Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ESSE YOZISHDA “TEZIS” VA “ARGUMENT” TUSHUNCHALARINING AHAMIYATI
TUSHUNCHALARINING AHAMIYATI · Rabbimova Xamida Yoqubovna · Rabbimova Hamida Yakubovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti) · Bilimsel danışman: Doç. Doktora I.Yakubov (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti) · ЗНАЧЕНИЕ ПОНЯТИЙ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti) · Раббимова Хамида Якубовна (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti)
Для учителей · 2026
Аннотация
This article provides information about the thesis and argument, which are considered important elements of an essay. It discusses their importance in the text, their types, and 146 their nature. It also provides examples of theses and arguments within the framework of essay topics. Keywords. Essay, thesis, argument, proof, idea, real-life example, type, tool, concept, discussion, positive, negative, logical argument. Bugungi kun ta’lim tizimida esse yozish nafaqat o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish, balki ularning tanqidiy fikrlashini, muammoga shaxsiy yondashuvini shakllantirish vositasi sifatida muhim o‘rin egallaydi. Har bir muvaffaqqiyatli esse zamirida aniq ifodalangan tezis hamda uni isbotlaydigan ishonchli argumentlar yotadi. Shu sabab, esse yozishda tezis va argumentning ahamiyati beqiyosdir. Chunki ular matnning mantiqiy tuzilishini shakllantiradi va o‘quvchining fikrlarini asosli ifodalashiga yordam beradi. Eng avvalo, tezis va argument tushunchalariga izchil to‘xtalish bu borada ahamiyatlidir. Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan mulohaza, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan iborat bo‘ladi. [2, 19 b.]. Shunday ekan, tezis essening asosiy negizi, yozuvchining aniq bir mavzuga bo‘lgan munosabatini shakllantirgan fikr va g‘oyalar jamlanmasi deyish mumkin. Asosan, esse boshida bayon qilinadi, chunki matn oxirigacha mazmun shu tezis atrofida jamlanadi. Tezis qanchalik mukammal va aniq bo‘lsa, uni asoslaydigan ma’lumotlar, dalillar, misollar ham shunchalik kuchli bo‘lishi kerak. Negaki bu o‘quvchiga matn mazmunini yetkazishga yordam beradi, essening o‘qimishliligini oshiradi, o‘z navbatida, faktlar bilan ishlashni o‘rgatadi. Eng yaxshi tezis bahs, munozara va muhokamaga boy tezis hisoblanadi. Uning bir qancha ko‘rinishlari bor. Bular: 1. Oddiy, ya’ni so‘z bilan ifodalangan tezis. 2. Murakkab tezis. 3. Savolga javob shaklidagi tezis. 4. Qarama-qarshi fikrni inkor etuvchi tezis [3, 72 b.] 1. Oddiy tezis. Ushbu tezis bir asosiy fikrdan iborat bo‘ladi. Odatda, bitta gap bilan ifodalanadi. Misol: Kitob inson hayotini qutqaruvchi vosita. Bu yerda bitta aniq fikr bor va essening tub maqsadi shu g‘oyani ochib berishga qaratilyapti. 2. Murakkab tezis. Bu ikki va undan ortiq fikrdan tashkil topadi. Bu kabi tezislar muammoli vaziyatlarni ochib beradigan mavzular uchun samarali hisoblanadi. Misol: Kompyuter o‘yinlari insonlarni zavqlantiradi, ammo ko‘p vaqt foydalanilsa, zararli oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu turdagi tezisda essening ikki jihati yoritiladi: ijobiy va salbiy tomon. O‘quvchi bularning har ikkisiga ham o‘z fikrini bildirishi, mavzuni ochib berishi kerak. Bu uchun asosli dalillarni topish muhim ahamiyat kasb etadi. 3. Savolga javob shaklidagi tezis. Savol ko‘rinishida keltirilgan mavzularga javob shaklida tezis tuziladi. Misol: Nima uchun ertalab badantarbiya qilish kerak? degan savolga tezis: Sport salomatlikni mustahkamlaydi va organizmni kuchaytiradi. Bu turdagi tezislarga dalillar keltirish, fikrlarni ifodalash oson. Shu sababli, bunday tezislar o‘quvchiga muammo tug‘dirmaydi. 4. Qarama-qarshi fikrni inkor etuvchi tezis. Bu shaklda muallif esse mavzusi yoritilgan fikrga qarshi chiqadi. Hamda o‘z munosabatini, qarshi chiqish sabablarini bildirib o‘tadi. Misol: Jamiyatda ko‘plab insonlar internetni juda zararli deb hisoblaydi, biroq undan to‘g‘ri foydalanilsa bilim manbayi bo‘la oladi. Bular bahs hamda munozaraga boy mavzular bo‘lib, o‘z navbatida, kuchli va ishonchli argumentlarni talab qiladi. Yuqoridagi tezislarni dalillash uchun har qanday esse argumentlarga ehtiyoj sezadi. Argument nima? Dastlab argument haqida tushunchalarni bayon qilaylik. Argument (lotincha argumentum) − 1) biron bir mulohaza (konsepsiya, nazariya)ning haqiqatligini (rostligini) tasdiqlash uchun keltiriladigan mulohaza (yoki mulohazalar majmuyi) dalil [5, 15 b.]. Argumentlar tezisni tasdiqlovchi dalillar hamda misollardir. Ular mavzu doirasida doimo bir-biriga mantiqan bog‘langan bo‘lishi kerak. Kuchli argumentlar tezisni to‘ldiradi, har bir fikrni 2 147 va undan ortiq dalillar bilan boyitadi, tezisning ishonchliligini ta’minlaydi. Esseda argumentning vazifasi o‘quvchini muallifning fikriga ishontirishdir. Bunda u turli ko‘rinishlardan foydalanadi. Ya’ni argumentning maxsus ko‘rinishlari bo‘lib, ularning barchasi matn mazmunida tezisga bog‘langan bo‘ladi. Ular quyidagilar: 1. Fakt (aniq dalilga asoslangan argument). 2. Hayotiy misol. 3. Tarixiy misol. 4. Mantiqiy asoslangan fikr. 1. Fakt (aniq dalilga asoslangan argument). Ushbu argumentlar ko‘proq ilmiy tadqiqotlar, statistik ma’lumotlar, tarixiy voqea, hodisa yoki haqiqatga asoslangan raqamlarga tayanadi. Namuna: (Kitob mavzusida) Statistik ma’lumotlarga qaraganda, inson bir yilda o‘rtacha 12 t
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the thesis and argument, which are considered important elements of an essay.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the thesis and argument, which are considered important elements of an essay. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Essay, thesis, argument, proof, idea, real-life example, type, tool, concept, tur, muhokama, ijobiy, dalil, tezis, hayotiy misol, Kalit so‘zlar. Esse, vosita, tushuncha, mantiqiy argument., salbiy, fikr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025