda yengsiz, yoqasiz nimcha, ust kiyim ma’nosini anglatib, matn tarkibida o‘zaro til biriktirib olgan ikkita polvonga nisbatan qo‘llangan. Fikrimcha, yozuvchi bu fitnachi polvonlarga nisbatan jelak birligini qo‘llash orqali o‘ziga xos pragmatik maqsadni amalga oshirgan. Ma’lumki, kurashda yoqasidan, yengidan ushlab hujum qilish mumkin. Polvonlar esa hech qachon bu kiyimni kiyib kurasha olmaydilar. Bu ikki polvonning niyati halol kurash tushish emas, sovrinni olib ikkiga bo‘lish bo‘lgan. Shuning uchun polvonlar jelak deb atalmoqda. Bu kabi individual leksikani ayrim yozuvchilardagina uchratish mumkin. Asar matnida Tog‘ay Murodgagina xos ko‘chma ma’noli birliklar yetarlicha uchraydi. Masalan, Abil tentak lalmi-lalmi dag‘dag‘alari o‘tmaganini bildi [2, 71b.]. Aslida lalmi leksik birligi suvi qochgan, quruq yer ma’nosini anglatib, bu o‘rinda belgi o‘xshashligi asosida insonning xususiyati "quruq kekkaygan" ma’nosida qo‘llangan. Bu kabi ma’no ko‘chish yozuvchining "Ot kishnagan oqshom" asarida "lalmi do‘q urdi" shaklida uchraydi. Otaginam, men endi davralarni mag‘lub bo‘lib tark etamanmi-a? Kelib-kelib, Ismoil degan bir yapaloq boladan-a [2, 79b.]? Izohli lug‘atda yapaloq so‘zi “yalpaygan, yassi, yalpoq” ma’nolarida bo‘lib ko‘chma ma’noda insonning yuzi, burniga nisbatan qo‘llaniladi. Diqqat qaratilsa, yetti yoshdan yetmish yoshgacha barchani "polvon" deb gapiradigan Bo‘ri polvon o‘z raqibini "bola" deb aytmoqda. Bo‘ri polvonning psixologik holatidan kelib chiqib, matn tarkibida yapaloq so‘zi "yoshi va jussasi kichik" ma’nosida ifodalangan, deya olamiz. Jayraxonadan qochgan [2, 72b.]. Bu o‘rinda makon bilan aloqador ma’no ko‘chgan bo‘lib, Surxandaryodagi ruhiy kasallarni davolovchi shifoxona haqida fikr yuritilgan. Shunda sho‘rchiliklar oqsoqoli o‘rnidan turdi, so‘zni qalin-qalin qilib aytdi [2, 117b.]. Yozuvchi hammaga tushunarli qilib, uzil-kesil, hech kim inkor qila olmaydigan qilib birliklari o‘rnida qalin-qalin metafora ma’no ko‘chish usulidan foydalangan. Bo‘ri polvon Shukurni silab suydi. Chuchuk-chuchuk so‘zlar aytdi [2, 18b.]. Chuchuk so‘zi ma’za-tam sifati hisoblanib gap tarkibida xususiyat sifati bo‘lib belgi o‘xshashligi asosida ma’nosi ko‘chgan. Qora choponi o‘ngirlarini qayirib, belbog‘iga qistirdi [2, 14b.]. O‘ngir leksikasi asl ma’nosida tog‘ning o‘yiq yerlarini anglatsa, jumla tarkibida o‘rin-joy o‘xshashl

Доказательный фрагмент

«The article discusses the lexical units with a portable meaning used in Togay Murod’s work "Yulduzlar mangu yonadi", their role in the work, and the ideological aesthetic funktions of the units that are unique to the…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the lexical units with a portable meaning used in Togay Murod’s work "Yulduzlar mangu yonadi", their role in the work, and the ideological aesthetic funktions of the units that are unique to the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pragmatic meaning, metaphor, metonymy, synecdoche, sinekdoxa., metafora, metonimiya, Kalit so‘zlar. Pragmatik ma’no
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники