Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OT SO‘Z TURKUMINING KO‘MAKCHILASHISHI
Mamarasulova Iroda · Ilmiy rahbar: Sh.U.Erbutayeva O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · İSIMLERIN YARDIMCILARA DÖNÜŞÜMÜ (instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi) · Мамарасулова Ирода (instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi)
Для учителей · 2 · 2026
Аннотация
In this research, the phenomenon of auxiliary relations between word classes and the cases where some words belonging to the noun class, in addition to their lexical meaning, also function as auxiliary words are shown through some examples. Keywords. transposition, complementation, noun phrase, hug, sleeve, lab, collar, shoulder, etc. 174 Bizga ma’lumki, transpozitsiya hodisasi tilshunoslikning muhim mavzularidan biri bo‘lib, so‘z turkumlarining bir turkumdan ikkinchi turkumga o‘tish jarayonini o‘rganadi. Ma’lum bir turkumga mansub so‘zning o‘ziga xos bo‘lgan atash , vazifa semasini kuchsizlantirib, boshqa so‘z turkumiga xos semantik va grammatik belgiga ega bo‘lishiga transpozitsiya deyiladi. U so‘z turkumlari o‘rtasidagi o‘zaro almashinuv natijasida vujudga keladi. Ana shunday jarayonlarda turkumlar o‘rtasida ko‘makchilashish hodisasi ham sodir bo‘ladi. Ma’lum bir turkumga tegishli bo‘lgan so‘zning o‘zining leksik ma’nosidan tashqari boshqa bir turkumdagi so‘zning vazifasini bajarib kelishiga ko‘makchilashish deyiladi. Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi o‘zbek adabiy tilida leksik ma’nosini yo‘qotgan. Grammatik ma’no va grammatik vazifaga ega. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar, shu jumladan, ko‘makchilar, shakliy-funksional tomondan ancha o‘rganilgan. 20-asrning 20-yillarida yaratilgan Abdurauf Fitratning “Sarf”; M.Qori, Q.Ramazon, Sh.Zunnunlar muallifligida nashr qilingan “O‘zbekcha til saboqligi” asarlarida bog‘lovchi atamasi keltirilmaydi. Bu turdagi so‘zlar ko‘makchi deb yuritiladi.[2,3.] Ko‘makchilarning til tizimidagi tutgan o‘rni xususidagi bir nechta ilmiy xulosalarga tayanib, aytish mumkinki, ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar hisoblanib, o‘z leksik ma’nolariga ega bo‘lgan , ammo davrlar o‘tishi bilan bu leksik ma’nolarni yo‘qotib, ularning ma’lum qismi o‘zgarmas bo‘lib, hech qanday grammatik shakllarni qabul qilmaydigan holga kelib qolgan, o‘zidan oldin kelgan so‘zlar bilan birgalikda vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon, obyekt, o‘xshatish, payt, masofa, yo‘nalish singari grammatik ma’nolarni ifoda etadigan va yordamchi vosita sanaladigan til birliklaridir.[2,4.] Ushbu maqolada bir nechta so‘zlar haqida fikr yuritiladi. Hozirgi kunda o‘zbek tilida shunday so‘zlar borki, bir o‘rinda o‘zining atash, leksik- semantik ma’nolarini saqlagan holda ma’lum vazifalarni bajarib keladi, boshqa holatlarda ma’nolarni yo‘qotib, transpozitsiya hodisasi ta’sirida ko‘makchilashish sodir bo‘lib, ko‘makchi vazifasini bajarib keladi. Ayniqsa ot so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan bir nechta so‘zlarni keltirishimiz mumkin. Qo‘yin – soʻzi oʻz leksik maʼnosidan tashqari koʻmakchi vazifasida ham keladi. Koʻmakchilashayotgan bu soʻz “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da qoʻyin- 1). Koʻkrak va uni yopib turgan kiyim orasidagi joy. Boʻtaboy qoʻynidagi gazetalarni olib otboqarga berdi. 2). Koʻchma. Quchoq, ogʻush degan maʼnolarni anglatadi. Yodlaringga olurmisan sirli damlarni Yodlaringga olurmisan shirin gʻamlarni Yoqib qoʻyib tun qoʻynida yoki shakllarni Meni yodga olurmisan, ey goʻzal ayol?![3,12.] Ushbu misrada keltirilgan tun qoʻynida soʻz birikmasi tarkibidagi qoʻyni soʻzi oʻzining asl denotativ maʼnosini yoʻqotib, tun vaqtida degan maʼnoni yuzaga chiqargan. Aslida qoʻyin soʻzi shaxs va tabiatdagi jonli narsalarga tegishli boʻlgan soʻz hisoblanadi. Jonsiz predmetlarga nisbatan qoʻllanilib , koʻmakchi vazifasini bajarib keladi. Masalan, Choʻlponning “Qor qoʻynida lola” deb nomlangan hikoyasini keltirishimiz mumkin. Ogʻush - soʻzini izohli lugʻatda quchoq, qoʻyin, bagʻir kabi maʼnolari aytib oʻtilgan. Masalan, Raʼno javob bermay, Anvarning ogʻushidan oʻzini qutqazib oʻrnidan turdi. [A.Qodiriy ] Derazangni chertganida yomgʻir-u shamol Ogʻushiga olganida cheki yoʻq xayol Sochlaringdan sirgʻalarkan qirmizi roʻmol Meni yodga olurmisan, ey goʻzal ayol?! [ Xurshid Davron] Ushbu misrada uchrovchi xayol ogʻushi birikmasi tarkibidagi ogʻush soʻzi ot soʻz turkumiga mansub boʻlib, bu yerda asl denotativ maʼnosini yoʻqotib, mavhumlashib metaforik yoʻl bilan koʻchma maʼno ifodalab, koʻmakchi vazifasini bajarib kelgan. Aslida xayol ogʻushi boʻlmaydi. Lab – soʻzi aslida ot soʻz turkumiga kiruvchi soʻz boʻlsa-da, u bundan tashqari boshqa turkum vazifasini ham bajarib keladi. Lab soʻzining oʻzbek tilining izohli lugʻatida bir nechta izohlari keltirilgan. 175 1. Ogʻiz atrofining yuqori va quyi tomonidagi et-mushakdan iborat harakatchan qismi; dudoq. Yoʻlchi nayni labiga qoʻyib, butun zavqi bilan chala ketdi. [ Oybek, Qutlugʻ qon.] 2. Idish ogʻzining aylana cheti; zih. Qozon labi. Lab urmoq labini qaytarib himarmoq. 3. Qirgʻoq, yoqa, chet. Daryo labi. 4. Yerdan baland yassi sathning cheti, chekasi. Tomning labi. [1,424] Lab soʻzining izohli lugʻatda shunday maʼnolari berib oʻtilgan. Salqin saharlarda, bodom gulida Binafsha labida , yerlarda bahor Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor ... Ushbu misrada uchrovchi labida soʻzi oʻzining leksik maʼnosini yoʻqotib, mavhumlashib koʻmakchi
Доказательный фрагмент
«In this research, the phenomenon of auxiliary relations between word classes and the cases where some words belonging to the noun class, in addition to their lexical meaning, also function as auxiliary words are shown…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this research, the phenomenon of auxiliary relations between word classes and the cases where some words belonging to the noun class, in addition to their lexical meaning, also function as auxiliary words are shown… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transposition, complementation, noun phrase, hug, sleeve, lab, collar, shoulder, og‘ush, yoqa, ko‘makchilashish, Kalit so‘zlar. Transpozitsiya, ot so‘z turkumi, qo‘yin, kift kabilar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024