К содержанию
РецензированоRU2026

OʻZBEK SHEVALARINING OʻRGANILISHI VA DIALEKTAL LUGʻATLARNING AHAMIYATI HAQIDA

LUGʻATLARNING AHAMIYATI HAQIDA · Nurmanov Furqat Hayitkulovich · SÖZLÜKLERİNİN ÖNEMİ ÜZERİNE (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti) · Nurmanov Furkat Hayitkulovich (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti) · ДИАЛЕКТНЫХ СЛОВАРЕЙ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti) · Нурманов Фуркат Хаиткулович (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti)

Для учителей · 10 · 55-56 · 2026

Аннотация

Словарь – это инструмент, который показывает богатство и очарование языка, сохраняет его сокровища и раскрывает его возможности. Словари имеют большое значение для сохранения лексики исчезающих языков и диалектов, а также для их последующего изучения и исследования. Вот почему словари являются достоянием нации. Их создание всегда считалось неотложной, первоочередной задачей. В этом небольшом исследовании мы уделим внимание истории, видам и важным вопросам диалектной лексикографии, краткому изучению узбекских диалектов и диалектов. Также сегодня были обсуждены текущие задачи, стоящие перед наукой узбекской диалектологии. 75 Ключевые слова. Язык, диалект, говор, диалект, просторечие, лексика, диалектная лексика, типы лексики, культурный язык, этнография, лунгвокультуремы, языковой корпус, диалектный корпус, исследование, анализ, метод. ABOUT THE STUDY OF UZBEK DIALECTS AND THE IMPORTANCE OF DIALECTUAL DICTIONARIES Nurmanov Furkat Khaitkulovich, assistant at the department of Uzbek language and literature, Uzbek-Finnish pedagogical institute Annotation. A dictionary is a tool that shows the richness and charm of a language, preserves its treasures and reveals its possibilities. Dictionaries are very important in preserving the vocabulary of disappearing languages and dialects, as well as in their subsequent study and research. That is why dictionaries are the treasure of the nation. Creating them has always been considered an urgent, primary task. In this small study, we focus on the history, types and important issues of dialectal lexicography, a short study of Uzbek dialects and dialects. Also, the current tasks facing the science of Uzbek dialectology were discussed today. Keywords. Language, dialect, patois, folk language, dialectual vocabulary, types of vocabularies, cultural language, ethnographisms, linguo-culturems, lexical corpora, dialectual corpira, research, analysis, method. Kirish. Oʻzbek tilshunosligi tarixida dialektologiya fanining oʻrni va ahamiyati juda katta. Bizning nazarimizda, tilni tadqiq qilish ilmi shevalarni oʻrganishdan boshlangan. XI asrda yaratilgan Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻati-t-turk” asari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik fanlari qatori shevashunoslik boʻyicha ham ilk manba hisoblanadi. Xalq ogʻzaki ijodi kabi xalq jonli nutqi sheva va lahjalarini oʻrganish XX asrning boshlarida rivojlanib bordi. Bunga misol sifatida jadidlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni koʻrsatishimiz mumkin. Jumladan, Gʻozi Olim Yunusovning 1930-yilda yozilgan “Oʻzbek urugʻlaridan qatagʻonlar va ularning tili” hamda “Oʻzbek shevalarining tasnifidan bir tajriba” asarini aytishimiz mumkin [25, 42-43]. Bundan tashqari, aynan shu yillarda oʻzbek va rus olimlari tomonidan koʻplab tadqiqotlar yaratilgan. Y.D.Polivanov [19, 45], K.K.Yudaxin, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov kabi turkolog olimlarning xizmatlari katta. Ayniqsa, A.K.Borovkovning “Oʻzbek sheva-lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar” nomli uslubiy tavsiyalari kelajakda sheva materiallarini yigʻishda va tahlillarni olib borishda metodik qoʻllanma boʻlib xizmat qildi. XX asrning 50-80-yillari oʻzbek dialektologiyasi tarixida eng rivojlangan davr deyish mumkin. Chunki shu yillarda yaratilgan tadqiqotlarning qamrov koʻlami nihoyatda keng. 1952-yilda Sh.Afzalovning “Oʻzbek tilining Parkent shevasi” hamda 1954-yida H.Gʻulomovning “Oʻzbek tilining Jizzax shevasi” mavzusidagi tadqiqotlari shu yoʻnalishda yaratilgan ilk dissertatsiyalardan sanaladi [10, 193]. T.Mirsoatov, Y.A.Aliyev, S.Ibragimov, I.Farmonov, Oʻ.Sharipov, N.Gʻafurova, I.Shamsiddinova, H.Uzoqov, V.Egamov, Sh.Shoabdurah-monov, I.Shamsiddinov, A.Shermatov, A.Ishayev, Sh.Nosirov, T.Yoʻldoshev, B.Joʻrayev, S.Zufarov, M.Valiyev, U.Tursunov, X.Doniyorov [2, 204] kabi olimlar tomonidan Janubiy Qoraqalpogʻiston, Sayram, Oʻsh, Gallaorol, Joʻsh, Qorakoʻl, Qarshi, Qoʻqon, Yuqori Qashqadaryo, Janubiy Tojikiston, Nayman, Shahrisabz, Baxmal, Urgut, Pop singari hudud shevalari hamda dialektologiyaning umumiy masalalari oʻrganildi. Oʻtgan asrning yigirmanchi yillarida shevalarni tadqiq qilish adabiy tilni shakllantirish ehtiyoji tufayli zaruriyat yuzasidan amalga oshirilgan edi. Chunki, xalqi juda koʻp urugʻ va qabillardan, tili esa xilma-xil va rang- barang sheva va dialektlardan tashkil topgan Oʻzbekiston sharoitida adabiy tilni asoslash, belgilash va tayin qilish, uning me’yorlarini va toʻgʻri yozish qoidalarini yaratish, oʻzbek tilida oʻquv ishlarini tashkil qilish hamda darslik, oʻquv qoʻllanma, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish uchun ham 76 shevalarni oʻrganish kerak edi. Keyinchalik, 50-yillardan boshlab esa etnolingvistik xarakter kasb eta boshladi. Xalq ogʻzaki ijodi va xalq jonli nutqi umumiy adabiy til sharoitida yozib, oʻrganib, qayd qilib qoʻymasa, yoʻqolib ketishi mumkin boʻlgan milliy madaniy boylik sifatida tadqiq qilindi va bu yoʻnalishdagi ishlar, kam sonli boʻlmasa-da, davom ettirilmoqda. Dialektal tadqiqotlarda obyektni oʻrganish orqali ma’lum miqdorda sheva va

Доказательный фрагмент

«Словарь – это инструмент, который показывает богатство и очарование языка, сохраняет его сокровища и раскрывает его возможности.»

Образец извлечения

Демо-превью

Словарь – это инструмент, который показывает богатство и очарование языка, сохраняет его сокровища и раскрывает его возможности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Language, dialect, patois, folk language, dialectual vocabulary, types of, sheva, lahja, lugʻat, etnografizmlar, tadqiqot, dialekt, lugʻat tiplari, metod., til korpusi, xalq tili, Kalit soʻzlar. Til, dialektal korpus, dialektal lugʻat, madaniy til, tahlil, lungvokulturemalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники