К содержанию
РецензированоUZ2026

TOPONIMIKANING BOSHQA ILMLAR BILAN BOG‘LIQLIK MASALASI

Baltaniyazova Nesibeli Teńelbaevna · Baltaniyazova Nesibeli Tenelbaevna · Балтаниязовa Несибели Тенгельбаевнa

Для учителей · 2026

Аннотация

The article discusses the field of toponymy in linguistics, its significance and connection with other sciences, research objects, and the relationship and characteristics of toponymy with sciences such as history, literature, ethnography, and geography. Keywords. Onomastics, toponymy, geography, history, ethnographic terms, street, fortress, mythological toponymy. Geografik atamalarni tadqiq etish, ularning paydo bo‘lish tarixini o‘rganish bizga ko‘p narsalarni (turmushni, tarixni, hayotni, jamiyatni v.b.) aniqlashga yordam beradi. Sababi ularda qadimda yashagan ajdodlarimizning ijtimoiy hayoti, madaniyati, diniy, falsafiy dunyo qarashlari aks ettirilgan bo‘ladi va geografik obyektlarga nom qo‘yishning tarixiy, ijtimoiy sabablari, 153 xususiyatlari bilan milliy urf-odatlari namoyon bo‘ladi. Geografik atamalar uzoq davrlardan buyon kelayotgan bo‘lib, u tilshunoslikning til tarixi va tarixiy dialektologiya, shuningdek, tarix, etnografiya, geografiya, arxeologiya, geologiya kabi bir qator ilimlar uchun boy manba bo‘ladi. Ular muayyan bir davrning ijtimoiy sharoiti va siyosiy tuzumlarining elementlarini o‘zida aks etgan. Geografik atamalar yordamida eski leksik qatlamlar, grammatik formalar, xalqning urf- odatlari, etnogenezi va boshqa ma’nolar etimologiyasi aniqlanadi. Shu kabi yer, suv atamalarining kelib chiqish tarixi, til xususiyatlari tilshunoslikning toponimika sohasida o‘rganiladi. Maqolamizda toponimikaning tadqiq etish obyektlari va boshqa ilmlar bilan bog‘liqligi haqida so‘z yuritamiz. Onomastika (yunoncha. onomastika – ism, atama berish) – tilshunoslikda nomlar, ismlarni o‘rganadi [1, 77]. Yer-suv atamalari onomastikaning toponimika deb nomlangan qismida alohida o‘rganiladi. Toponimika – geografik (hudud, yer, suv, makon, qal’a v.b) atamalarni o‘rganadigan leksikologiyaning bo‘limi. Muayyan hududdagi geografik atamalarning to‘plami [2, 81]. Shuningdek, toponimikaning o‘rganish obyekti hamma turdagi katta-kichik hududlarni: daryo, dengiz, ko‘l, tog‘, tepalik, qal’a, qishloq, ko‘cha, yo‘l kabi joylarga berilgan xususiy nomlarni o‘rganishni maqsad qiladi. Toponimikani o‘rganish yordamida biz xalqning tili, adabiy, etnografik, tarixiy, diniy va urug‘-qavmlik tuzumdagi turmushi haqida ham ma’lumot olishimiz mumkin. Til xususiyatlari bo‘yicha dialektik yoki boshqa tilning so‘zlari asosida qo‘yilgan: rus tilidagi botanika (ko‘cha), qoraqalpoq janubiy dialektiga tegishli suylun (ko‘cha) kabi atamalar; tarixiy kelib chiqishi bo‘yıncha bir tarixiy voqeaga asoslangan Qızketgan (kanal), Gu’ldursin (qo‘rg‘on); diniy kelib chiqishi bo‘yicha Gawir qal’a – o‘zga dindagi insonlar tomonidan qurilgan qo‘rg‘on; urug‘- qavmlarning atamalari asosida qo‘yilgan jamansha (qishloq), go‘bdir (ko‘cha); geografik joylashuvi, xususiyati yetimo‘zak – yolg‘iz joylashgan ko‘l, Qattıag‘ar – tez va toshib oqadigan kanal v.b. Toponimlar xalq tilining rivojlanish bosqichlarini, undagi har xil o‘zgarishlarni aniqlashda assiy manbalardan biridir. Toponimlarning yasalishi so‘z yasalishdan farq qilmaydi. Har bir tildagi so‘z yasalish uslublari va so‘z yasash qurollari toponim yasashda qatnashadi. Biroq geografik atamalarni so‘z yasalish tomonidan tadqiq qilsak, dastavval xususiy nomlarning o‘ziga xos bir qator semantik va grammatik xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Ayrim tilshunoslar toponimlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ularning funksional xızmatlarga ega ekanligi, qo‘llanilish muayyanligini ko‘rsatib o‘tgan [3, 9-34]. Toponimlar tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq aniq bir nizomlar asosida paydo bo‘lishi mumkin. Geografik obyektlarga bog‘liq atamalarni tog‘ri foydalanish, shuningdek, undagi funksional barqarorlikni paydo qilishda ularning nomlanish, orfografik johatdan tog‘ri yozilishi va tog‘ri talaffuz etilishini taminlash xizmatini til normalari bajaradi. Shu sababdan toponimik birliklarning tog‘ri nomlanishida adabiy tilning orfografik qoidalari va tog‘ri talaffuziga alohida diqqat qaratish kerak. Bunday masalalar qoraqalpoq tilshunosligining barcha rivojanish bosqichlarida o‘rganilib, eng dolzarb muommolardan biri sifatida e’tirof etiladi. Toponimlar tilshunoslikning tadqiq etish obyektiga qarab bir qancha turlarga bo‘linadi. Ularning gidronimlar, oykonimlar, oronimlar, agronimlar, urbanonimlar, katastronimlar, fitonimlar, zoonimlar, antroponimlar, mifologik toponimlar kabi bir qancha turlari mavjud. Ularning ichida gidronimlar bilan oronimlar tilshunoslikni geografiya bilan, oykonim, urbanonim, katastronim va agronimlar tilshunoslikni geografiya, sosiologiya bilan, zoonimlar, fitonimlar esa tilshunoslikni biologiya, tarix bilan, antroponimlar, mifologik toponimlar tarix, adabiyot, etnografiya ilimlari bilan bog‘laydi. Oronim – toponimlar sinfi. Yer yuzidagi jamiyki qatlamlarning atamasi [4.104]. U tog‘lar, qirlar, tepaliklar atamalarini óz ichiga oladi. Qoraqalpog‘iston hududida Qoratog‘, Besh tepa, Bo‘rshi tog‘ v.b. Gidronim – yunoncha hydro – suv, onyma – atama. Suv obyektlarining (daryolar, ko‘llar, dengiz

Доказательный фрагмент

«The article discusses the field of toponymy in linguistics, its significance and connection with other sciences, research objects, and the relationship and characteristics of toponymy with sciences such as history, li…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the field of toponymy in linguistics, its significance and connection with other sciences, research objects, and the relationship and characteristics of toponymy with sciences such as history, li… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Onomastics, toponymy, geography, history, ethnographic terms, street, fortress, toponimika, tarixiylik, geografiya, qo‘rg‘on, Kalit so‘zlar. Onomastika, etnografik atamalar, mifologik toponimika., ko‘cha
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники