К содержанию
РецензированоUZ2026

NUTQNING VERBAL VA NOVERBAL KO‘RINISHI

Pardayev Sirojiddin Shokir o‘g‘li · Pardayev Sirojiddin Şokır oğlu (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute assistenti) · Пардаев Сироджиддин Шокир оглы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute assistenti)

Для учителей · 10 · 55-56 · 2026

Аннотация

This article discusses verbal and nonverbal manifestations of speech. The types of nonverbal communication, their importance in oral speech, including factors that disrupt speech, are discussed. In addition, the barriers that arise in the communication process and ways to overcome them are discussed in detail. Keywords. Verbal, nonverbal, individual barrier, ethnotypical barrier, culture, value, optical-kinetic, extralinguistic, visual. O‘zaro kommunikatsiya ikki kishining o‘zaro munosabatlari asosida amalga oshadi va ularning har biri kommunikant sifatida aloqa subyekti hisoblanadi. Aloqa subyektlari bir-birini 82 xabardor qilish vazifasini bajarish mobaynida yo‘llayotgan xabarning kelib chiqishi, sabablari, aniqlik darajasini hisobga oladi. Chunki nutqiy aloqaga kirishishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bu murojaat qilishdir. Bu holatni subyektlararo jarayon sifatida baholash mumkin. Bundan kelib chiqadiki, uzatilgan axborotlarga javoban yangi ma’lumotlar olinadi, o‘zlashtiriladi [1, 375-376 b.]. Aloqa jarayonida ma’lumotlar shunchaki uzatilmaydi, balki bu jarayonda aloqa subyektlarining faol harakati talab etilib, bu har ikkala tomon uchun ham muhim hisoblanadi. Demak, insonlar nafaqat ma’nolarni almashishadi, balki ularga intilishadi ham. Kishilar o‘zaro ma’lumot almashishda belgilar tizimi orqali hamkorlik jarayonida bir-biriga ta’sir o‘tkazadi va sherigining xatti-harakatiga o‘zgartirish kiritishi ham mumkin. Bundan kelib chiqadiki, belgilar ma’lum maqsadlarga yo‘nalgan bo‘lib, kommunikantlarning holatlarini o‘zgartiradi. Bu esa kommunikativ ta’sir deb yuritiladi. U qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lsa, aloqa samaradorligi ham yaxshi bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zidan psixologik jarayon bilan bog‘liq [2, 628 b.]. Aloqa jarayonida ma’lumotni yo‘naltiruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (adresant) shaxs o‘rtasida bir xil yoki o‘xshash dekodlash tizimi yaratiladi va bu tizim ularning o‘zigagina tushunarli bo‘ladi. Bir-birini tushunishda hamma bir xilda so‘zlash shartiga asoslanish yuqori samara bermaydi. Chunki inson har qanaqa axborotni o‘zaro almashishi mumkin va bu aloqa subyektlarining barchasiga aniq bo‘ladi. Biroq faqat qadriyatlar tizimini o‘zaro almashish natijasida esa sheriklar bir-birlarining hayot tarzi va xarakter-xususiyatlarini ham o‘zlashtiradi va yanada yaxshi tushunish imkoni paydo bo‘ladi. O‘zaro kommunikativ aloqa jarayonida aloqa to‘siqlari ham paydo bo‘lishi mumkin. Bu holat ham bevosita psixologik xarakter kasb etadi. O‘zaro Kiyinish uslubining ishonchsizlik mos kelmasligi Dunyoqara Bir-biriga shning mos yoqmaslik, Aloqa kelmasligi to‘siqlari Bizningcha, aloqa to‘siqlari ikki xil bo‘ladi: 1.Individual to‘siqlar ikki aloqaga kirishuvchi sheriklarning shaxsiy munosabatlari (bir- biriga yoqmaslik, tashqi ko‘rishishning ma’qul kelmasligi, ovozning, gapirish ohangining, nigohlar va shu kabilar) o‘zaro mos kelmasligi natijasida hosil bo‘ladi. 2.Etnotipik to‘siqlar millatlararo madaniyat, an’ana, qadriyatlarning o‘zaro mos kelmasligi natijasida paydo bo‘ladi. Demak, aloqaning samaradorligi faqatgina nutqiy tajribaga emas, balki mental tuzilish, madaniy kelib chiqish bilan ham bog‘liq ekan. Madaniy aloqalarning ikki turi mavjud: Verbal va noverbal aloqa. Verbal (og‘zaki) aloqa inson omili ta’sirida og‘zaki nutq, nutq tovushlari, fonetik belgilar tizimi, leksik va sintaktik birliklar tamoyillari asosida amalga oshadi. Bu jarayonda nutq eng muhim omil bo‘lib, xabar uzatishda reallik saqlanishi bilan xarakterlanadi. Bir turdagi madaniyatni aloqa yo‘nalishiga uzatishda xabar shaklida haqqoniy yеtkazish muhim hisoblanadi. Chunki har bir madaniyat o‘zining tarixi, ichki tuzilishiga ega bo‘ladi. Nutqiy modelda madaniy matnlardan foydalanish nutq samaradorligini oshiradi, bir qarashda ularni aniqlab bo‘lmasa-da, sekinlik bilan o‘zgarish namoyon bo‘ladi [3, 34-47 b.]. Axborotga singdirilgan madaniyat, odatda, harakatchan, ya’ni dinamik xususiyat kasb etadi. Ma’naviy faoliyat esa madaniy faoliyatga nisbatan kam dinamik hodisa sanaladi. Ular 83 yordamida matnlar ham son, ham mohiyat jihatdan boyiydi. Masalan, XIX asr O‘rta Osiyo madaniyatini misol tariqasida oladigan bo‘lsak, uning tarkibiga O‘rta Osiyo xalqlarining umummilliy xususiyatlari, turmush sharoitlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, adabiyot, san’at va shu kabi ko‘plab yo‘nalishlardagi xabarlar bu turdagi matnlar sonining ortishiga sabab bo‘ladi. Lebdovaning tadqiqotlarida og‘zaki aloqaning to‘rt me’yori belgilab berilgan: 1) Tog‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita; 2) Badiiy va qisqa; 3) Shaxsiy va vaziyatga xos; 4) Instrumental va ta’sirchan [4, 78 b.]. Noverbal (og‘zaki bo‘lmagan) aloqa ham o‘z navbatida bir nechta tizimlardan tashkil topadi: 1) Optik-kinetik noverbal aloqada imo-isholarlar, yuz ifodasi, pantomimalar orqali amalga oshadi. Mazkur tizimda inson tana a’zolaridan ko‘zlar, yuz, lab, qo‘llar faol ishtirok etadi, ular orqali mavjud madaniy borliqni to‘laroq anglash imkoni tug‘iladi. Optik-kinetik tizim nutq vositalarisiz qo‘llanilganda mohiyat noaniq b

Доказательный фрагмент

«This article discusses verbal and nonverbal manifestations of speech.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses verbal and nonverbal manifestations of speech. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Verbal, nonverbal, individual barrier, ethnotypical barrier, culture, value, induvidual to‘siq, ekstralingvistik, qadriyat, optik-kinetik, vizual., madaniyat, noverbal, Kalit so‘zlar. Verbal, etnotipik to‘siq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники