Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XX ASR BOSHLARIDA TURKIYA VA O‘ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN TIL SIYOSATI
Yoqubov Ixtiyor Hamdamovich · UYGULANAN DİL POLİTİKASI (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti) · Yakubov İhtiyor Hamdamoviç (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti) · Якубов Ихтиёр Хамдамович (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)
Для учителей · 2026
Аннотация
В статье на основе сравнительного анализа изучается языковая политика, проводимая в Турции и Узбекистане в начале XX века. Анализируются как важные исторические процессы языковая реформа в Турции под руководством Мустафы Кемаля Ататюрка и языковая политика, осуществляемая под влиянием советской власти в Узбекистане. В статье также освещаются языковые и социально-политические аспекты этих реформ, их влияние на общество и их вклад в национальную идентичность и культурное развитие. Сравнение выявляет специфические аспекты и общие тенденции языковой политики в обеих странах. 32 Ключевые слова: языковая политика, языковая реформа, Турция, Узбекистан, ХХ век, сравнительный анализ, национальная идентичность. LANGUAGE POLICY IMPLEMENTED IN TURKEY AND UZBEKISTAN AT THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY Yakubov Ikhtiyor Hamdamovich, Head of the Department of Uzbek language and literature, Uzbek-Finnish pedagogical institute D.Phil.PhD. Annotation. This article studies the language policies implemented in Turkey and Uzbekistan at the beginning of the 20 th century on the basis of a comparative analysis. The language reform carried out in Turkey under the leadership of Mustafa Kemal Atatürk and the language policy implemented in Uzbekistan under the influence of Soviet power are analyzed as important historical processes. The article also highlights the linguistic and sociopolitical aspects of these reforms, their impact on society, their contribution to the understanding of national identity and cultural development. Through mutual comparison, the specific aspects and general trends of language policies in both countries are revealed. Keywords. Language policy, language reform, Türkiye, Uzbekistan, 20th century, comparative analysis, national identity. XX asr boshlarida dunyoning turli burchaklarida milliy uyg‘onish harakatlari jadallashgan bir davrda Turkiya va O‘zbekiston hududlarida ham til siyosati masalalari dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Har ikkala hududda ham milliy o‘zlikni anglash, madaniy taraqqiyot va mustaqillikka intilish yo‘lida til muhim omil sifatida ko‘rilgan. Ayniqsa, XX asrning dastlabki yillarida til masalasi faqat lingvistik hodisa emas, balki ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ajralmas qismi sifatida namoyon bo‘la boshladi. Turkiy mamlakatlarda milliy tilni asrash, milliy o‘zlikni anglash borasidagi hatti-harakatlar dastlab arab alifbosini isloh qilishdan boshlandi. Arab alifbosini isloh qilish masalasi dastlab Qrimda ko‘tarildi. Atoqli tatar ma’rifatparvari I.Gaspirinskiy isloh qilingan yozuvni o‘zi tashkil qilgan “Tarjimon” gazetasida targ‘ib qildi. Bundan tashqari, oʻzi tashkil etgan jadid maktablarida ta’lim mazkur yozuv asosida olib borildi. Isloh qilingan yozuvda kitoblar, jurnallar nashr qilindi. Uning bu tashabbusi Qozon, Ufa, Boku shaharlariga, keyinchalik O‘rta Osiyoga ham keng yoyildi [8, 12 b.]. Ayniqsa, Turkiya va Ozarbayjonda keyinchalik Turkistonda bu jarayonlar jadallashib ketdi. Turkiyada harf islohi masalasi XIX asrning 70-yillarida ko‘tariladi. Dastlab harbiy qo‘mondon Muxtor posho Istanbulda arab alifbosini o‘zgartirish qo‘mitasini tashkil etadi. Biroq yuqorida ko‘rganimizdek, bu qo‘mita faoliyati ham natijasiz tugaydi. 1908-yilda yosh turklar o‘zgarishidan keyin bu masala bo‘yicha yana jiddiy harakatlar boshlanadi. Maorif noziri bo‘lgan Noilbek farmoni bilan parlament komissiyasi tashkil qilinib, mazkur komissiyaga Turkiyaning o‘sha vaqtdagi mashhur olimlari Najib Osim, Ahmad Midhat, Amrillabek, Valadiy Chalabiy va boshqalar kiritiladi. Bu komissiya ham bir yil faoliyat ko‘rsatib, ma’lum ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, lekin biror natijaga erisha olmaydi. Shundan so‘ng bu masalaga e’tibor susayadi, faqat matbuotda Husayn Johidbek, Jalol Nuriybek va boshqalarning maqolalari e’lon qilib boriladi [2, 41 b.]. Shundan so‘ng Turkiyada alifbo muammolari avj ola boshladi. XX asr boshlarida Mustafo Kamol Otaturk tomonidan amalga oshirilgan alifbo islohoti Turkiyaning til siyosati borasidagi eng tub islohotlardan biri sifatida baholanadi [7, 220 b.]. 1928-yilda Usmonli turk tilida qoʻllanilgan arab alifbosidan voz kechildi va lotin alifbosiga asoslangan yangi turk alifbosi qabul qilindi. Alifbo inqilobida quyidagi sabablarga keltirib o‘tishdi: -Arab alifbosi turk tiliga mos emas Arab alifbosi turk tilining tovush tuzilishiga toʻliq moslasha olmadi. Turk tilida sakkiz unli (a, e, ı, i, o, ö, u, ü) bo‘lsa-da, arab alifbosida unlilar yetarli 33 darajada ifodalana olmadi. Bu holat yozma tilni o‘rganishni qiyinlashtirdi; - Savodxonlik darajasining pastligi Usmonli imperiyasida savodxonlik darajasi ancha past edi. 1927 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiyada faqat 10% erkaklar va 4% ayollar savodli edi. Bundan maqsad yangi alifboni o‘rganishni osonlashtirish orqali aholining ta’lim darajasini oshirish edi; - G‘arb bilan integratsiya Otaturk boshchiligidagi modernizatsiya va zamonaviy harakat Turkiyaning G‘arb dunyosi bilan uyg‘unligini ta'minlashni maqsad qilgan. Loti
Доказательный фрагмент
«В статье на основе сравнительного анализа изучается языковая политика, проводимая в Турции и Узбекистане в начале XX века.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье на основе сравнительного анализа изучается языковая политика, проводимая в Турции и Узбекистане в начале XX века. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Language policy, language reform, Türkiye, Uzbekistan, 20th century, Kalit soʻzlar: til siyosati, til islohoti, milliy oʻzlik., Turkiya, qiyosiy tahlil, Oʻzbekiston, XX asr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025