Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILIDA PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING TARIXIY VA ARXAIK KO‘RINISHLARI
VA ARXAIK KO‘RINISHLARI · Shaxriddinov Olmas Faxriddin o‘g‘li · Shahriddinov Almas Fakhriddin ogle (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Шахриддинов Алмас Фахриддинович (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti)
Для учителей · 10 · 55-56 · 2026
Аннотация
В этой статье рассматривались паремиологические единицы, исторически сложившиеся в языке, и их архаичность с течением времени. В поисках исторических проявлений паремиологических единиц обращался к труду Махмуда Кашгари “Devonu lugotit Turk”, являющемуся общим источником для всех тюркских народов. На примерах показано, что пословицы, поговорки и выражения, используемые в настоящее время в речевом процессе, сохраняют смысловую устойчивость и изменяются по форме. Ключевые слова. Паремиологическое единство, пословица, поговорка, идиома, архаизация, “Девону луготит турецкий”, перенос значения, изменение формы. HISTORICAL AND ARCHAIC MANIFESTATIONS OF PAREMIOLOGICAL UNITS IN UZBEK Shahriddinov Almas Fakhriddin oglu, master of the Uzbek-Finnish pedagogical institute 157 Annotation. This article reflected on the paremiological units historically formed in the language and their archaicization as a result of time. In finding historical views of the paremiological units, reference was made to Mahmud Qoshgari’s “Devonu lexicotit turk”, a common source for all Turkic peoples. Examples of Proverbs, matals, and phrases that are now being used in the process of speech have been shown to be maintained in a sense stable, as well as changing in form. Keywords. Paremiological unit, proverb, matal, phrase, archaicization, “Devonu lugotit turk”, displacement of meaning, change of form. Paremiya – yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini beradi. Tilning paremiologik fondi xalqning qimmatli lisoniy merosini ifodalaydi, ularning madaniyati, an’analari va tarixini aks ettiradi. Paremiyalarda xalqning oila, ish, jamiyat kabi hayot va hodisalarning turli sohalariga munosabati aks etadi. Maqol va matallar xalq madaniyatining, ayniqsa, muhim unsuri hisoblanadi. Lingvistik paremiyalar semantik o‘zgarish, poetik obrazlilik va turli xil badiiy tuzilmalar bilan xarakterlanadi. Xorijiy tilshunoslar A.Teylor, V.Meader paremiologik birliklar bilan shug‘ullangan. Paremiya atamasi ostida tadqiqotchilar xalqning kelib chiqishi bilan bog‘liq holatda, birinchi navbatda, maqollar va so‘zlar birliklarini tushunadilar. Paremiologiya (yun. paroimia hikmatli so‘z, zarbulmasal va logiya ta’limot ma’nolarini anglatadi): 1) ma’lum bir tildagi avloddan avlodga og‘zaki shaklda ko‘chib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo‘lgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni paremalarni o‘rganadigan fan sohasi; 2) muayyan tilda mavjud bo‘lgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar paremalar tizimi. Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar tilning barcha sohalarida u yoki bu darajada o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi. Bunday o‘zgarish tilning leksik sathida ancha sezilarli kichadi. Bunda to‘rt holat kuzatiladi: Birinchidan, ayrim so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, allaqachonlar iste’moldan chiqib ketgan so‘zlar qayta “jonlanadi”, “tiriladi”, uchinchidan, yangi-yangi so‘zlar paydo bo‘ladi. Leksik birlik bo‘lgan paremiyalar ham xuddi leksemalar kabi eskirish, arxaiklashish va yangilanish xususiyatlariga ega. Bunday xususiyatlarni tilga oid bo‘lgan tarixiy asarlarda jumladan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida qo‘llanganligini misollar yordamida ko‘rsatib o‘tamiz. Karish yag‘iri o‘g‘ulqa qalur [2, 499 b.]. (Ot kaftining yag‘iri o‘g‘ilga meros qolur.) Bu birlik qadimda turkiy xalqlarda otaning biror bir yutug‘i yoki kamchiligini farzandiga o‘tishini anglatgan. Hozirgi kunda bu maqol “Olmaning tagiga olma tushadi” yoki “Ot o‘rnini toy bosar” maqoliga to‘g‘ri keladi. Tilin tugmishni tishin yazmas [2, 427 b.]. (Til bilan bog‘langan tish bilan yechilmas.) Bu maqol turkiy xalqlarda va’daga vafo qilish yigit kishining ishi ekanini nazarda tutib aytilgan. Hozirgi kunda “Va’daga vafo – mardning ishi” maqoliga to‘g‘ri keladi. Bushlaglansa buxluqlanur. Ushbu maqol “kishi manmanlikka borsa, o‘rgatuvchini tahqir qilsa, qo‘li gardanida, bo‘ynida bo‘ladi” ma’nosini bildirib, bemaslahat, o‘zi bilganicha ish tutadigan, birovning fikrini inobatga olmaydigan, manman kishilarga nisbatan ishlatilgan. Bu paremani hozirgi tilimizdagi“Kamtarga kamol – manmanga zavol” maqoli bilan sinonim bo‘la oladi deyishimiz mumkin. Besh erangak tuz ermas. Bu maqol “Besh qo‘l barobar emas” shaklida ishlatiladi. Insonlar turli xil toifada ekanligi va ular hech qachon teng bo‘la olmasligini ko‘rsatadi.Bu maqol hozirgi kunda ham iste’molda ,faqat leksemalarda arxaiklashish hodisasi yuz bergan. 158 Ag‘ilda o‘g‘laq tug‘sa, ariqda o‘ti unar. (Og‘ilda buzoq tug‘ilsa, ariqda maysa unar). Bunda har bir klishining rizqi Alloh tomonidan berilishi nazarda tutiladi. Eshyak ayur bashim bo‘lsa, sundurida suv ichkayman. Bu maqol hozirgi kundagi “Bosh omon bo‘lsa do‘ppi topiladi” maqoliga to‘g‘ri keladi. Bu maqol maqsadga erishish uchun uzoq umr orzu qilivchilarga nisbatan qo‘llanilgan. So‘zlar qo‘llanishiga davriylik nuqtayi nazaridan yondashuv ularning konseptual ma
Доказательный фрагмент
«В этой статье рассматривались паремиологические единицы, исторически сложившиеся в языке, и их архаичность с течением времени.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье рассматривались паремиологические единицы, исторически сложившиеся в языке, и их архаичность с течением времени. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Paremiological unit, proverb, matal, phrase, archaicization, “Devonu lugotit, arxaiklashish, maqol, ibora, shakl o‘zgarishi., ma’no ko‘chishi, “Devonu lugotit turk”, Kalit so‘zlar. Paremiologik birlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026