Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIGA SHARH
Abdurahmonov Sarvinoz Nodirjon qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast namoyandasi Alisher Navoiy ijodining g‘azal janridagi badiiy, falsafiy va tasavvufiy xususiyatlari tahlil etiladi. Asosan shoirning g‘azallarida ifodalangan majoziy va ilohiy ishq, ko‘ngil va ruhiy kamolot, sabr-toqat, axloqiy yetuklik kabi tushunchalar zamiridagi ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar ochib beriladi. Shuningdek, Navoiy g‘azallarida uchraydigan badiiy obrazlar, ramziy ifodalar va san’at vositalari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada buyuk mutafakkirning she’riyati o‘quvchi qalbida insonparvarlik, poklik, sabr, muhabbat va komillik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Navoiy ijodining ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati, bugungi kunda ham yosh avlod uchun bebaho ma’naviy manba ekani asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, g‘azal, tasavvuf, ilohiy ishq, ramziy ifoda, badiiy san’atlar, ma’naviyat, axloqiy yetuklik, ko‘ngil, sabr, mumtoz adabiyot. ANNOTATION: This article explores the poetic, philosophical, and Sufi characteristics of Alisher Navoi’s ghazals — a prominent figure in classical Uzbek literature. The study focuses on the spiritual and moral ideas underlying key themes such as divine and metaphorical love, inner spiritual growth, patience, and ethical perfection expressed in his poetry. The paper analyzes the symbolic meanings, imagery, and artistic devices used in Navoi’s ghazals, which reflect deep mystical and intellectual layers. It also highlights how Navoi’s works continue to inspire values such as humanism, purity, devotion, and wisdom in readers today. The article emphasizes the pedagogical and educational significance of Navoi’s poetic heritage and its role as an invaluable moral guide for younger generations. Key words Alisher Navoi, ghazal, Sufism, divine love, symbolism, poetic devices, spirituality, moral values, inner world, patience, classical literature. KIRISH: O‘zbek mumtoz adabiyotining eng yuksak cho‘qqilaridan biri bu — Alisher Navoiy ijodidir. U XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asr boshlarida yashab ijod qilgan, o‘zbek adabiy tilining, ayniqsa, she’riyatining shakllanishi va taraqqiy etishida beqiyos xizmat ko‘rsatgan buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoirdir. Alisher Navoiy nafaqat adabiyot, balki tilshunoslik, tarix, falsafa, tasavvuf, axloqshunoslik kabi ko‘plab sohalarda chuqur bilimga ega bo‘lgan va bu boradagi qarashlarini o‘z asarlarida mujassamlashtirgan. https://scientific-jl.com 1 5 64-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Shoir o‘zining ko‘p qirrali ijodi orqali Chig‘atoy (eski o‘zbek) tilining badiiy imkoniyatlarini namoyon etgan, bu tilni o‘sha davrdagi forsiy adabiyot bilan tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Aynan shu sababli u “turkiy til”ni madh etib, forsiy tilda ijod qilgan adiblarni ham hayratda qoldirgan. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari o‘zbek tilining qudratini isbotlashga qaratilgan bo‘lsa, g‘azallari esa bu til orqali qanday yuksak badiiy mahoratni ifodalash mumkinligini amalda ko‘rsatadi. Alisher Navoiy o‘zining g‘azallarida asosan tasavvufiy ishq, ilohiy muhabbat, komillik sari intilish, ma’naviy poklik, sabr-toqat va tavozu kabi mavzularga urg‘u bergan. Uning ijodida g‘azal janri alohida o‘rin tutadi. https://scientific-jl.com 1 6 64-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali G‘azallarida zamonaviy o‘quvchi uchun ham muhim bo‘lgan axloqiy, falsafiy va ruhiy tarbiya masalalari o‘z ifodasini topgan. Har bir g‘azal bayti chuqur ramziy ma’noga ega bo‘lib, ularni tahlil qilish shoir tafakkuri va zamonasining madaniy kontekstini anglashga yordam beradi. Navoiy g‘azallarida “yor”, “ko‘ngil”, “ishq”, “jafokashlik”, “fano”, “sabr”, “g‘am” kabi tushunchalar orqali ko‘pincha ilohiy haqiqatlarga yo‘l ochiladi. Bu ramzlar tasavvufiy qarashlarning badiiy ifodasi bo‘lib, shoirning ichki ruhiy olamini, Allohga bo‘lgan muhabbatini va oxiratga tayyorgarlikni ifodalaydi. Shuningdek, Alisher Navoiy she’riyatida Sharq mumtoz adabiyoti an’analari, xususan, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Hofiz, Sa’diy kabi fors-tojik adabiyotining ulug‘ vakillarining ta’siri ko‘zga tashlanadi. Biroq u o‘z uslubi, badiiy obrazlari va ramzlari bilan bu an’analarni yangi pog‘onaga ko‘targan. Ushbu maqolada Alisher Navoiy g‘azallariga sharh berish orqali shoirning badiiy mahoratini, tasavvufiy-falsafiy dunyoqarashini, hamda o‘zbek adabiyoti va madaniyatidagi o‘rnini ochib berish maqsad qilinadi. Bu orqali o‘quvchilar mumtoz adabiyotimizning chuqurliklarini anglab, undagi ma’naviy saboqlardan bahramand bo‘lishlari mumkin. https://scientific-jl.com 1 7 64-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali TADQIQOT METODOLOGIYASI. Alisher Navoiy ijodining asosiy qismini lirik she’riyat, ayniqsa g‘azal janri tashkil etadi. Shoir bu janr orqali o‘zining fikriy- falsafiy qarashlarini, ruhiy iztiroblarini, ilohiy muhabbatga intilish kabi tasavvufiy tamoyillarni mohirona ifoda e
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast namoyandasi Alisher Navoiy ijodining g‘azal janridagi badiiy, falsafiy va tasavvufiy xususiyatlari tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast namoyandasi Alisher Navoiy ijodining g‘azal janridagi badiiy, falsafiy va tasavvufiy xususiyatlari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alisher Navoi, ghazal, Sufism, divine love, symbolism, poetic, g‘azal, tasavvuf, ramziy ifoda, ma’naviyat, axloqiy yetuklik, ko‘ngil, ilohiy ishq, badiiy san’atlar, Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, mumtoz adabiyot., sabr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025