Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA, MATAL VA IBORLARIDA “CHOL” KONSEPTINING TALQINI
KONSEPTINING TALQINI · Hasanov Husniddin Kamol o‘g‘li · Hasanov Hüsniddin Kamal’ın oğlu (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute o‘qituvchisi) · Хасанов Хусниддин Камол оглы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute o‘qituvchisi)
Для учителей · 10 · 55-56 · 2026
Аннотация
This article studies cognitive linguistics, its field of study directly through paremiological units. The linguocognitive properties of the concept of "old man" are expressed through proverbs, sayings, and expressions. Keywords. Proverb, saying, expression, concept, cognitive linguistics, sphere, concept of “old man”. Kirish. Barchamizga ma’lumki, azal-azaldan xalqimizninng donishmandlik haqidagi maqol, matal, afsona, rivoyat va ertaklarida yoshi ulug‘ qariyalar, nuroniy chollar, kampirlar, otalar va ularning aqlli va aqlsiz, o‘z bilganidan qolmaydigan farzandlari haqida ko‘plab hayotiy voqelarga yuzma-yuz kelamiz. Negaki, bizning ota-bobolarimz o‘zlari misqollab yiqqan milliy qadriyatlarini 95 ko‘z qorachig‘idek asragan va bularni hayot yo‘llarida katta mashaqqatlar bilan sayqallab, tajribalarini mustahkamlashda unumli foydalanishgan, xalqimizda “Qari bilganni – pari bilmas” kabi maqollarning o‘ziyoq yuqoridagi fikr-mulohazalarimizni to‘laqonli quvvatlashga asos bo‘la oladi. Chunki qariya, nuroniy oqsoqol, mahalla yoshi ulug‘i, choli-yu, kampiri ana shu milliy o‘gitlarimizni har doim yodimizga soladi. “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” kabi o‘lmas maqollarimizning o‘zida qanchadan qancha ma’no o‘z tajassumini topadi. Inson boshiga har qanday vaziyatda Alloh taolo mislsiz sinovlar yuborib turadi. Ana shunday og‘ir vaziyatlarda har qanday ShAXSning kamarbastasi, habibi yoki uning suyanishga, madad olishga katta ishongan insoni bo‘ladi. Bu ham bo‘lsa, xalqimizning, vatanimizninng qariyalari, otalari, bobolari va nuroniylaridir. Kundan kunga jadal suratlarda taraqqiy topib, yangi nazariy-ilmiy o‘zanlar “kashf”iga keng imkoniyatlar ochib berayotgan global dunyo modifikatsiyasida mislsiz evrilishlar ro‘y bermoqda. Otaning oilada o‘rni qanchalik ulug‘ bo‘lsa, qariyalar, chollar va nuroniylarning keskir o‘gitlari, so‘zlari, bir so‘z bilan aytganda hayotiy tajribalari shunchalik muhimdir. Bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. Mana shu munosabatga diqqat qaratadigan bo‘lsak, birgina – chol konseptining turli xil janrlar-u, shakllarda o‘ziga xos modifikatsion qamrov jadalligiga aylanganini ko‘ramiz. Xalqimizning azal-azaldan qadriyatga aylangan, donishmandlik va halollik, poklik va ulug‘lik, mehr-muhabbat va odamiylik kabi o‘lmas tushunchalarining bir-biridan farqlanishini, o‘ziga xos kriteriyalar chegarasida namoyon bo‘lish strukturasini talqin qilishga diqqat qaratamiz. “Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [ڶو ق] – qavlun – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan. Maqollarda so‘z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so‘z qo‘shish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo‘ladi. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida bor bo‘lib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga ko‘ra mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi. Jumladan, arablarda “qavlun” – gap, so‘z ma’nosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol keltirish, ruslar “poslovitsa”sida so‘zlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “ota so‘zi”da esa ajdodlar fikrini eslash ma’nosi yetakchi. Maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani tilshunos olimlar paremiyalogiya deb atashadi. Uning qisqa va ko‘pincha she’riy misralar kabi bo‘lishi, aniqlik, lo‘ndalik hamda sermazmunlik kasb etishini, bir so‘z bilan qanchadan-qancha ma’no beruvchi xususiyatini ham unutmaslik lozim. Maqollarning turli xil mazmuniga qarab tasniflash mumkin. U qanday vaziyatda va qay o‘rinda ishlatilishiga qarab ajratib, uning ma’nolarni talqin qilish ishonchni oqlaydi. O‘zbek tilinining yashirin xazinasi haqida tushuncha. Dunyodagi barcha tillarning bir- biriga o‘tib, rivojlantirib turuvchi nihoyatda keng atamalari borki, uni nazariy jihatdan tadqiq etish joriy lingvo-kognitiv tilshunoslikning muhim vazifalaridan biri sanaladi. Shu ma’noda, tilshunoslikdagi har bir so‘z o‘zining ma’no anglatuvchi xususiyatiga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, juumlalarni semantik-stilistik tomondan bog‘lovchi muhim kategoriyalar hisoblanadi. Chol – konseptiga e’tibor beraylik. Maqollarda, iboralarda, matallarda aks etish konsepsiyasi jihatidan turli xil ma’noviy qatlamlarni o‘zida tajassum qiladi. Ertakdagi obrazlar va metaforalar, tasviriy-badiiy san’atlar, umuman xilma-xil vositalarning yuzaga chiqishida, insonning o‘zak tomiri – ruhiga ta’sir qilishida, tarbiyaviy ahamiyati bilan alohida ajralib turishini unutmaslik lozim. “O‘zbek tili mana shunday imkoniyati keng til. Unga hadeb chet tillardan so‘zlarni tashib kelaverish o‘rinsiz. Buning o‘rniga o‘sha tushunchani ifodalash uchun til imkoniyatidan foydalanishga harakat qilish kerak. Bu o‘rinda tillardagi mavjud so‘zlarning ko‘p ma’noliligiga ha
Доказательный фрагмент
«This article studies cognitive linguistics, its field of study directly through paremiological units.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article studies cognitive linguistics, its field of study directly through paremiological units. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Proverb, saying, expression, concept, cognitive linguistics, sphere, concept of, Kalit so‘zlar. Maqol, matal, ibora, “chol” konsepti., sfera, konsept, kognitiv tilshunoslik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025