К содержанию
РецензированоUZ2026

QONUNCHILIKDAGI MEROS HUQUQINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

Saypiyev Xusniddin Kamoloddinovich.

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada meros huquqining nazariy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidagi normalari hamda amaliyotdagi dolzarb masalalari yoritilgan. Meros huquqining qonuniy va vasiyat asosida amalga oshirilish tartibi, majburiy ulush, meros qoldiruvchining qarz majburiyatlari, merosni rasmiylashtirishdagi tartib va muammolar tahlil qilinadi. Xorijiy tajriba bilan solishtirilib, milliy qonunchilik takomillashtirish yo‘nalishlari haqida xulosa va takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: meros huquqi, qonuniy meros, vasiyatnoma, majburiy ulush, fuqarolik kodeksi, huquqiy tartibot. Bugungi kunda jamiyatmizda fuqarolarga ko’plab imkoniyatlar yaratilayotganligi hamda ularning huquqlari ham keng ma’noda tushuntirib borilayotganligi bois fuqarolarning bir birlariga nisbatan o’zaro mol-mulklarni meros qilib qoldirishlari bilan bog’liq masalalar ham yanada kengaymoqdaligini bevosita guvohi bo’lmoqdamiz. Ushbu maqolaga kirishidan avval meros huquqiga tushuncha berib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Meros huquqi bu vafot etgan shaxsdan qoladigan mol-mulk uning vorislariga yoki boshqa shaxslarga, nisbatan ayrim hollarda mahalliy organlar va davlatga egalik qilish uchun o’tishi hisoblanadi. Merosga oid normalar vafot etgan kishidan qoladigan mol-mulkka egalik huquqi kimlarda vujudga kelishi va kimlar birinchi navbatda vorislik qilishlarini tartibga soladi. Meros odatda ikki xil shaklda, vasiyatnoma bo’yicha va qonun bo’yicha vorislarga o’tadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida “Meros” tushunchasi keng yoritilgan. Meros – bu shaxs vafotidan keyin qolgan mulkiy huquq va majburiyatlar majmuidir. Fuqarolik kodeksining 1112-moddasiga ko‘ra, meros ikki yo‘l bilan o‘tadi: qonun asosida va vasiyatnoma asosida. Har ikkala asosda ham meros oluvchi shaxslar, muddatlar, rasmiylashtirish tartiblari qonunchilikda belgilangan.1 Huquqshunos olimlar B.S.Antimonov va K.A.Grav meros huquqiy munosabatlarini ikki xil deb hisoblaydilar: birinchi hodisa (merosning ochilishi), ikkinchisi – merosxo’rlarning xohishiga ko’ra, merosni qabul qilish bilan vujudga keladi. 2Ammo I.L. Korneeva esa meros huquqiy munosabatlarini merosni ochish va 1 O’zbekiston Respublikasibubf fuqarolik kodeksi 1112-moddasi 2 Антимонов Б. С., Граве К. А. Советское наследственное право. М., 1995. С. 4650. https://scientific-jl.com 2 5 8 64-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qabul qilish hamda meros olish bilan bog’liq boshqa harakatlarga oid meros huquqi normalari bilan tartibga solinadigan fuqarolik-mulk huquqiy munosabatlarning bir turi degan fikirda ish yuritadi3 Shuni aytib o’tish lozimki, meros huquqiy munosabatlarga beriladigan ta’riflar meros munosabatlarining yuzaga kelishini meros qoldiruvchining vafoti kabi yuridik fakt bilan bog’laydi. Ammo bir narsani unutmaslik lozimki, meros qoldiruvchining vafotidan ancha oldin vujudga keladigan va merosni merosxo’rlarga o’tkazadigan vasiyatnoma ham bor va yuqoridagi ta’riflar unchalik ham to’g’ri emas. Ya’ni meros munosabatlari meros qoldiruvchining o’limidan oldin ham vujudga kelishi mumkin. Misol uchun, ko’pgina davlatlar qonunchiligida vasiyatnoma yozma shaklda tuzilishi va guvoh yoki guvohlar ishtirokida guvohlantirilishi lozimligi belgilab qo’yilgan. Yoki bo’lmasam, O’zbekiston Fuqarolik kodeksida vasiyatnomalar notarius ishtirokida notarial tasdiqlanadi yoxud alohida hollarda notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar qo’llaniladi. Yopiq vasiyatnomalar ham notarius ishtirokida o’tkaziladi. Ushbu nuqtayi nazardan olib qaraganda vasiyatnomani tuzish ham yuridik fakt bo’lib, meros ochilgandan keyin uning mazmuniga ta’sir o’tkazadi. Shuningdek, meros huquqiy munosabatlari mutlaq xarakterga ham ega bo’lishi mumkin. Agarda vasiyatnoma mavjud bo’lmasa, meros qonun bo’yicha merosxo’rlarga o’tadi. Qonun bo’yicha merosxo’rlik masalasi ham har bir davlatda turlicha belgilangan. O’zbekiston qonunchiligiga binoan, agar meros qoldiruvchi o’limidan oldin o’z mol-mulkini vasiyat qilib qoldirmagan bo’lsa, undan qolgan meros mulklari qonun bo’yicha merosxo’rlariga o’tadi. Meros huquqi bo’yicha oz bo’lsada ma’lumot berib o’tdik endi esa o’zi merosxo’rlar deganda kimlar nazarda tutilishi haqida ham to’xtalib o’tsak ya’ni Fuqarolik kodeksining 1118-moddasiga asosan, meros ochilgan vaqtda hayot bo‘lgan fuqarolar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotlik davrida homiladorlik paytida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan bolalari vasiyat va qonun bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin. Meros ochilgan paytda tuzilib bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham vasiyat bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin. Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli bo‘lgan shaxslar bir yigirma to‘rt soat ichida vafot etgan bo‘lsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxo‘rlari vorislikka chaqiriladilar. Yu

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada meros huquqining nazariy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidagi normalari hamda amaliyotdagi dolzarb masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada meros huquqining nazariy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidagi normalari hamda amaliyotdagi dolzarb masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
majburiy ulush, huquqiy tartibot., fuqarolik kodeksi, qonuniy meros, Kalit so‘zlar: meros huquqi, vasiyatnoma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники