К содержанию
РецензированоRU2026

TOPONIMLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARIGA DOIR

Davranov G‘olibjon Sayfiddin o‘g‘li · Davranov Golibjon Seyfiddin oğlu (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Давранов Галибджан Сайфиддин оглы (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti)

Для учителей · 2026

Аннотация

В статье дается обзор некоторых топонимов в школьных учебниках, их использования, а также использования и значения топонимов в народных былинах, привитие ученику любви к родному месту через топонимы, использованные в былинах. Ключевые слова. Топоним, топонимика, исторические топонимы, географические топонимы, ономастика, Амударья, Сырдарья, народные былины, термин. ON THE METHODOLOGICAL FEATURES OF TOPONYMS Davranov Golibjon Sayfiddin ugli, master's student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute Annotation. The article comments on some toponyms in school textbooks, their use, as well as the use and significance of toponyms in folk epics, and the instilling in the reader a love of his place of birth through toponyms used in the epics. Keywords. Toponym, historical toponyms, geographical toponyms, onomastics, Amudarya, Syrdarya, folk epics, adjective. Mamlakatimizda “Bugungi globallashuv davrida har bir mustaqil davlat oʻz milliy manfaatini ta’minlash, bu borada avvalo oʻz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab- avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiy”[1] boʻlgan hozirgi bir sharoitda ishlab chiqilgan toponimik siyosat toponimika sohasini ilmiy-nazariy va amaliy yoʻnalishlarda jiddiy rivojlantirishni ham talab etadi. Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tilshunosligi yo‘nalishida ham ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyalari kengaydi. Jumladan, nomlar tarixi va kelib chiqishini o‘rganuvchi onomastika sohasida ham ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. 149 Joy nomlari, ya’ni toponimikani o‘rganish ham onomastik tadqiqotlar sirasiga kiradi. O‘zbek toponimikasi sohasi bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Toponimika (yun. topos – joy va onyma – ism, nom) – onomastikaning joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo boʻlishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va oʻzgarishini, tarixiy-etimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini oʻrganuvchi boʻlimi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui – toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi [2:85 b.]. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma soʻzlar singari til qonuniyatlariga boʻysunadi, lekin oʻzining paydo boʻlishi va baʼzi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va maʼnaviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador boʻlib, maʼlum darajada boshqa guruh soʻzlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos boʻlgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar koʻproq saqlangan boʻladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashgʻuloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi [3:45 b.]. Toponimlar – bu joylarning, geografik hududlarning, shahar va qishloqlarning nomlarini ifodalaydigan so‘zlar. Ular nafaqat yer yuzasining xaritalarini tuzishda, balki bir millat yoki xalqning madaniyati, tarixi va identifikatsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada toponimlar, ularning kelib chiqishi, turlari va ijtimoiy ma’nolari haqida so‘z yuritiladi. Toponimlarni deyarli barcha manbalar – ilmiy, rasmiy, badiiy, publitsistik va tarixiy asarlarda, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi na’munalarida uchratamiz. Har bir holatda foydalanilgan joy nomlari ijodkor tomonidan ma`lum maqsadlarda, o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda qo‘llaniladi. Toponimlar tilning lug‘at boyligiga kiradi. Biroq joy nomlari tilning boshqa leksik qatlamlaridan juda farq qiladi. Bu farq toponimlarning ko‘p vaqtlardan buyon tilda mavjudligida, ko‘p komponentliligida, ya’ni har bir tilning ichki qonuniyatlariga ko‘ra ko‘p komponentlardan iborat bo‘lishida, toponimlarning yasalishida o‘zaro bog‘liq otlar bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Toponimlarni yaratishda shu tilga xos lingvistik vositalardan foydalaniladi. Lekin shu bilan birga, har bir tilda toponim yaratishning o‘ziga xos vositalari mavjud, ya’ni ma’lum qo‘shimchalar (affikslar) va so‘zlar toponimlarni yaratishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bugungi tilshunosligimizda ham bunday so‘z va qo‘shimchalar ko‘plab uchraydi. Masalan: “iston”, “zor”, “loq” kabi qo‘shimchalar, “obod”, “daryo”, “ko‘l” kabi so‘zlar shular jumlasidandir. Toponimlarning kelib chiqishi ko‘plab omillarga bog‘liq. Tarixiy voqealar, tabiiy sharoitlar, milliy urf-odatlar va hatto diniy e’tiqodlar toponimlarga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zbek toponimlarida ko‘pincha “beg”, “qora”, “tepa” kabi elementlar uchraydi, bu ularning kelib chiqishini aks ettiradi[4:110 b.] Toponimlar to‘g‘risida fikr yuritilganda, albatta, xalq dostonlarida toponimlarning qo‘llanishi va mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tish zarur. Xalq dostonlari milliy madaniyat va tarixi, urf-odatlari hamda xalqning ko‘ngil ayni kishi his-tuyg‘ularini ifodalaydigan asarlardir. Bu dostonlarda toponimlar muhim rol o‘ynadi. Ular nafaqat joylarni belgilash, balki tarixiy v

Доказательный фрагмент

«В статье дается обзор некоторых топонимов в школьных учебниках, их использования, а также использования и значения топонимов в народных былинах, привитие ученику любви к родному месту через топонимы, использованные в…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье дается обзор некоторых топонимов в школьных учебниках, их использования, а также использования и значения топонимов в народных былинах, привитие ученику любви к родному месту через топонимы, использованные в… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Toponym, historical toponyms, geographical toponyms, onomastics, Amudarya, toponimika, atama., geografik toponimlar, onomastika, Sirdaryo, Amudaryo, Kalit soʻzlar. Toponim, xalq dostonlari, tarixiy toponimlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники