Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IQTIDORLI YOSHLAR - XALQ IFTIXORI
Tursunova Dilsoʻz Abrorovna
Исследователь · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada iqtidorli yoshlarning jamiyat rivojidagi o‘rni, ularni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va har tomonlama rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi. Iqtidorli yoshlar – har bir millatning bebaho boyligi, kelajak taraqqiyotining tayanchi sifatida baholanadi. Shu nuqtai nazardan, ularga e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Maqolada iqtidorli yoshlarning yutuqlari, ularning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatlari, shuningdek, ularni rag‘batlantirishning samarali mexanizmlari haqida ham fikr yuritiladi. Tahlillar orqali yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va vatanparvarlik tuyg‘ularining yuksalishiga xizmat qiluvchi omillar yoritiladi. Kalit so‘zlar: Iqtidorli yoshlar, innovatsiya, milliy taraqqiyot, ta’lim, yutuq, rag‘bat, yoshlar siyosati, xalq iftixori, imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson, ayniqsa, yosh avlod turibdi. Zero, bugungi globallashuv davrida mamlakat taraqqiyoti, uning xalqaro maydondagi nufuzi, ilm-fan, texnologiya va madaniyat sohasidagi yutuqlari bevosita yoshlarning bilimiga, salohiyatiga va tashabbuskorligiga bog‘liq. Shu sababli, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. "Iqtidorli yoshlar – xalq iftixori" degan tamoyil, bugun yurtimizda amalda o‘z ifodasini topmoqda. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni fan, san’at, sport, texnika va boshqa sohalarga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, maxsus dasturlar va tanlovlar orqali yoshlarning iste’dodi yuksak darajada e’tirof etilmoqda. Ayni paytda, har bir ota-ona, ustoz, jamiyat a’zosi iqtidorli yoshlarni kamolga yetkazishda mas’ul ekanini anglash zarur. Chunki bugungi yosh – ertangi ixtirochi, olim, siyosatchi, arbob va xalq iftixoridir. Ularga e’tibor – kelajakka investitsiya bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada iqtidorli yoshlarning jamiyatdagi tutgan o‘rni, ularni tarbiyalashda tutgan muhim jihatlar, davlat siyosatida tutgan o‘rni hamda istiqbolli rejalar atroflicha yoritiladi. Bugungi kunda iqtidorli yoshlar har qanday jamiyatning intellektual, ilmiy, madaniy va texnologik taraqqiyotining bosh omili sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham bu borada mustahkam siyosiy asosga ega bo‘lib, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga sharoit yaratish, ta’lim berish va qo‘llab-quvvatlash borasida izchil va tizimli islohotlarni amalga oshirmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Bugungi yoshlar – ertangi taraqqiyotimiz kafolati” degan tamoyil asosida yoshlar masalasi https://scientific-jl.com 3 4 2 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Ayniqsa, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish, ularning ilm-fan, innovatsiya, texnologiya, san’at va sport sohalaridagi salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilmoqda. Yurtimizda yoshlar bilan ishlashning mukammal huquqiy asoslari shakllantirilgan. “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi, “Ilm-fan – taraqqiyot omili” konsepsiyasi va boshqa davlat dasturlari orqali yoshlar, ayniqsa iqtidorli avlod vakillarining salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish uchun zamonaviy sharoitlar barpo etilmoqda. Bu borada Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari”, oliy ta’lim dargohlarida tashkil etilgan ilmiy jamiyatlar, tadqiqot laboratoriyalari iqtidorli yoshlarning qobiliyatlarini erta aniqlash va rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, yoshlarning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan fan olimpiadalari, ijodiy tanlovlar, grantlar va stipendiyalar tizimi ham samarali yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, fizika, matematika, informatika, biologiya kabi fanlar bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston yoshlarining g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgani ularning bilim va salohiyati yuqoriligini tasdiqlaydi. Bunday natijalar zamirida esa ta’lim sifati, o‘qituvchilarning malakasi, o‘quv dasturlarining zamonaviyligi va albatta, yoshlarning tinimsiz mehnati mujassam. Bugungi iqtidorli yoshlar nafaqat bilimga, balki innovatsion fikrlashga, zamonaviy texnologiyalarga, global muammolarni hal qilishga, tadqiqot olib borishga intilmoqda. Bu esa ularni kelajakda mamlakat taraqqiyotining yetakchi kuchiga aylantiradi. Yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda OAV, ijtimoiy tarmoqlar, mentorlik dasturlari va ota-onalarning ham roli beqiyosdir. Jumladan, ilmiy rahbarlar, ustoz- shogird an’anasi, tarmoq bo‘yicha ustuvor sohalarga ixtisoslashuv orqali iqtidorli yoshlarga ko‘mak berilmoqda. Shuningdek, Prezident tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Yil talabasi”, “Zulfiya mukofoti”, “Nihol” va “Ilhom” kabi nuf
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada iqtidorli yoshlarning jamiyat rivojidagi o‘rni, ularni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va har tomonlama rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada iqtidorli yoshlarning jamiyat rivojidagi o‘rni, ularni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va har tomonlama rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- milliy taraqqiyot, imkoniyatlar, innovatsiya, yutuq, ta’lim, rag‘bat, yoshlar siyosati, Kalit so‘zlar: Iqtidorli yoshlar, qo‘llab-quvvatlash., xalq iftixori
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025