Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KREDIT PORTFELI TUSHUNCHASI VA UNING TARKIBI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Odilbekov Shahbozbek Shuhratjon o‘g‘li (XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR VA TIJORAT BANKLARINING O‘ZARO) · Nurzodbekov Biloliddin Nurzodbek o‘g‘li (Ilmiy rahbar: Andijon davlat texnika instituti)
Исследователь · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются взаимосвязи между международными финансовыми институтами и коммерческими банками, формы их сотрудничества и значение этих отношений для экономического развития. Освещается роль международных финансовых институтов в укреплении стабильности банковской системы и расширении возможностей кредитования реального сектора экономики за счёт инвестиций Ключевые слова: международные финансовые институты, инвестиции, кредитные линии, экономическая стабильность, МВФ. Xalqaro moliyaviy institutlar va tijorat banklarining o‘zaro aloqalari mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Ularning hamkorligi, asosan, iqtisodiy barqarorlikni saqlash, bank tizimini mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Xalqaro moliyaviy institutlar, masalan, Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, Osiyo Taraqqiyot Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, tijorat banklariga turli investitsiyalar, kredit liniyalari, grantlar va texnik yordam ko‘rsatish orqali rivojlanayotgan mamlakatlarda bank tizimining barqarorligini oshiradi. O‘zbekistonda ham xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan tijorat banklariga ko‘rsatilgan moliyaviy yordam va investitsiyalar mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Misol uchun, birgina 2025-yilda O‘zbekistonga xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan $5,2 mlrdlik ishlar bajarilishi rejalashtirilgan. Unga kora, joriy yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan $1,1 mlrd, Islom taraqqiyot banki bilan esa $1 mlrdlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Shuningdek, Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilindi.O`tgan 2023-yilda, Shavkat Mirziyoyev “Asakabank” va “O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishgan edi va 2023-yil davomida “O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga $125 mln, “Asakabank"ka $100 mln mablag‘ jalb qilinishi ko‘zda tutilgan edi. 22 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Buning natijasida, banklarning operatsion faoliyatida dasturiy IT mahsulotlar va 100 dan ziyod yangi bank xizmat turlari joriy etilishi, natijada 2027-yil oxiri bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” daromadi 1,61 baravar, kredit portfeli 1,74 baravarga oshishi ko‘zda tutilgan. “Asakabank"da depozitlar 1,71 baravar, bank aktivlarining hajmi esa 1,72 oshishi belgilangan. Qayd etilish mumkinki,so`nggi yillarda bu va boshqa O‘zbekiston banklariga xalqaro moliya bozorlarida ishonch va ular faoliyatida qatnashish uchun xorijiy investor va hamkorlarning qiziqishi ortdi. Xalqaro moliya institutlarining ro`li esa quyidagicha: 1. Moliyaviy resurslar bilan ta’minlash Xalqaro moliyaviy institutlar tijorat banklariga uzoq muddatli, qulay foiz stavkalarida kreditlar, kredit liniyalari va investitsiyalar taqdim etadi. Buning asosiy maqsadi tijorat banklarining likvidligini oshirish va bank tizimining barqarorligini ta’minlashdir. Xalqaro moliyaviy institutlar tijorat banklariga kiritilgan mablag‘lar orqali iqtisodiyotning turli sohalariga, masalan, kichik va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu tarzda, bu investitsiyalar real sektorni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shadi. Masalan, O‘zbekistonda Jahon Banki tomonidan tijorat banklariga berilgan kreditlar kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu mamlakat iqtisodiyotining diversifikatsiyasiga yordam bermoqda. Shuningdek, Xalqaro valyuta jamg’armasi va Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan taqdim etilgan investitsiyalar rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasini kamaytirish va milliy valyutani mustahkamlashga yordam beradi. 2. Bank tizimining islohoti va texnik yordam Xalqaro moliyaviy institutlar tijorat banklarining boshqaruv tizimlarini isloh qilishda, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda va yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqishda yordam beradi. Masalan, tijorat banklari risklarni boshqarish, kredit siyosatini shakllantirish va moliyaviy mahsulotlar bo‘yicha xizmatlarni optimallashtirish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan texnik yordam va maslahatlarni olishadi. Jahon Banki va boshqa moliya insituttlari, nafaqat moliyaviy resurslar, balki amaliy maslahatlar va ta’lim dasturlari orqali bank tizimlarini yangilash va ularni global standarti bo‘yicha rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib, xalqaro moliyaviy institutlar mamlakatlardagi tijorat banklariga malakali kadrlar tayyorlashda, moliyaviy risklarni boshqarish usullarini takomillashtirishda, shuningdek, raqamli transformatsiyani amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. 3. Investitsion loyihalar va iqtisodiy islohotlar Xalqaro moliyaviy institutlar tijorat banklariga investitsion loyihalarni moliyalashtirishda va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok e
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются взаимосвязи между международными финансовыми институтами и коммерческими банками, формы их сотрудничества и значение этих отношений для экономического развития.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются взаимосвязи между международными финансовыми институтами и коммерческими банками, формы их сотрудничества и значение этих отношений для экономического развития. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- международные финансовые институты, инвестиции, pul-kredit siyosati., Kalit so‘zlar: Foiz stavkasi, depozit, kredit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014