К содержанию
РецензированоUZ2026

BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NATIJALARNI TAHLIL QILISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

ETISH YO‘LLARI · K---GURUH TALABASI (ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTI)

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni tahlil qilishda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Amaliyotda tahlil jarayonlarining soddalashtirilganligi, zamonaviy yondashuvlarning yetarlicha qo‘llanilmasligi, axborot texnologiyalarining cheklanganligi va xodimlar malakasining pastligi kabi omillar tahlil sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida moliyaviy tahlil sifatini oshirishga doir takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: Bozor iqtisodiyoti moliyaviy natijalar, byudjet tashkiloti, tahlil, samaradorlik, davlat moliyasi, raqamlashtirish, xalqaro tajriba, GFMIS, dBrain, audit. Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va ularning faoliyat samaradorligini oshirishda moliyaviy natijalarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy tahlil, bir tomondan, tashkilotning mavjud moliyaviy holatini baholashga, ikkinchi tomondan esa kelajakdagi moliyaviy rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy natijalar - bu xo‘jalik subyektlarida ma’lum bir hisobot davrida xo‘jalik jarayoni natijasida o‘ziga qarashli mablag‘larni oshishi yoki kamayishidir. Moliyaviy natijalar tashkilot faoliyatining iqtisodiy samaradorligini ifodalaydi va ular ijobiy (foyda) yoki salbiy (zarar) bo‘lishi mumkin. Byudjet tashkilotlari kontekstida esa bu tushuncha biroz o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natija deganda, odatda tashkilotning barcha tushumlari (shu jumladan, byudjet mablag‘lari hisobidan g‘aznachilik orqali amalga oshirilgan kassa xarajatlari) va hisoblangan real xarajatlari o‘rtasidagi farq tushuniladi. Ushbu farq natijasida hosil bo‘lgan ko‘rsatkich tashkilotning aktivlaridagi sof o‘zgarishni aks ettiradi1. Boshqacha aytganda, byudjet tashkilotining moliyaviy natijasi – bu tashkilot balansidagi barcha aktivlar (jumladan, nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlik qarzlari)dan 1 M.Y. Raximov, N.N. Kalandarova "Moliyaviy hisobotlar va ularning tahlili" darslik 2019-yil https://scientific-jl.com 4 8 64-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali uning majburiyatlari (asosiy ravishda kreditorlik qarzlari) ayirilgandagi qiymat bo‘lib, bu ko‘rsatkich tashkilotning sof moliyaviy holatini tavsiflaydi. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni tahlil qilish jarayonida ba’zi muammolar mavjud. Ular orasida moliyaviy axborotlarning yetarlicha aniq va tizimli yuritilmasligi, tahlil usullarining eskirganligi, kadrlar malakasining yetarli emasligi kabi omillar ajralib turadi. Bu esa moliyaviy natijalarga asoslangan to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni qiyinlashtiradi. Hozirgi kunda respublika byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisob va hisobotlarni yuritishda “Uzasbo” (UzASBO – O‘zbekiston avtomatlashtirilgan byudjet tizimi) dasturiy platformasidan keng foydalanilmoqda. Mazkur tizim orqali asosiy buxgalteriya hujjatlari, xarajat smetalari, to‘lov topshiriqlari va operatsion hisobotlar yuritiladi. Shu bilan birga, amaliyotda kuzatilayotgan holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, “Uzasbo” tizimi asosan buxgalteriya hisobining yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, moliyaviy natijalarni chuqur tahlil qilish, ularni vizual ko‘rinishda aks ettirish, samaradorlikni tizimli baholash kabi funktsiyalarni to‘laqonli bajara olmaydi. Natijada, bu tizimdan foydalanish moliyaviy boshqaruv qarorlarini asoslash uchun yetarli tahliliy asos yaratmaydi. Bundan tashqari, “Uzasbo” tizimi orqali shakllantirilgan ma’lumotlar tashkilot ichidagi turli bo‘limlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmaydi, ya’ni bu tizim umumlashtirilgan va integratsiyalashgan axborot platformasi emas. Rejalashtirish, buxgalteriya, audit va moliyaviy tahlil bo‘limlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi asosan qo‘lda yoki alohida elektron fayllar orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa nafaqat vaqt va resurslarning ortiqcha sarf bo‘lishiga olib keladi, balki ma’lumotlar tafovutiga sabab bo‘lib, umumiy moliyaviy ko‘rinishni shakllantirishda noaniqliklar paydo qiladi. Ko‘plab tashkilotlarda moliyaviy tahlil faqat asosiy xarajatlar, smeta ijrosi va o‘zlashtirilgan mablag‘lar hajmini aniqlash bilan cheklanmoqda. Daromad va xarajatlar dinamikasi, ularning tarkibiy tuzilishi, xarajatlarning maqsadga muvofiqligi, xarajatlar samaradorligi, moliyaviy oqimlarning barqarorligi kabi chuqur tahlil talab qiladigan ko‘rsatkichlar amaliyotda yetarli darajada qo‘llanilmayapti. Bu esa, o‘z navbatida, tashkilotlarning moliyaviy holatini chuqur baholash imkonini bermaydi. Moliyaviy hisobotlarni yuritish va ularni tahlil qilish ko‘plab tashkilotlarda faqat hisob-kitoblarni to‘g‘ri olib borish, smetani to‘g‘ri to‘ldirish yoki yil yakuni bo‘yicha mablag‘larni sarflanishini hujjatlashtirish bilan cheklanadi. Ko‘plab hollarda, bu vazifalarni bajarayotgan mutaxassislar mo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni tahlil qilishda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni tahlil qilishda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamlashtirish, byudjet tashkiloti, davlat moliyasi, xalqaro tajriba, samaradorlik, Kalit so‘zlar: Bozor iqtisodiyoti moliyaviy natijalar, audit., dBrain, tahlil, GFMIS
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники