Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEXNOLOGIYA FANIDA 5-SINF O’QUVCHILARI UCHUN CHOK TURLARINI O’RGATISH
TURLARINI O’RGATISH · Yuldasheva Muxtasarxon Ikromjon qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqola 5-sinf texnologiya fanida “Chok turlari” mavzusini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada choklarning turli turlari, ularning qo‘llanilishi va o‘quvchilarga kashtachilik san'ati orqali amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda interfaol metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi roli ko‘rsatilgan. Maqolada taqdim etilgan metodlar va vositalar orqali o‘quvchilarga kashtachilik san'ati haqida chuqur bilimlar berish, ularning estetik didini shakllantirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi ta'kidlangan. Tadqiqot natijalari texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashning samaradorligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar Kashta choklari, popop chok, qaytma chok, yo‘rma chok, zig-zag chok, kompozitsiya, mulina ipi, gazlama, chambarak, naqsh elementlari, kashtachilik san'ati, xalq hunarmandchiligi, texnologiya fani, amaliy ko‘nikmalar, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), PowerPoint, Kirish. Texnologiya fani maktab o‘quvchilarining hayotga amaliy tayyorgarligini oshirish, ularni turli kasblar bilan tanishtirish va hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi. Kashta choklari o‘zbek xalqining qadimiy hunarmandchilik san'atlaridan biridir. Ushbu san'atni o‘rganish orqali o‘quvchilar milliy madaniyatimizni anglashadi va uni kelajak avlodlarga yetkazishning ahamiyatini tushunishadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta'kidlashicha, “San'at chegara bilmaydi, uning buyuk vazifasi odamlarni birlashtirish” Ayniqsa, 5-sinf o‘quvchilariga chok turlarini o‘rgatish ularning qo‘l mehnatiga mehr uyg‘otib, kasb-hunar tanlashga bo‘lgan qiziqishini shakllantiradi. Chok turlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish nafaqat maket yoki namuna tayyorlashda, balki kundalik hayotda ham foydali bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil ishlash malakalarini rivojlantiradi. Shu bois, bu jarayonda zamonaviy metodlar va AKTdan samarali foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Kashta choklarini o‘rganish o‘quvchilarning estetik didini shakllantirishga yordam beradi. Naqshlar va ranglarning uyg‘unligi, kompozitsiyaning to‘g‘ri tashkil etilishi orqali go‘zallikni anglash va qadrlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Kashta https://scientific-jl.com 8 4 64-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali choklari yordamida o‘quvchilar qo‘l mehnati orqali amaliy ko‘nikmalarni egallashadi. Bu esa ularning mustaqil ishlash, diqqatni jamlash, sabr-toqat va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Kashta choklari orqali o‘quvchilar xalq hunarmandchiligi bilan tanishadilar. Bu esa ularning milliy qadriyatlarni hurmat qilish, o‘z madaniyatiga bo‘lgan muhabbatini oshirishga xizmat qiladi. Kashta choklarini o‘rganish o‘quvchilarda kashtachilik kasbiga qiziqish uyg‘otadi. Bu esa kelajakda ularni hunarmandchilik soh asida faoliyat yuritishga tayyorlaydi. Kashta choklari texnologiya fanining bir qismi sifatida o‘rganiladi. Bu esa fanning amaliy va nazariy jihatlarini uyg‘unlashtirishga, o‘quvchilarning texnologik tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Asosiy qism . Chok deb ikki yoki undan ortiq mato bo‘laklarini tikishga yoki ularning chetlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan tikuv mashinasi yoki qo‘l yordamida bajariladigan ish turiga aytiladi. 5-sinf texnologiya darslarida odatda quyidagi asosiy chok turlari o‘rgatiladi: Oddiy qo‘l choklari: ipni matoga qo‘l bilan tikib, mato bo‘laklarini birlashtirish usuli. Mashina choklari: tikuv mashinasi yordamida bajariladigan choklar, ko‘proq mustahkamlik talab qilinadigan joylarda qo‘llaniladi. Bezak choklari: matoni bezash, tikilgan buyumga estetik ko‘rinish berish uchun ishlatiladi. Sirpama yoki yashirin choklar: ko‘zga tashlanmaydigan tarzda tikish uchun mo‘ljallangan.Kashta choklari turli uslublarda va naqshlarda bajariladi. O‘zbek kashta choklarining asosiy turlariga quyidagilar kiradi: Yo‘rma chok: Matoning ikki tomonida ham ko‘rinadigan, simmetrik naqsh hosil qiluvchi chok turi. Bosma chok: Matoning faqat bir tomonida ko‘rinadigan, oddiy va tez bajariladigan chok turi. Chamak chok: Qo‘shimcha naqshlarni ramkaga olishda yoki do‘ppi kizaklariga badiiy bezak berishda ishlatiladi. Bahya chok: Kashta chetlarini mustahkamlashga xizmat qiladi, matoga xuddi buklagandek, lekin bir tekis chok hamda masofa xisobga olinib tikiladi. Kandaxayol: Shahrisabzda keng tarqalgan, geometrik shakllardan iborat naqsh turi. Iroqi: Shahrisabzda ishlatiladigan, o‘ziga xos naqsh turi. Kashta choklari nafaqat kiyimlarni bezashda, balki turli maishiy buyumlarni ham bezashda qo‘llaniladi. Ular quyidagi sohalarda keng tarqalgan: Kiyimlar: Ko‘ylaklar, do‘ppilar, belbog‘lar, kamzullar va boshqalar. Maishiy buyumlar: So‘zana, choyshab, jozibador, choyxalta, oynaxalta va boshqalar. https://scientific-jl.com 8 5 64-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola 5-sinf texnologiya fanida “Chok turlari” mavzusini o‘rganishga qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola 5-sinf texnologiya fanida “Chok turlari” mavzusini o‘rganishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zig-zag chok, popop chok, qaytma chok, xalq hunarmandchiligi, yo‘rma chok, gazlama, mulina ipi, chambarak, naqsh elementlari, kashtachilik san'ati, amaliy ko‘nikmalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), PowerPoint, texnologiya fani, kompozitsiya, interfaol metodlar, Kalit so‘zlar Kashta choklari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024