К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QISH SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI · Axmedova Mahliyo Ruziboy qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini shakllantirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o‘rni yoritilgan. Interaktiv ta'lim vositalari, raqamli resurslar, multimedia platformalari va mobil ilovalarning o‘quvchilarda matnni tahlil qilish, tushunish va ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: o‘qish savodxonligi, zamonaviy texnologiyalar, AKT, interaktiv ta’lim, raqamli resurslar. Bugungi kunda ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalar keng imkoniyatlar yaratmoqda. O‘quv jarayoniga raqamli vositalarni tatbiq etish orqali o‘quvchilarning matn bilan ishlash, tushunish, tahlil qilish va izohlash kabi malakalari rivojlanadi. Shunikdek, ta’lim tizimida interaktiv usullar, innovatsion yondashuvlar, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga bo‘lgan e’tibor va qiziqish tobora ortib bormoqda. Bunday holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab shundaki, ilgari an’anaviy ta’limda o‘quvchilarga tayyor bilimlar berilib, ularni faqat eslab qolishga va takrorlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, hozirda zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quvchilar bilimlarni o‘zlari mustaqil izlab topishlari, o‘rganishlari, tahlil qilishlari va eng muhimi, xulosalarga o‘zlari kelishlariga imkon yaratilmoqda. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi endilikda faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quvchining shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi, yo‘naltiruvchi va boshqaruvchi sifatida maydonga chiqmoqda. U sharoit yaratadi, rag‘batlantiradi va o‘quvchi-talaga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish, muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu tariqa ta’lim jarayonining markaziga o‘quvchi-talaba chiqadi va uning faolligi, fikrlashi, tashabbuskorligi asosiy omilga aylanadi. Oliy ta’lim muassasalari, fakultetlar va kasb-hunar tayyorlash markazlarida yetuk, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda interaktiv o‘qitish metodlarining o‘rni beqiyosdir. Pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va o‘qituvchining kasbiy mahorati o‘quvchilarda chuqur bilim, puxta ko‘nikma va amaliy malakalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. https://scientific-jl.com 5 5 64-son_4-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali “Innovatsiya” atamasi inglizcha “innovation” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilik kiritish”, “yangilanish” degan ma’nolarni bildiradi. Shu ma’noda, innovatsion texnologiyalar — bu ta’lim jarayoniga, pedagogik faoliyatga, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabatlarga yangicha yondashuv, zamonaviy o‘zgarishlar kiritish demakdir. Bu yangilanishlar, ayniqsa, interaktiv metodlar asosida samarali tarzda amalga oshiriladi. Interaktiv metodlar — bu ta’lim jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchi (yoki talabalar)ning birgalikdagi faoliyati asosida quriladi. Ular jamoaviy fikrlash, fikr almashish, muhokama, tahlil va bahs-munozaralar orqali o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday yondashuv quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi: O‘quvchini dars jarayoniga befarq bo‘lmaslikka, faol qatnashishga va fikr bildirishga undaydi; Mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantiradi; Har bir o‘quvchi-talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va uni izlanishga yo‘naltiradi; Pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi, ta’limni ikki tomonlama faol jarayonga aylantiradi. Ya’ni, zamonaviy ta’limda interaktiv metodlar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash ta’lim samaradorligini oshirishda, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda, ularni mustaqil fikrlovchi, tashabbuskor va bilimga chanqoq shaxs sifatida tarbiyalashda nihoyatda muhim omil hisoblanadi. O‘qish savodxonligi – bu nafaqat matnni o‘qiy olish, balki uni tushunish, tahlil qilish, mantiqiy fikr yuritish va o‘z fikrini bayon eta olishdir. Bu kompetensiyani shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida samarali natijalarga erishish mumkin. Zamonaviy texnologiyalar qatoriga quyidagilar kiradi:  Interaktiv doskalar – matnni vizual tahlil qilish imkonini beradi;  Multimedia materiallar – audiokitoblar, animatsiyalar, videodarsliklar orqali o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi;  Mobil ilovalar – “Bilimdon”, “Kutubxona”, “Kutubxonachi” kabi ilovalar orqali o‘quvchilar individual mashqlarni bajaradi;  Elektron resurslar – elektron darsliklar va testlar orqali nazoratni mustahkamlashga yordam beradi. O‘quvchilarning fikrlash, tahlil qilish va mustaqil izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishda klaster, aqliy hujum, insert va konseptual xaritalar kabi metodlar multimedia vositalari bilan uyg‘unlashtiriladi. https://scientific-jl.com 5 6 64-son_4-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali O‘qituvchi texnologiyalarning faqat foydalanuvchisi em

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini shakllantirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o‘rni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini shakllantirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interaktiv ta’lim, raqamli resurslar., AKT, Kalit so‘zlar: o‘qish savodxonligi, zamonaviy texnologiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники