Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA ORIPOV SHE’RLARINING QORAQALPOQCHA TARJIMALARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING USLUBIY-SEMANTIK TAHLILI
Allambergenov Davronbek Maxsudovich · BİRİMLERİNİN METODOLOJİK-ANLAMSAL İNCELEMESİ (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti) · Allambergenov Davronbek Maxsudovich (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti) · МЕТОДОЛОГИКО-СМЫСЛОВОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ДЕКЛАРАТИВНЫХ (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti) · АБДУЛЛA ОРИПОВА (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti) · Алламбергенов Давронбек Махсудович (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti)
Для учителей · 2026
Аннотация
В данной статье будет проведен лингвистический анализ фразеологизмов на основе переведенных на каракалпакский язык образцов стихов Абдуллa Арипова. При сохранении средств поэтической выразительности в переводе важным фактором является правильный перевод фраз. В связи с этим в статье.Фразеологизмы, встречающиеся в творчестве A.Арипова и их проявления в каракалпакских переводах, подвергаются взаимному сравнительному анализу. Ключевые слова. Фразеологизм, перевод, методологический анализ, семантический признак, поэтическое выражение, эквивалент, художественный перевод, фраза. METHODOLOGICAL AND SEMANTIC STUDY OF DECLARATIVE UNITS OF KARKALPAK TRANSLATIONS OF POETIC WORKS BY ABDULLA ORIPOV Allambergenov Davronbek Maxsudovich, master of the Nukus state pedagogical institute named after Ajiniyaz 160 Annotation. This article will carry out a linguistic analysis of phraseological units based on samples of poems by Abdullah Oripov translated into Karakalpak. The correct translation of phrases is considered an important factor in maintaining the means of poetic expression in translation in the same point review article. The phraseologisms found in A.Oripov’s work and their appearances in scabbard translations are analyzed in a comparative way. Keywords. Phraseologism, translation, methodological analysis, semantic feature, poetic expression, equivalent, artistic translation, phrase. Bilamizki, shoirlar inson qalbining tarjimoni sifatida qalam tebratishadi. Ular so‘zlar orqali inson his-tuyg‘ularini, ichki kechinmalarini va hayotning nozik jihatlarini mohirlik bilan ifodalaydilar. Abdulla Oripov she’riyati tilshunoslik va adabiyotshunoslikda alohida ahamiyatga ega. Uning ijodi nafaqat badiiy jihatdan, balki lingvistik xususiyatlari bilan ham muhim o‘ringa, katta salmoqqa ega hisoblanadi. Shoir she’rlaridagi ohangdorlik, ta’sirchanlik, tasviriy vositalarning xalqona ifodasi va inson ruhiyatiga ta’sir qilishida ko‘plab til vositalari qatori frazeologizmlarning ham o‘rni e’tiborga molik. Frazeologizmlar tilimizda doimiy ishlatiladigan, tarkibiy qismlari o‘zgarmaydigan va umumiy yaxlit ma’no kasb etadigan birliklardir. Ular fikrga ta’sirchanlik va badiiylik bag‘ishlaydi. Ular ko‘chma ma’noda ishlatilib, badiiy tasvir vositasida emotsionallik, ekspressivlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli, frazeologizmlar faqat inson ongiga emas, balki his-tuyg‘ulariga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Frazeologizmlar tarkibida qancha so‘z bo‘lishiga qaramasdan, ular yagona umumiy ma’no ifodalaydi. Frazeologizmlarni aksariyat hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilib bo‘lmaydi. Uni so‘zma-so‘z tarjima qilish ifodalanayotgan ma’noni butunlay o‘zgartirib yuboradi. “Frazeologizmlar milliylikka asoslangani uchun ularni tarjima qilish hamisha qiyinchilik tug‘dirib, ko‘pincha muayyan muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Odatda, boshqa tilga ularning shakli emas, mazmuni ko‘chadi”[3:89]. O‘zbek va qoraqalpoq tillari o‘rtasida o‘xshashliklar mavjud bo‘lsa-da, har bir tilning o‘ziga xos leksik va grammatik xususiyatlari bor. Iboralar tarjimasi nafaqat til bilimini rivojlantirishga, balki ikki xalqning madaniy va tarixiy aloqalarini tushunishga yordam beradi. “Har bir tilda o‘zining milliy, madaniy xususiyatlariga ega bo‘lgan frazeologik birliklar mavjud. Frazeologik birliklarning tarjimasi milliy, madaniy xususiyatiga chuqur e’tibor bergan holda qilinishi lozim. She’riy matnlarda iboralar ko‘pincha kuchli emotsional ta’sir beradi. Tarjimada bu ta’sirni yo‘qotmaslik muhim” [4:155]. Iboralar tarjimasi she’rdagi umumiy mazmun va kontekstga mos tushishi lozim. Aks holda, iboraning ma’nosi yo‘qolib yoki noto‘g‘ri tushunilishi mumkin. A.Oripov qalamiga mansub “Ka’batulloh” she’ridagi quyidagi parchada “biri ikki bo‘lmoq” iborasi ishlatilgan va biz buni tarjimada ham to‘g‘ri mazmun ifodalayotganini ko‘rishimiz mumkin. Biroq misra boshidagi “hanuz” so‘zi tarjimasida xatolik bor. Asliyatda haligacha ma’nosini berayotgan so‘z tarjimada hech bir deya ishlatilmoqda. Asliyatda: Hanuz biri ikki bo‘lmagan eldan, Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh. Bag‘ri xun, toleyi kulmagan eldan, Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh[1:2] Tarjimada: Ҳеш бир бири еки болмаған елден, Келдим нажат излеп, я Каьбатуллах. Баур қан, ығбалы күлмеген елден. Келдим нажат излеп, я Каьбатуллах[5:60] . Shuningdek, ikkinchi misradagi madad bergil birikmasi najot izlab ko‘rinishida berilgan. Tarjima variantida ma’no biroz o‘zgargan, biroq frazeologizm o‘z badiiy vazifasini to‘g‘ri bajargan. 161 Shoir “Payg‘ambar” she’rida ham frazeologizmlardan unumli foydalanganini ko‘rishimiz mumkin. Asliyatda: Haq deb nina bilan tog‘larni qazdim, Bandman, rost yo‘llarga gohida ozdim[1:4]. Tarjimada: Ҳақ деп ийне менен қудықлар қаздым, Бендемен гәҳинде жолымнан аздым[5:64]. Igna bilan tog‘ qazish birikmasi tarjimada umuman boshqacha qilib berilgan. Ya’ni quduq qazish shaklida. Yana keyingi qatordagi bandman so‘zi esa bandaman deya noto‘g‘ri talqin qilingan. Lekin yo‘ldan ozish iborasi mazmunan saqlan
Доказательный фрагмент
«В данной статье будет проведен лингвистический анализ фразеологизмов на основе переведенных на каракалпакский язык образцов стихов Абдуллa Арипова.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье будет проведен лингвистический анализ фразеологизмов на основе переведенных на каракалпакский язык образцов стихов Абдуллa Арипова. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Phraseologism, translation, methodological analysis, semantic feature, poetic, uslubiy tahlil, Kalit so‘zlar. Frazeologizm, ekvivalent, ibora., poetik ifoda, badiiy tarjima, tarjima, semantik xususiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026