Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO‘MAKCHILASHISH JARAYONI VA UNING ILMIY ASOSLARI
Erbutayeva Shalola Utkirovna · Erbutayeva Şalola Utkirovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Эрбутаева Шалола Уткировна (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi)
Для учителей · 10 · 55-56 · 2026
Аннотация
This article presents scientific considerations on the process of word migration from independent word groups to auxiliary word groups, the stages of this process, and the phenomenon of grammaticalization, which is considered one of the urgent problems in modern linguistic research. Keywords. Auxiliary, migration phenomenon, auxiliaryization process, transposition and conversion, grammatization, embeddedness, auxiliary-likeness, auxiliaryization and auxiliaryiza- tion stages. 90 Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda dolzarb muammolar sifatida yordamchi so‘z turkumlari, ularning lingvistik maqomi, grammatik tabiati, boshqa so‘z turkumlariga ko‘chishi va ayni vaqtda boshqa mustaqil so‘z turkumlarining yordamchi so‘zlarga ko‘chib, grammatik vazifalar uchun xoslanishiga e’tibor qaratilmoqda. Vaholanki, tilshunoslikda yordamchi so‘z turkumlari, xususan, ko‘makchilarning yuzaga kelishi va nutq ko‘rinishlarida qo‘llanilishi bilan bog‘liq ko‘plab masalalar o‘z yechimini kutmoqda. Ko‘makchilarning mohiyati, qo‘llanish imkoniyatlari, ularni yuzaga keltiruvchi shart-sharoit bugungi kunda yuzaga kelgan muammolar emas. Ular ko‘p davrlardan beri tilshunoslarning diqqat-e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Shunday bo‘lsa-da, “ko‘makchi nazariyasi uzoq davom etgan o‘rganish an’anasiga qaramay, hali ham takomillashtirishni talab qiladi”[1:21]. Darsliklar va soha lug‘atlarida berilgan ta’riflarni umumiylashtirsak, ko‘makchi so‘zlarning asosiy vazifasi mustaqil ma’noli so‘zni boshqa mustaqil ma’noli so‘zga bog‘lab kelishdan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi. Darhaqiqat, mustaqil so‘z turkumiga mansub so‘zning yordamchi so‘z turkumiga o‘tib qolishi vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanib, bosqichma - bosqich amalga oshadigan hodisa sifatida u birdaniga yuzaga kelmaydi. Shu o‘rinda tadqiqotchi e’tiborga olish lozim bo‘lgan masalalardan biri, avvalo, ko‘makchilashish hodisasi qanday yuzaga kelishi, uning paydo bo‘lishida ishtirok etuvchi omillar nimalardan iborat ekanligini aniqlashdir. Zero, so‘z (leksema) guruhlari - turkumlarining tarixiy-geneologik, tafakkuriy va ierarxiyali o‘zaro aloqasini, tabiiyki, til sathida asosli va barqaror tekshirib bo‘ladi. Nutq sathida esa so‘zning (leksemaning emas) ma’no jilolari, nutqiy - situativ xususiyatlari amalda bo‘ladi, mazkur holda turkumlararo aloqani xolisona tekshirish mushkul. Shu sababli nutq sathida so‘z turkumlarining ko‘chishi hodisasinigina kuzatish samara beradi, zero, so‘z turkumlariaro ko‘chish so‘z turkumining nutq sathidagi o‘zaro aloqalarining ma’lum shaklidir, bu hodisa aynan nutqiy xususiyat kasb etadi [2:25]. Ta’kidlash joizki, tilshunoslikda ko‘makchi masalasiga turlicha qarashlar mavjud bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligida umumiylik, ya’ni ko‘makchini tavsiflashda ularning kelishiklar orqali amalga oshadigan munosabatlardagi roliga yondashuvdagi uyg‘unlik kuzatiladi. Ko‘makchilarning shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu jarayonni o‘rganish yordamchi turkum, umuman, ko‘makchilar guruhi tarkibiga kirgan birliklar haqida tugal xulosa chiqarishga, ushbu turkumga oid birliklar nega aynan ko‘makchi deb nomlanishi haqida yakdil bir fikrga kelinishiga yordamlashadi. XI asr yozma yodgorliklari tilini morfologik va leksik jihatdan tahlilga tortgan S.Mutallibovning “Ko‘makchilar o‘z boshicha biror ma’no anglatmay, ot yoki otlashgan so‘zlarga birikib, gap bo‘laklarining bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini ifodalovchi yordamchi so‘zlardir. Ularning ba’zilari ayrim kelishiklar bilan birgalikda, ba’zilari kelishiksiz yoki ba’zilari biror kelishik funksiyasida qo‘llanishlari mumkin”[3:122] - degan fikrlari ko‘makchilar va kelishik qo‘shimchalari o‘rtasidagi aloqa tarixan shakllanganligini ko‘rsatadi. Yana bir til tarixchisi J.Hamdamovning fikricha, “Ko‘makchilar tarixan mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan ajralib chiqqan. Ba’zan mustaqil so‘zlar o‘z ma’nosida ishlatilishidan tashqari asrlar davomida asta- sekin o‘z leksik ma’nosini yo‘qotib, ko‘makchilashib qolgan. Ular gapning mustaqil bo‘lagi bo‘lib kela olmaydi. Ular o‘zaro fazo, payt, sabab, maqsad, holat, birgalik, o‘xshatish kabilarni anglatish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’nolarni faqat boshqariluvchi so‘z ma’nosi bilan birgalikda ifodalaydilar”[4:82]. Ko‘rinadiki, olimning fikriga asoslanadigan bo‘lsak, ba’zan mustaqil so‘zlar o‘z ma’nosida ishlatilishidan tashqari asrlar davomida asta-sekin o‘z leksik ma’nosini yo‘qotib, ko‘makchi turkumiga o‘tib borgan. Demak, olim ko‘makchilarning yuzaga kelishi, ko‘makchilashish jarayonini bevosita davrga, vaqtga bog‘lab talqin qilmoqda. Afsuski, olim yuqoridagi fikr bilan chegaralanib, jarayonni yuzaga keltiruvchi omillar, bosqichlari masalasiga to‘xtalmagan. Yordamchi so‘zlar qatori ko‘makchilarning aslida mustaqil ma’noli so‘z turkumlaridan kelib chiqqan bo‘lib, keyingi til taraqqiyotida eng murakkab tushunchalarni ifodalash uchun yordamchi ma’nolarda qo‘llana boshlashi va eng oxiri o‘zlarining qadimgi leksik ma’nolarini yo‘qotishi to‘g‘risidagi fikrlar H.Berdiyorovning ho
Доказательный фрагмент
«This article presents scientific considerations on the process of word migration from independent word groups to auxiliary word groups, the stages of this process, and the phenomenon of grammaticalization, which is co…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents scientific considerations on the process of word migration from independent word groups to auxiliary word groups, the stages of this process, and the phenomenon of grammaticalization, which is co… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Auxiliary, migration phenomenon, auxiliaryization process, transposition and, transpozitsiya va konversiya, grammatizatsiya, Kalit so‘zlar. Ko‘makchi, ko‘makchisimonlik, tublashganlik, ko‘makchilashish jarayoni, ko‘chish hodisasi, ko‘makchilashganlik va ko‘makchilashayotganlik bosqichlari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024