Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORPORATIV NIZOLARNING SUDGA TAALLUQLILIGI VA SUDLOVGA TEGISHLILIGI
SUDLOVGA TEGISHLILIGI · Norimova Matluba Turg`un qizi · Норимова Матлуба Тургун кизи · Магистрант Самаркандского
Исследователь · 2025
Аннотация
The article studies the issues of the jurisdiction and jurisdiction of corporate disputes, the concept of jurisdiction and jurisdiction, types of jurisdiction and jurisdiction, and specific features of corporate disputes. The article also analyzes the issues of general territorial jurisdiction, jurisdiction by choice of the claimant. In addition, the article analyzes the scope of subjects when applying for consideration of these disputes. Keywords: corporation, corporate dispute, court, jurisdiction, jurisdiction, related jurisdiction, territorial jurisdiction. Korporativ nizolarning sudga taalluqligi va sudlovga tegishliligi nizolarni o`z vaqtida va tez hal qilinishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Nizolar sudda hal qilinishi yuzasidan taalluqlilik va tegishlilikni to`g`ri hal qilinishi uning tez va samarali yechim topilishi olib kelinishi mumkin. Misol uchun, arizachining korporatsiyada yuzaga kelgan mehnat nizosi uchun iqtisodiy sudga murojaat qilishi yohud turdosh tegishlilik yoki hududiy tegishlilik masalalariga e’tibor bermasdan murojaat qilinishi kelajakda murojatchining vaqti, mulki, puli, sarmoyasining yo`qotilishi olib kelishi mumkin. Shu sababli ham korporativ nizolarni hal qilish uchun sudga murojaat qilishda sudlovlilik va tegishlilik masalalarini murojaatchi yaxshi bilib olishi darkor. Korporativ nizolar bo`yicha ishlar O`zbekisston Respublikasi Iqtisodiy Protsessual kodeksining 25-moddasiga asosan, iqtisodiy sudlarning ish yurituviga taalluqli hisoblanadi. Kodeksning ushbu moddasida korporativ munosabatlarning iqtisodiy sudlarga taaalluqliligi belgilanib qo`yilgan bo`lsada, uning xususiyatlari va xarakteri inobatga olinmaganligi yaqqol ko`rinadi. Jumladan, normaning 25-moddasida ko`rsatilgan mehnatga oid munosabatlar fuqarolik sudlari tomondan ko`rib chiqilishi bir ma’noda nizolarning iqtisodiy sudlarga taalluqliligi emasligi nuqtai nazaridan ta’kidlab o`tilgan. Ammo unda nizoning kelib chiqishi, subyektlari sanab o`tilmagan. Misol uchun, korporatsiya xodimining tijorat sirini oshkor qilishi bilan https://scientific-jl.com 5 9 64-son_4-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali bog`liq yuzaga kelgan nizoda xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish nizosi yohud boshqa sshu kabi kichik sanaladigan nizolarning yurisdiksiyasi aniq ochib ko`rsatilmagan. Shuningdek, qonunchiligimizda korporativ munosabatlarning tartibga solishi yuzasidan kompleks jamlangan qonun hujjatlari mavjud emasligi ham nizolarning taalluqligi masalasi zaifligiga olib keladi. Korporativ nizolarning taalluqligi masalasiga qaytadigan bo`lsak, iqtisodiy protsessual kodeksning 26-moddasiga ko`ra, Xo`jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar a'zolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirislh bilan bog liq nizolar: yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, a'zolarining) yuridik shaxs tomonidan luzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo`llash haqidagi da'volari bo`yicha nizolar: qimmatli qog'ozlar emissiyasi bilan, shu jumladan emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qog`ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarish (qo'shimcha ravishda chigarish) natijalari bo`yicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bog`liq nizolar: qimmatli qog'ozlarni nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qog`ozlarga bo`lgan huquqlarni hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qog'ozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan qimmatli qog`ozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bog`liq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar, yuridik shaxs ishtirokchilarini umumiy yig`ilishini chaqirish to`g`risidagi nizolar, bundan tashqari yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlai ustidan shikoyat qilish to`g`risidagi ishlar iqtisodiy sudlarning ish yurituviga taalluqli hisoblanadi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, korporatsiyaga tegishli bo‘lgan aksiyalar, ulushlar yoki a’zolik paylariga oid er-xotin o‘rtasidagi umumiy mulkni ajratish, shuningdek, meros huquqi asosida mulkka egalik qilish bilan bog‘liq nizolar, bundan tashqari korporativ tuzilma doirasida vujudga keladigan mehnat munosabatlariga oid tortishuvlar iqtisodiy sudlarning yurisdiktsiyasiga kirmaydi. Bunday turdagi masalalar odatda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ular iqtisodiy sudlar ko‘rib chiqadigan korporativ nizolar doirasiga tegishli hisoblanmaydi.1 Muayyan ishni aniq hal qilish bo`yicha aniq iqtisodiy sudning vakolatini belgilash ishlarni ushbu sudga tegishliligini belgilash orqali amalga oshiriladi2. “Tegishlilik” tushunchasi ostida, ma’lum bir iqtisodiy sudning aniq toifadagi ishlarni ko‘rib c
Доказательный фрагмент
«The article studies the issues of the jurisdiction and jurisdiction of corporate disputes, the concept of jurisdiction and jurisdiction, types of jurisdiction and jurisdiction, and specific features of corporate dispu…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article studies the issues of the jurisdiction and jurisdiction of corporate disputes, the concept of jurisdiction and jurisdiction, types of jurisdiction and jurisdiction, and specific features of corporate dispu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- corporation, corporate dispute, court, jurisdiction, jurisdiction, turdosh tegishlilik, Kаlit sо`zlаr: korporatsiya, hududiy tegishlilik kabi so’zlar ishlatildi., sud, kоrpоrаtiv nizо, tegishlilik, taalluqlilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025