Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORAZM QOVUNCHILIGINING TARIXI.
XORAZM QOVUNCHILIGINING TARIXI. · Rahimov Furqat Jabberganovich · Sapoyeva Nilufar - Ichan-Qal'a davlat · Kalit so'zlar: Xorazm · Shabbozi gulobi · Olimlar asarlari
Исследователь · 2026
Аннотация
Maqolada mualliflar Xorazm diyorida yetishtirilgan qovun navlari, qovun navlarining dunyoga tarqalish tarixi, qovunlarning insonlarga foydali omillari to‘g‘risida ma'lumotlar beradi. Kalit so'zlar: Xorazm, Qovun, Ne’mat, Nav, Tuyakarvonlar, Xushbo‘y, Shabbozi gulobi, Dehqon, Urug‘, Olimlar asarlari, Da’vo. Qadimgi rivoyatlarga ko‘ra, kunlardan bir kuni Xorazmdan Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi ellar tomonga olib boradigan yo‘lda Amir Temur soqchilari katta bir karvonni to‘xtatishadi. - “Hoy, chol, bizning qovunlarimizni uzoq Bog‘dodga nima uchun olib ketayapsan yoki sening yurtingda qovun yo‘qmi? - Ey ulug‘ xoqon, axir Bog‘dod bozorlarida sening yerlaringda yetishgan qovunga teng keladigani yo‘qda! - Mayli, yo‘lingdan qolma. Temurga qarashli yerlarning qovuni yetti iqlimda ham yo‘qligini hamma bilib qo‘ysin”. Qovun haqidagi bu rivoyat balki haqiqatdir. Axir o‘zbek tuprog‘ida yetishtirlgan qovunlarning ta'rifi uch-to‘rt ming yillardan buyon davom etib kelmoqda-ku! XII asr. Arab xalifaligining poytaxti Bog‘dodga O‘rta Osiyo o‘lkalaridan yuzlab tuyalarda tovarlar keltirilgan. Xirojlar xalifalikning poytaxtdan uncha uzoq bo‘lmagan joyidagi muhtasham saroyiga tushirilmoqda. Ko‘zni qamashtiradigan darajada tovlanib turgan qorako‘l terilar, Turkman hunarmandlarining sehrli qo‘llari bilan yaratilgan gilamlar, anvoyi oltin, kumush taqinchoqlar, Xorazmiy tilida yozilgan noyob kitoblar va boshqa qimmatli buyumlarni ko‘zdan kechirayotgan xalifa Abu- Bakr ular orasida maxsus qo‘rg‘oshin idishlarga joylangan Xorazm qovunlarini ko‘rib, beixtiyor to‘xtab qoldi. Bu ajoyib sovg‘alardan shobbozi gulobi navli bir qovun ehtiyotkorlik bilan idishdan olingach, undan taralgan xushbo‘y hid xalifaning kayfiyatini ochdi. Xorazm qovunlarinng ta'rifini g‘oyibona eshitib yurgan xalifa haligi qovundan bir karj yegach, darhol O'rta Osiyodagi arab qo'shinlarining noibi Ubaydullaxon ibn Ziyodga maxsus farmon yubortirdi. Farmonda bundan keyin ham saroyga yanashunday noyob qovunlardan muntazam yuborib turishni tayinlangan edi. Shu davrdan boshlab qadimgi Xorazmdan uzoq Arabistonga tuyakarvonlarining kajavalarida muntazam yuborib turiladigan bo‘ldi. O‘zbek, Turkman va Qoraqolpoqlar yashab turgan hududlar ham poliz https://scientific-jl.com 1 9 8 64-son_4-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ekinlarining eng sara navlarini bunyodga keltirgan qadimgi o‘lkalardan biridir. Madaniy ekinlar yovvoyi turlaridan kelib chiqqani ma’lum, lekin poliz ekinlari dastlab qachon va qayerda paydo paydo bo‘lganligi to‘g‘risida uzil-kesil aniq bir ma’lumot yo‘q. Ba’zi tarixiy va arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, qadim-qadimdan ekib kelingan. Hatto 4000 yil avval ham shu Osiyoga sayohat qilgan Xitoylik sayyohlar bu yerlarda Xitoyda hechqachon bo‘lmagan a’lo navli qovunlar borligini yozib qoldirishgan. O‘rta Osiyoda, shu jumladan Xorazmda yetishtirilgan qovun, tarvuz, qovoq nihoyatda xushxo‘rligi, shirinligi, uzoq vaqt oddiy mehnatkashdan podshohgacha hammaning sevimli ne’mati bo‘lgan. Professor S.P. Tolstov boshchiligidagi arxeologlar 1951 yilda hozirgi Beruniy shahridan 81 km shimoldagi Sulton Uvays tog‘larining yonbag'irlarida joylashgan va qadimgi Xorazmshohlarning qarorgohi bo‘lmish Tuproq qal’adan milodning III asriga mansub bo‘lgan madaniy qovun urug‘ini topishgan. Arab olimi Abu-Mansur Abdulmalik ibn-Muhammad Ismoil as-Solibiy (961- 1038) o‘z asarlarida xalifa Ma’mun ibn Vosiq saroyiga usti muz bilan qoplangan maxsus qo‘rg‘oshin idishlarda keltirilgan Xorazm qovuni haqida ko‘plab ma’lumotlarni qayd qilib o‘tgan. Jumladan, u o‘zining 990-995 yillarda yozilgan "Kitob latoif al Maorif', ("G‘aroyib ma’lumotlar kitobi") asarida Xorazmda yetishtirilgan, hozirda esa yo‘qolib ketgan bitta mashhur qovun navini tilga olib shunday yozadi: “Xorazmga xos narsalardan u yerda baranj nomi bilan yuritiladigan qovundir. U qovunlarning eng shirini va yaxshisidir. Agar yaxshi saqlanib yetib kelsa, bir donasi yetti yuz dirham turar ekan”. Xorazmda umumiy savdoning asosiy qismini qovun savdosi tashkil qilgan. Buni Faxriddin Halloj At’imon Sheroziy-Abu Ishaqning (1450) “Kanz al-ishtaho" asarida ham ko‘ramiz: “Xorazmning qovunini qay til bilan aylay bayon, oning aslo tengi yo‘q, hoh Chinu, hoh Bulg‘orga bor". 1333 yili Xorazm mamlakatiga sayohat qilgan Ibn Batuta o‘z "Sayohatnoma" asarida Xorazm qovunlariga maxsus bob ajratadi. U shunday deb yozadi: “Xorazm qovunlariga teng keladigan qovun na Mashriqda va na Mag‘ribda topiladi. Xorazm qovunining mag‘zi qattiq, rangi qizg‘ich bo‘lib, “to‘ni” ko‘k-yashil tovlanadi. O‘zi juda ham shirin, mamlakat tashqarisida ham juda mashhur va suyumli meva hisoblanadi. Qovun qoqilarini hatto Xitoy va Hind yurtlariga ham savdogarlar Xorazmdan olib borishadi". Xorazmdan so‘ng Ibn-Battuta Hindiston mamlakatiga safar qilib, Hind hukmdori huzurida bo‘lganida u yerda ko‘rgan Xorazm qovunlariga qoyil qolganini yozadi. O‘shanda hukmdor bu qovunlarga o‘zining ham moyilligini tan olib, “Say
Доказательный фрагмент
«Maqolada mualliflar Xorazm diyorida yetishtirilgan qovun navlari, qovun navlarining dunyoga tarqalish tarixi, qovunlarning insonlarga foydali omillari to‘g‘risida ma'lumotlar beradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada mualliflar Xorazm diyorida yetishtirilgan qovun navlari, qovun navlarining dunyoga tarqalish tarixi, qovunlarning insonlarga foydali omillari to‘g‘risida ma'lumotlar beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Xorazm, Qovun, Ne’mat, Nav, Tuyakarvonlar, Xushbo‘y, Kalit so'zlar: Xorazm, Dehqon, Shabbozi gulobi, Urug‘, Olimlar asarlari, Da’vo.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025