Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TASHQI MUHITNING ELEKTRON TAXEOMETRLAR ISHLASHIGA TA’SIRI
ISHLASHIGA TA’SIRI · Katta o‘qituvchi: Kenjayev Ulug‘bek Abdulakimovich · Talaba: Ikromov Sunnatbek Olimjon o‘g‘li.
Исследователь · 2026
Аннотация
В данной статье рассмотривается влияние внешней среды на работу электронных тахеометров. Было рассмотрено влияние внешней среды на электронные тахеометры, разработанные двумя компаниями, и было проверено, какая из компаний оказала наименьшее влияние на разработанный ими электронный тахеометр. Annotation: This article discusses the influence of the electronic total station on the operation of electronic tacheometers. The influence of the external environment on electronic tacheometers developed by two companies was considered, and the influence on electronic total station developed by which company was relatively low was checked. Kalit so‘zlar:Elektron taxeometr, nivelir, tashqi muhit ta’siri, planli tarmoq, yerning shakli, geodezik asboblar. Ключевые слова: Электронный тахеометр, нивелир, влияние внешней среды, плановая сеть, форма земли, геодезические приборы. Keywords: electronic total station, environmental impact, planned network, terrain shape, geodetic instruments. Kirish qismi. Yerning shakli relyefi haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, va olinadigan ma’lumotlar aniqligini oshirish geodezik asboblarning zamonoviy va mukammaligiga bog‘liq. Geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarida keng ishlatiladigan asboblarning aniq ishlashi ma’lumotlar aniqligiga to‘la ishonchli bo‘lishida yordam beradi. Geodezik asboblar hozirgi kungacha atrof mihitda tabiiy sharoitda ishlatilishida asboblarga tashqi muhit tasiri albatta bor va bu ta’sir haligacha bartaraf etilmadi. Tashqi muhit ta’siri deganda tabiiy sharoitda bo‘ladigan ob-havoning ya’ni issiq, sovuq https://scientific-jl.com 7 3 64-son_4-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali temperatura ta’sirini nazarda tutamiz. Oddiytgina bu fizik qonundan kelib chiqqan holda tushuntiradigan bo‘lsak jismlar issiq haroratda kengayishi va sovuq haroratda torayishi kabi geodezik asboblarda ham huddi shunday hodisa kuzatiladi. Bundan tashqari quyosh nurini ko‘proq ta’siri kuchli bo‘lib qarash trubasi ko‘rishda refraksiya yani nur sinishi va ko‘rish aniqligining pasayishiga olib keladi. Asosiy qism: Hozirgi vaqtda geodezik asboblar bozorida elektron taxeometrlar keng miqiyosda taqdim etilmoqda. Eng mashxur ishlab chiqaruvchi firmalar: Ular optiko-mexanika zavodi (FGUP PO UOMZ), Leica Geosystems AG, Sokkia, Topcon, Nikon Trimble (Trimble 2001 yil fevralda Carl Zeiss va Spectra Precissionfirmalarini birlashtirdi) – texnik va ekspluatatsion xarakteristikalari bilan bir-biridan farq qiluvchi turli tipdagi geodezik asboblarni taklif qilishmoqda. Vaqt o‘tgan sari elektron taxeometrlarning funksional imkoniyatlari o‘zgarishi va takomillashib borish tarixini ko‘rishimiz mumkin. Birinchi avlod taxeometrlarida (70-80 yillar) masofa o‘lchash, yo‘nalish va burchaklardan sanoq olish jarayoni avtomatlashtirildi. O‘lchash natijalari elektron tabloga chiqarildi, lekin ularni asbobning xotirasida saqlash mumkin emas edi. Taxeometrning 1-avlodiga TaZM (PO UOMZ) kiradi. TaZM o‘rnatilgan mikroprotsessor boshqarish, tekshirish vazifasini va oddiy hisoblash operatsiyalarini amalga oshiradi: qiya masofa gorizontal qo‘yilishi, nisbiy balandlik va koordinatalarni aniqlash. Keyingi avlod taxeometrlarida (80-yillar oxiri va 90 yillarning birinchi yarmi) o‘lchash natijalarini ma’lumotlarni jamlovchi qurilmaga yozish, keyinchalik bu ma’lumotlarni interfeys qurilma (adapter) yordamida kompyuterga uzatish, hamda klaviatura yordamida taxeometrga xarfli-raqamli ma’lumotlarni yozish imkoni tug‘ildi. Ularning tarkibida yangi yuqori tezlikli mikro EXMlarni va algoritmik usullarni qo‘llash o‘lchash jarayonida asbob xatoliklar ta’siri uchun tuzatmani avtomatik ravishda hisobga olish imkonini berdi. Ikkinchi avlod taxeometrlariga 2Ta5 va TS 1600(Leica AG)taxeometrlari va Elta (Carl Zeiss) seriyasidagi asboblar kiradi. Hozirgi kunda 3Ta5 taxeometrlari ishlab chiqarilmoqda, unda oldingilaridan farqli RSMSIA xotira kartasi mavjudligi va ma’lumotlarni IBM RS tipidagi kompyuterlarga bevosita uzatish imkoniyati borligidadir. U dala o‘lchashlarni qayta ishlash uchun dasturlar paketi bilan ta’minlangan, uni uchinchi avlod asboblari qatoriga qo‘shish mumkin. Uchinchi-avlod taxeometrlari doimiy xotiraga ega bo‘lib, (90-yillarning ikkinchi yarimidan hozirgi kungacha) qo‘shimcha interfeys qurilmasiz taxeometrdan ma’lumotlarni personal kompyuterga va aksincha uzatish imkoniyatiga ega. Asboblar dala jurnali funksiyasini bajaradi va dalada unumli ishlash imkonini bajaruvchi yordamchi dasturlarga ega. Masalan, -nuqtalarni joyga ko‘chirish dasturi; -borib bo‘lmas obyektning balandligini aniqlash; https://scientific-jl.com 7 4 64-son_4-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali -teskari kesishtirishni bajarish; -takrorlash usuli bilan burchak o‘lchash; -burchak va masofa bo‘yicha siljitish bilan o‘lchashlar va h.o. Bu avlod asboblariga quyidagilar kiradi: TS600 (Leica Geosystems AG).TS600E(geodezik asboblar Yekatirinburg), PowerSet (Sokkia),
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассмотривается влияние внешней среды на работу электронных тахеометров.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассмотривается влияние внешней среды на работу электронных тахеометров. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- electronic total station, environmental impact, planned network, geodezik asboblar., tashqi muhit ta’siri, nivelir, Kalit so‘zlar:Elektron taxeometr, planli tarmoq, yerning shakli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025