К содержанию
РецензированоUZ2026

BADIIY MATNDA DIALEKTAL FRAZEOLOGIZMLARNING QO‘LLANILISHI

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li · Yusupov Sardor Shodi oğlu (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti) · ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ДИАЛЕКТНЫХ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti) · В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti) · Юсупов Сардор Шоди углы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti)

Для учителей · 10 · 55-56 · 2026

Аннотация

This article briefly discusses the use of phraseological units in literary texts. The use of colloquial elements within literary texts and the application of dialectical phraseological units in spoken language are illustrated with examples taken from the well-known writer Tog‘ay Murod’s novella “Oydinda yurgan odamlar” (“People Walking in the Moonlight”). Keywords. Literary text, spoken language, idioms, phraseological units, Tog‘ay Murod, “Oydinda yurgan odamlar”. 101 Iboralarning og‘zaki nutq shaklida qo‘llanish holatlari juda ko‘p uchraydi. Chunki har bir so‘zlovchi o‘z nutqini ta’sirchan, jozibali yetkazish uchun bunday birliklarni nutqqa olib kiradi. Frazeologik birliklar til egasi bo‘lgan xalqning ma’naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash sharoiti, intilishi, voqelikka munosabati bilan uzviy bog‘liqdir. Frazeologik birliklar obrazlilik va ekspressivlikni vujudga keltiruvchi muhim vositalar bo‘lib1, ular nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. [1, 3 b.] Bilamizki, so‘zlashuv uslubi sheva birliklarini qabul qilishi bilan boshqa uslublardan farqli hisoblanadi. Adabiy tilimizda mavjud bo‘lgan frazeologik birliklarning shevalardagi muqobili, adabiy tilga kiritilmagan, aynan sheva uchun xos bo‘lgan frazeologik birliklarni so‘zlashuv nutqidan bilib olishimiz mumkin. Badiiy nutq haqida gap ketganda uning alohida xususiyati barcha nutq uslublarini o‘zida mujassam etishi ko‘z oldimizga keladi. Jumladan, badiiy nutq tarkibida so‘zlashuv nutqi elementlarining qo‘llanishi badiiy asar qahramonlarining o‘z tilida, ya’ni shevasida gapirish holatlari badiiy asarning mazmunini to‘laroq ochib berishga yordam beradi. Adabiyotimizda badiiy asarga xalqona so‘zlashuv nutqini olib kirgan ijodlarimizdan biri bu, shubhasiz, Tog‘ay Muroddir. Yozuvchi asarlarida xalq hayotini to‘laligicha yoritish maqsadida asar qahramonlari nutqida shevaga xos bo‘lgan birliklardan foydalanadi. “Oydinda yurgan odamlar” qissasida keltirilgan shevaga oid iboralarni matn tarkibida kelib, qanday ma’no va mazmun ifodalashini ko‘rib o‘tamiz. Qishloqda bir boʼzbola boʼladi. Boʼzbola yelkador, pishiq qomatlik boʼladi. Kulcha yuzlarida chuqur-chuqur kuldirgichlari boʼladi. Qoʼy koʼzlik, siyrak qoshlik boʼladi. Boʼzbola qomatini gʼoz tutadi. Joyida tik turadi. Qoʼllarini koʼkragiga qovushtiradi yo beliga tiraydi. Bir nuqtaga tikiladi. Qayerga tikiladi, nimaga tikiladi? Bilmaymiz, biz bilmaymiz. Inchunin, oʼzi-da bilmaydi. Boʼzbolani ilk bor koʼramiz. [3, 81 b.] Ushbu parchada keltirilgan qomatini g‘oz tutmoq iborasi ko‘kragini kerib turmoq iborasi bilan sinonim bo‘ladi. Ma’nosiga e’tibor qilinganda, g‘oz parrandasining ko‘rinishiga o‘xshatish ma’nosi ko‘rinib turadi. Sovchilar tagʼin keldi. Oradan ikki kun oʼtdi. Ogʼayni-jamoalar birovi u dedi, birovi bu dedi. Birovi arazlab ketdi. Bari oʼz gapini maʼqullatish payida boʼldi. Аka boʼlmish bariga birday boʼlib oʼtira berdi. Boʼlar gap qizda qoldi. Yanga boʼlmish oshxonaga yoʼl oldi. [3, 82 b.] Birovi u dedi, birovi bu dedi. Bu ibora o‘zbek xalqi an’analari bilan bog‘liq bo‘lib, oilaviy yig‘inlar, to‘y-ma’rakalarda bir masala yuzasidan bahs-munozarada ishtirokchilarning ketma-ket fikr bildirishini ifodalaydi. Bundan tashqari, aniq bir to‘xtamga kela olmaslik holatini ham ko‘rsatadi. Qirqiga chidagan kuyov, qirq biriga-da chidar! – Bir tong otsa otibdi-da, hali yanagi tonglar bor! Xayrulla domla oxirgi bor – uchinchi bor vakil soʼradi. Shunda-da javob boʼlmadi. Uchdan keyin puch boʼldi. [3, 85 b.] Ushbu parchada ikkita ibora ishlatilgan. Ulardan birinchisi Qirqiga chidagan kuyov, qirq biriga-da chidar iborasi, asosan, sabr qilish ma’nosini yuzaga chiqaradi. Biror ishni oxiriga yetkazib qo‘yish yoki o‘sha ishning bajarilishini erta boshlab qo‘ymasdan sabr qilib turish, ya’ni “podadan oldin chang chiqarmaslik” va ba’zida shoshmaslik kerakligi haqidagi mazmunni ochib berishda ishlatiladi. Uchdan keyin puch boʼlmoq. Sharq xalqlarida 3 marta imkoniyat berish an’anasi mavjud bo‘lib, rivoyatlar-u afsonalar, ibratli voqealar va bugungi kundagi hayotimizda ham uchrab turadi. Masalan, “yigit kishiga 3 marta omad beriladi”, “3 ta tilakni amalga oshirish” va boshqa holatlarni aytish mumkin. Koʼprikda soyalar qora berdi. Ikkita boʼzbola koʼprikda tayogʼ tutib turdi. Tayoqni olmasdan koʼprikdan oʼtib boʼlmadi. Boʼzbolalar kelin tarafdan talab qildi: – Kuyov... beringlar! Kelin taraf sukut saqladi. Boʼzbolalar oʼz soʼzida turdi: – Unda, yoʼl yoʼq. Ot yetaklovchi qoʼynidan kelin tikmish roʼmollardan oldi. Boʼzbolalarga birovdan berdi. Tayoq olindi, kelin yoʼli ochildi. [3, 94 b.] 102 Bu yerda qo‘llanilgan qora bermoq iborasi “ko‘rinmoq” so‘ziga sinonim bo‘la oladi. Ko‘prik ustida ikkita bo‘zbolaning soyasi ko‘ringan holatni ochib berishda qo‘llanilgan. Ota-onasi tagʼin chaqirtirdi. – Uyimizdan ilon chiqqanmi? – piching qildi otasi. – Yoʼq, nima edi? – talmovsiradi bolasi. – Boʼlmasa nimaga qorangni koʼrsatmaysan? – Bizning gapimiz nima boʼldi? – Yelib-yuguryapmiz, berib qolar... – deya mingʼilladi Qoplon. [3

Доказательный фрагмент

«This article briefly discusses the use of phraseological units in literary texts.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article briefly discusses the use of phraseological units in literary texts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Literary text, spoken language, idioms, phraseological units, Tog‘ay Murod, “Oydinda yurgan odamlar”., frazeologik birliklar, Kalit so‘zlar. Badiiy matn, so‘zlashuv nutqi, iboralar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники