К содержанию
РецензированоRU2026

TURKIY TILLARDA AYRIM DIALEKTAL FONETIK O‘ZGARISHLAR

Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich · Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti) · В ТЮРКСКИХ ЯЗЫКАХ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti) · Нормуминов Шерзод Тўйчиевич (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti)

Для учителей · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются фонетические изменения, наблюдаемые в кипчакском диалекте тюркских языков. Диалектные различия анализируются в контексте исторического развития тюркских языков, их географического расположения и социальных факторов. В статье приводятся примеры чередования звуков, в частности замены звука "ғ" на звук "в", и высказываются соответствующие мнения и наблюдения. Ключевые слова. Тюркские языки, диалект, фонетика, звуковые изменения, фонетические различия, кипчакский диалект, историческая лингвистика. SOME DIALECTAL PHONETIC CHANGES IN TURKIC LANGUAGES Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich, associate professor at the Uzbekistan-Finland pedagogical institute Annotation. This article analyzes phonetic changes found in the Kipchak dialect of the Turkic languages. Dialectal differences are examined in the context of the historical development, geographical distribution, and social factors influencing Turkic languages. The article presents several examples of sound alternations, particularly the substitution of the sound "gh" with "v", and provides related discussions and observations. 49 Keywords. Turkic languages, dialect, phonetics, sound change, phonetic variation, kipchak dialect, historical linguistics Turkiy tillar tadqiqida eng izlanishlar olib borilgan sohalardan biri bu dialektikologiya yo‘nalishidir. Dialektologik tadqiqotlarda dialektlarni turli jihatlarini o‘rganish hozirda ham davom etib kelmoqda. So‘nggi yillarda dialektologik va dialektografik tadqiqotlar qamrovi yangicha yondoshuvlar asosida boyib bormoqda. Ma’lumki qipchoq shevalari o‘zbek milliy tilining tarkibida eng katta va eng muhim o‘rinlardan birini egallaydi. Bu lahjada so‘zlashuvchilar Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxandaryo va Shimoliy Xorazm kabi joylarda yashaydilar. O‘zbek- qipchoq lahjasining asosiy xususiyatlari professor Y.D.Polivanov va professor G‘ozi Olim Yunusov tasnifida atroflicha berilgan. Ushbu lahjaga xos xususiyatlar: sY:bet (suhbt); yol>жol (yo‘l); yaman>жaman (yomon); tag‘>tav (tog‘); ag‘iz>avuz (og‘iz); qap>qabы(qopi); ayvan>hayvan (hayvon); sarыq>sarы (sariq); kichik>kichi (kichi).[1.52] O‘zbek tilining qipchoq shevalarini o‘rganish bo‘yicha tilshunos olimlarimiz tomonidan qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Masalan, prof V.V.Reshetov o‘zining doktorlik dessertatsiyasida Ohangaron vodiysidagi qurama shevalarini, shu jumladan, u yerdagi ko‘pchilikni tashkil qiluvchi qipchoq shevalarini chuqur o‘rgangan va ularning xususiyatlarini o‘zbek dialektologiyasida birinchi bo‘lib batafsil yoritib bergan. Filologiya fanlari doktori Fattoh Abdullayev ham o‘zining “Xorazm shevalari” [3] nomli monografik asarida Xorazmdagi qipchoq shevalarining xususiyatlarini atroflicha yoritib bergan. Shuningdek, taniqli tilshunos olimlar T.Mirsoatov, V.Egamov, F.Abdullayev, A.Mamatqulov, A.Ahmedov, M.Valiyev va boshqalar o‘zbek tilining qipchoq shevalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishgan. Bu ishlar ayrim qipchoq shevalarining ko‘pincha fonetik, morfologik, ayrim hollarda leksik xususiyatlarini yoritishga bag‘ishlangan. Biz ushbu maqolamizda o‘zbek tilining qipchoq lahjasida “g‘” tovushining “v” lashuvi haqida ayrim mulohazalarni yuritamiz. “g‘’ tovushi chuqur til orqa undosh, sirg‘aluvchi tovush. Barcha j-lovchi shevalarda [g‘-v] hodisasi uchraydi: Ag‘anamoq//ovnamoq, belbog‘//belbov, ishtonbog‘//ishtonbov, og‘iz//oviz, og‘moq//ovmoq, qo‘g‘irmoch//quvirmoch, soppa-sog‘//soppa-sov, sog‘in//sovun, tog‘//tov, tug‘moq//tuvmoq, to‘g‘ri//tuvri, chug‘irchiq//chuvirchiq, chug‘ur-chug‘ur//chuvur-chuvur va shu kabi holatlarda uchratishimiz mumkin. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, ko‘pincha [g‘] tovushi so‘z o‘rtasida va so‘z oxirida kelganda [v] tovushiga [g‘>v] o‘tadi. Bu xususiyat, ya’ni [g‘] tovushining lablanishi j-lovchi shevalar uchun xos xususiyatdir. Turkiy tillar, ayniqsa o‘zbek tili lahja va shevalari turli tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanib, murakkab ichki tuzilishga ega bo‘lgan. Qipchoq lahjasi esa o‘zbek tilining dialektal tarkibida eng qadimiy qatlamlardan biri sifatida ajralib turadi. Bu lahjaning ayrim fonetik xususiyatlari qadimgi turkiy yodgorliklarda uchraydigan shakllar bilan uyg‘unlik kasb etadi. Masalan, “g‘ > v” o‘zgarishi qadimgi turkiy tillarda ham kuzatilgan bo‘lib, bu holat tilning evolyutsion rivojida muhim fonetik hodisalardan biri hisoblanadi. Shunga o‘xshash o‘zgarishlar boshqa turkiy tillar – masalan, qozoq, qoraqalpoq, boshqird, tatar tillarida ham uchraydi. Bu esa interdialektal izoh berishda mukammal qiyosiy metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Fonetik jihatdan olib qaralganda, g‘ tovushi orqa til sirg‘aluvchi undosh bo‘lib, u lablangan undosh - v tovushiga aylanishi artikulyatsion jarayonning soddalashuvi (assimilyatsiyaga moyillik) natijasida yuzaga keladi. Bu hodisa so‘z og‘zaki talaffuzda tezlik va soddalik tamoyili asosida yuzaga keladi. Ayrim tadqiqotchilar bunday o‘zgarishlarni regressiv assimilyatsiya yoki lablashish jarayonining natijasi sifat

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются фонетические изменения, наблюдаемые в кипчакском диалекте тюркских языков.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются фонетические изменения, наблюдаемые в кипчакском диалекте тюркских языков. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkic languages, dialect, phonetics, sound change, phonetic variation, kipchak, fonetika, dialekt, tarixiy tilshunoslik., tovush o‘zgarishi, Kalit soʻzlar. Turkiy tillar, fonetik tafovutlar, qipchoq lahjasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники