Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MARTIN XAYDEGGER FALSAFASIDA INSON BORLIG‘I MASALASI.
Tazabay Yuldashev
Исследователь · 2026
Аннотация
Maqolada G‘arbiy Yevropa falsafasining eng yangi yo‘nalishlarida, xususan M. Xaydegger tafakkurida, borliq muammosini anglashga doir yangi yondashuvlar tahlil qilinadi. Unda ushbu g‘oyalarni falsafiy tadqiqotlarda hamda oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonida qo‘llash imkoniyatlari va talqin variantlari taklif etiladi. Kalit so’zlar: borliq, vaqt, mavjudlik, Da Sein, ekzistensializm, Zamonaviy falsafada ham, qadimgi Yunoniston davridagidek, falsafiy tafakkurning eng asosiy va markaziy muammosi — bu borliq muammosi bo‘lib qolmoqda. Borliqning mohiyati va ma’nosini aniqlash bilan shug‘ullanar ekan, falsafa o‘zining fan, din, san’at, iqtisodiy va siyosiy nazariyalarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Falsafiy tafakkurda borliqni anglash va talqin etishning shakllanishi (genezisi)dagi asosiy yo‘nalish — bu ushbu hodisani tushunishga qaratilgan intellektual harakatda namoyon bo‘ladi. Shu bois, ushbu maqolada muallif G‘arbiy Yevropa falsafasida, xususan Martin Xaydeggerning mashhur va, hatto aytish mumkinki, davrni belgilovchi “Borliq va vaqt” asaridan boshlab shakllangan borliqning mohiyati va ma’nosini talqin etishdagi asosiy tendensiyalarni qisqacha bayon etadi. Xaydeggerning eng katta falsafiy xizmatlaridan biri shundaki, u Gegel va Marksdan keyin asta-sekin falsafiy tadqiqotlar chekkasiga chiqib qolgan borliq muammosini inson mavjudoti bilan uzviy bog‘lab, uni yana falsafiy tafakkurning markaziga qaytardi. Xaydegger talqinida asosiy kategoriya bo‘lgan "dunyodagi borliq" (Das Sein-in-der-Welt) allaqachon o‘z nomining o‘zida shuni ko‘rsatadiki, bu yerda u yagona fenomen – “dastlabki berilganlik” (Primäre Gegebenheit) deb tushuniladi va u “butunlikda ko‘rilishi zarur” [1, 29-bet]. Borliqning ushbu murakkab tuzilmasining eng xarakterli jihati shundaki, uning muhim tarkibiy qismi “mavjudlik” (nem. Präsenz yoki Anwesenheit) hisoblanadi. Bu atamaning ma’nosini sharhlab, Xaydegger ta’kidlaydi: “mavjudlik… bu — har doim o‘zim bo‘lgan mavjudotdir” [1, 28-bet]. Boshqacha aytganda, bu tushuncha insonni anglatadi. Chunki inson, boshqa barcha narsalardan farqli o‘laroq, bu dunyoda shunchaki mavjud bo‘lib qolmaydi, balki u “borliqning o‘zagi bilan birga” bo‘ladi, ya’ni dunyoning mohiyatida faol ishtirok etadi. Ana shu — faqat insonga xos bo‘lgan, dunyoda borliqning o‘ziga xos shaklida “hozir bo‘lishi” Xaydegger tomonidan “Da-sein” kategoriyasi bilan ifodalanadi. Bu https://scientific-jl.com 4 6 64-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali atamani o‘zbek tiliga bir nechta yo‘sinda tarjima qilish mumkin: “bu yerda-borliq”, “shu yerda-borliq”, “insoniy reallik”, yoki “insonning dunyodagi borligi”. Xaydegger tafsirida Da-sein — bu umumiy, jinsli (rodovoy) tushuncha emas; u “doimo meniki”, ya’ni aniq bir inson mavjudotidan ajralmas tarzda mavjud bo‘lgan narsa. Da-sein bu oddiy fazoviy mavjudlik emas, balki insonning dunyoga ochiqligi, savol berish qobiliyatini anglatuvchi mavjudlik shaklidir. Aynan savol berish jarayonida inson “borliq chaqirig‘i”ni eshitish, borliq ma’nosini ochib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa insonni o‘rab turgan dunyoning ma’nosizligini yengishga, o‘zini borliqning zaruriy va beqiyos bir qismi sifatida his qilishga, insoniyatning mohiyati va ma’nosini anglashga olib keladi. Da-sein — bu insonning real, faol ishtirokdagi dunyoviy mavjudligi bo‘lib, Xaydegger uni “ontologik jihatdan to‘g‘ri tushunilgan subyekt” sifatida tasvirlaydi, u boshqa mavjudotlar bilan ham- mavjudlikda (“Mitsein”) yashaydi. Xaydegger ta’kidlaydi: “Mavjudlik – bu mohiyatan hodisa (voqea)dir”. Hatto boshqa inson faktik jihatdan mavjud bo‘lmasa yoki sezilmasa ham, “mavjudlik ekzsistensial jihatdan hodisa sifatida belgilangan” [1, 26- bet]. Mavjudlikning borliq strukturasi hodisa sifatida o‘z aksini “birga mavjud bo‘lish” holatlarida topadi. Xaydegger bunday holatlarga quyidagilarni misol keltiradi: “biri boshqasining o‘rnida – bir-biriga qarama-qarshi – bir-birisiz – bir-biridan bexabar – bir-biriga befarq bo‘lish” [1, 27-bet]. Oddiy narsadan farqli ravishda, u o‘ziga yopiq va atrofdagilarga befarq bo‘lsa, Da-sein o‘z mohiyati bilan aloqadorlikda mavjud bo‘ladi, u boshqa mavjudotlar bilan birga bo‘lishda yuzaga chiqadi. Uning mavjudligi bu — “mavjudotga yo‘nalgan mavjudlik” bo‘lib, u nafaqat boshqalar bilan, balki o‘zi bilan ham aloqada bo‘ladi. Aynan boshqalar bilan organik o‘zaro aloqadorlik orqali Da-seinning asosiy xususiyati – “o‘zlik” (Selbstsein) shakllanadi va ochiladi. Bu esa “g‘amxo‘rlik” (Sorge) orqali amalga oshadi – avvalo insonning o‘ziga nisbatan, lekin shuningdek boshqalarga va butun borliqdagi narsalarga nisbatan tashvish va e’tibor shaklida. Xaydegger yozadi: “Boshqalar bilan birga mavjud bo‘lish ko‘pincha aynan insonlar tomonidan e’tirof etilgan yoki inkor etilgan yutuqlar asosida shakllanadi. Shu bois ommaviylik — dunyo va mavjudlik talqinida hukmronlik qiladi... U barcha farqlarni xira qiladi va yashirin narsalarni hammaga tanish bo‘lgan
Доказательный фрагмент
«Maqolada G‘arbiy Yevropa falsafasining eng yangi yo‘nalishlarida, xususan M.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada G‘arbiy Yevropa falsafasining eng yangi yo‘nalishlarida, xususan M. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: borliq, Da Sein, vaqt, mavjudlik, ekzistensializm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025