К содержанию
РецензированоUZ2026

MODALLIK VA UNING O‘RGANILISHI HAQIDA

Yodgorova Nafisa · Sharof Rashidov nomidagi SamDU magistranti · Yodgorova Nafisa · Ёдгорова Нафиса · магистрант СамГУ имени Шарофа Рашидова

Для учителей · 2026

Аннотация

This article provides definitions of the category of modality, modal meaning, expression of modal relations, the category of modality, and some information on the study of this phenomenon. Keywords. Modality, types of modality, modal meaning, means of expressing modal meaning. Modallik tushunchasi juda keng tushuncha bo‘lib, bu hodisa nafaqat tilshunoslikda, balki mantiq ilmida ham o‘rganiladi. Modallik lingvistik tushuncha sifatida “modallik”, “modallik kategoriyasi”, “modal ma’nolar”, “modal qurilmalar” kabi so‘z va so‘z birikmalari bilan ifodalanadi. O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da modallik so‘ziga, – “Fikrning voqelikka bo‘lgan munosabatini ko‘rsatuvchi grammatik kategoriya”, – deb izoh berilgan [6, 469 b.]. Azim Hojiyevning “Lingvistik terminlar lug‘ati”da modallik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Modallik (fran. modalite<lot modus – mayl) so‘zlovchining ifodalanayotgan fikrga munosabatini bildiruvchi grammatik-semantik kategoriya. U orqali fikr mazmuni real yoki noreal, qat’iy va sh.k. 143 tarzda tasavvur etilishi mumkin. Modallik so‘z, qo‘shimcha, yuklama va ohang orqali ifodalanishi mumkin. Mas, yoza olmoq (ol yordamida yasalgan shakl qodirlik ma’nosini bildiryapti), albatta keladi (albatta so‘zi qat’iy ishonch ifodalayapti), ko‘rganov (-ov yuklamasi gumon bildiradi) va b"[8, 64-65]. Mazkur lug‘atda fikrning voqelikka bo‘lgan munosabatini ko‘rsatuvchi ma’nolar va bu ma’nolarning ifodalanish tizimi modallik kategoriyasi deb atalishi, modal ma’no esa modal so‘z yoki modal shakllar orqali ifodalanishi ta’kidlangan. Azim Hojiyev so‘zning modal ma’no ifodalovchi shakliga o‘zbek tilidagi otning kichraytish-erkalash shakllari(qizaloq, qo‘zichoq kabi), fe’lning modal ma’no ifodalovchi ko‘makchi fe’llar yordamida yasaluvchi shakllari (ayta qol, bora ko‘rma kabi)ni kiritadi. Olim so‘zlovchining o‘zi ifodalayotgan fikrga turli munosabatni bildiruvchi ma’nolarni ifodalovchi so‘z turkumi va shu turkumga oid so‘z: haqiqatan, albatta, chamasi, darvoqe kabilarni modal so‘zlarga kiritadi [8, 64-65]. R.Qo‘ng‘urovning “Subyektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari” nomli monografiyasida modallik tushunchasi juda keng hodisa ekanligi ta’kidlanadi va modal munosabatning fonetik, leksik yo‘llar bilan ifodalanishi ham misollar bilan izohlanadi [7, 37; 54]. Ushbu monografiyada “subyektiv baho formalari” nomi bilan, asosan, ot va sifat tarkibida o‘rganilib kelayotgan -gina, -choq, -cha, chik, loq, jon tipidagi shakllar ham so‘zlovchining obyektiv borliqqa, o‘z nutqiga bo‘lgan munosabatini ifodalashi aytiladi [7, 33]. R. Qo‘ng‘urov ayrim so‘zlarning ham (masalan, gul, oy, chiroq, yo‘lbars, bo‘ta, qo‘zi, g‘uncha kabi) ba’zan ko‘chma ma’noda, ba’zan egalik affikslari bilan birgalikda modal ma’nolarni ifodalashga xizmat qilishi haqida aytib, misollar bilan asoslab beradi [7, 33-35]. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Ahmedov, S.Solixo‘jayevalarning “O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi” kitobida modallik, uning turlari, predikativlik va modallik xususida ilmiy- nazariy ahamiyatga ega fikr-mulohazalar bildirilgan. Bu kitobda modallik gap semantikasining eng muhim komponentlaridan ekanligi, modallik ma’nosi til sistemasining turli sathlarida kuzatilishi, modallikning ifodalovchi vositalarning rang-barangligi va hatto tillarda turlicha ekanligi aytib o‘tiladi. Mazkur monografiyada turkiy tillar materiallari asosida quyidagi modallik vositalari kiritiladi: mayl, zamon va shaxs qo‘shimchalari, gapning alohida qurilmalari, yuklamalar, so‘z tartibi, intonatsiya, yuklama vazifasidagi so‘roq olmoshlari, undalmalar, kirish so‘z va gaplar. Modallik kategoriyasi ostida xilma-xil vositalar: morfologik, leksik, sintaktik, fonetik vositalar kiritilishi va bu ayrim e’tirozlarning tug‘ilishiga sababchi bo‘lganligi aytiladi [4, 82-83]. Bundan tashqari ushbu kitobda obyektiv va subyektiv modallik, ularning farqi, shu bilan bir qatorda uzviy bog‘liqligi, ma’no munosabati, ifodalanishi misollar bilan izohlangan [4, 88-89]. S.Boymirzayevaning “O‘zbek tilida matnning kommunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi kategoriyalar” nomli doktorlik dissertatsiyasining 2-bobi matn kommunikativ- pragmatik mazmunida modallik” deb nomlanib, ushbu bobda modallik hodisasi, modallik turlari, modallikning matn mazmunida voqelanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. [1, 14-20]. S.Boymirzayeva modallikning umumlisoniy kategoriya ekanligini, unga xos ma’no-mazmunning grammatika hududidan chiqib, muloqot birliklari tarkibida namoyon bo‘lishini ta’kidlab, quyidagi fikrlarni keltiradi: “Lisoniy faoliyatda “so‘zlovchi shaxs omili” muhim rol o‘ynashini e’tirof etadigan bo‘lsak, modal munosabatlarning ifodalanishini so‘zlovchining yaxlit kommunikativ birlik – matn mazmuniga bo‘lgan munosabatidan izlash lozim bo‘ladi. Xuddi shuningdek, matn mazmunining voqelikka bo‘lgan munosabati ham so‘zlovchi (muallif)ning ushbu voqelikni idrok etish jarayonida tug‘iladigan individual munosabatidir” [1, 16]. Mazkur tadqiqotda subyektiv modallik turlarining matnda voq

Доказательный фрагмент

«This article provides definitions of the category of modality, modal meaning, expression of modal relations, the category of modality, and some information on the study of this phenomenon.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides definitions of the category of modality, modal meaning, expression of modal relations, the category of modality, and some information on the study of this phenomenon. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Modality, types of modality, modal meaning, means of expressing modal, modal ma’no, Kalit so‘zlar. Modallik, modallik turlari, modal ma’no ifodalovchi vositalar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники