К содержанию
РецензированоUZ2026

“URUSH ODAMLARI” ASARIDA QO‘LLANILGAN FRAZEMALARDA TRANSFORMATSIYA HODISASI

TRANSFORMATSIYA HODISASI · Ilmiy rahbar: Islomova Shoira · XIU o‘qituvchisi.

Исследователь · 4 · 2026

Аннотация

ushbu maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning fikriy mazmunni ifodalashdagi o‘rni va ahamiyati “Urush odamlari” asari misolida tahlilga tortilgan. Tildagi barqaror birikmalar, xususan, iboralar muallif g‘oyasining ta’sirchan ifoda vositasi sifatida talqin qilinadi. Kalit so‘zlar: umumxalq tili, barqaror birikma, transformatsiya, stilistik, ibora, ko‘chim, fikr ta’sirchanligi. Badiiy asarlar tilini o‘rganish, lug‘aviy birliklarning badiiy nutqni shakllantirishdagi o‘rni va estetik vazifasini aniqlash, ijodkorning individual badiiy nutqini ilmiy jihatdan talqin etish adabiyotshunoslik bilan birga tilshunoslikning ham muhim vazifalaridan hisoblanadi. Badiiy asar tilini o‘rganish, tahlil qilish, ijodkorning tabiiy tildan foydalanish mahoratini ochib berish alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, til egalarining o‘ziga xos turmush tarzi, madaniy va estetik qarashlarining nozik ifodasi sanaladigan barqaror birliklarning badiiy matndagi o‘rni va ahamiyatini belgilash hamda baholash ham filologik, ham ta’limiy nuqtayi nazardan dolzarblik kasb etadi. Badiiy asarda transformatsiya hodisasi haqida to‘xtalishdan oldin, “transformatsiya nima?” degan savolga aniqlik kiritib olishimiz kerak. Tilshunoslikda transformatsiya deganda tilga xos bo‘lgan tub, markaziy qurilmani til qonun-qoidalari asosida o‘zgartirib, boshqa bir qurilma hosil qilish tushuniladi”1. “Transformatsiya” – til birliklarini, ayniqsa gaplarni, ma’lum qoidalar asosida o‘zgartirish va boshqa shaklga keltirish jarayonidir. Frazeologik transformatsiya esa bu barqaror iborani grammatik yoki leksik jihatdan o‘zgartirib, unga boshqa shakl berish, lekin asosiy ma’noni saqlab qolish jarayonidir. Iborani o‘zgarmas til birligi deb tushunish noto‘g‘riligini ta’kidlagan Sh.Rahmatullayev “iboraga birlashuvchi so‘zlarning tabiati qanchalik yo‘l qo‘ysa, iboraning tarkibida shunchalik o‘zgarishlar voqe bo‘la oladi 1 Usmonova D., Obidova S., Xomidjonova M. “Transformatsiya atamasi lingvistik tushuncha sifatida tarjimada transformatsiyadan foydalanish turlari” Internatsional Multidiscipllinary Researach in academic Science jurnali.2024 y aprel, Volume. https://scientific-jl.com 3 0 0 64-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali deya ta’kidlaydi”2. Bu o‘zgarishlar esa frazeologizmlar transformatsiyasi deb yuritiladi.3 Badiiy asarlarda frazeologik birliklar quyidagi maqsadlarda transformatsiya qilinadi: − obrazlilikni kuchaytirish; frazeologik birliklar voqelikni yanada jonli va obrazli ifodalashga yordam beradi. − uslubiy rang-baranglik yaratish; ijodkor o‘z uslubini shakllantirishda, namoyon qilishda frazeologik birliklarning turli shakllaridan foydalanadi. − emotsional ta’sirni oshirishda; frazeologik birliklar orqali kuchli hissiy ta’sir ko‘rsatish mumkin. N.Eshonqulning “Urush odamlari” asarida frazeologik birliklarga ijodiy yondashib, ularni turlicha transformatsiya qilish orqali so‘zlashuv nutqiga mansub iboralarning o‘ziga xos uslubiy-semantik jihatlarini, stilistik xususiyatlarini aniqlash mumkin. “Urush odamlari” asarida qo‘llanilgan frazemalarni transformatsiya turlari asosida tahlilga tortamiz. 1. Leksik transformatsiya – frazema tarkibidagi so‘zlar o‘zgartiriladi. Ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilmoq (63),ichi bo‘g‘zi yonib (75), suq va pisanda bilan tikilmoq (48), qovoq-tumshug‘i ochilmoq (18). 2. Sintaktik transformatsiya – so‘z tartibi yoki grammatik shakllar o‘zgaradi. Qo‘lim qotib ketgan (97), quloqlarini ding qilmoq (36). 3. Semantik transformatsiya – frazemaning ma’nosi ko‘pincha kinoya tarzda o‘zgartiriladi. Qulfsiz gap qilmoq (48), o‘pkar bo‘lmoq (28). 4. Emotsional-transformatsiya – frazemaning ohangi, uslubida hissiy ta’sir o‘zgaradi. Pishirb ye (98), qo‘shmazor bo‘l (100), quturganday qizarib(85), ko‘ksini tilimlab (109). Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, xalqning tabiiy tili hisoblangan frazeologizmlarning uslubiy imkoniyatlari keng bo‘lib, ular mohir san’atkor qo‘lida har gal yangi emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lib, o‘z ta’sir kuchini yanada orttiradi. Har bir frazeologik iboradan stilistik maqsadlarda foydalanish uchun mualliflar ularning ma’nolarini yangilashga, stilistik imkoniyatlarni kengaytirishga intiladilar. Shu bilan birga tilimizdagi iboralardan unumli foydalanibgina qolmasdan, shular asosida yangi iboralar yaratadilar. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Eshonqul N. “Urush odamlari”. Toshkent. Sharq. 2008. − 112 б. 2. Раҳматуллаев Ш. Нутқимиз кўрки.Тошкент. 1970. − 78 б. 2 Ш.Раҳматуллаев. Нутқимиз кўрки.Тошкент1970, 39-бет. 3 Б.Йўлдошев. Ўзбек тилида фразеологизмларнинг услубий ва прагматик имкониятлари.Самарқанд, 2002,25- бет. https://scientific-jl.com 3 0 1 64-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 3. Usmonova D., Obidova S., Xomidjonova M. “Transformatsiya atamasi lingvistik tushuncha sifatida tarjimada transformatsiyadan foydalanish turlari” Internatsional Multidiscipllinary Researach in academic Science jurnali. 2024 y. aprel, Volume. 4. Йўлдо

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning fikriy mazmunni ifodalashdagi o‘rni va ahamiyati “Urush odamlari” asari misolida tahlilga tortilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning fikriy mazmunni ifodalashdagi o‘rni va ahamiyati “Urush odamlari” asari misolida tahlilga tortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transformatsiya, stilistik, fikr ta’sirchanligi., ibora, ko‘chim, barqaror birikma, Kalit so‘zlar: umumxalq tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники