Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IXTISOSLASHTIRILGAN SAN’AT MAKTABLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA INTERFAOL USULLARDA GARMONIYA FANINI O‘QITISHNING DIDAKTIK ASOSLARI
Xo‘jayorova Lola
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ixtisoslashtirilgan san’at maktablarida garmoniya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida o‘qitish masalalari yoritilgan. Garmoniya fanining nazariy asoslarini o‘quvchilarga samarali yetkazish, ularning musiqiy tafakkurini rivojlantirish hamda ijodiy salohiyatini kengaytirishda raqamli texnologiyalar va interfaol metodlarning o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada didaktik vositalar, vizual platformalar, mobil ilovalar, multimediya va musiqiy dasturlarning ta'lim sifatiga ta’siri amaliy misollar asosida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: garmoniya, san’at maktabi, zamonaviy texnologiyalar, interfaol metodlar, musiqa ta’limi, raqamli platformalar, kreativlik, kompozitsiya, musiqiy tafakkur. Bugungi kunda ta’lim sohasida yuz berayotgan yangilanishlar san’at va musiqa ta’limiga ham faol kirib kelmoqda. Ayniqsa, garmoniya kabi murakkab nazariy fanlarni zamonaviy vositalar asosida o‘rgatish ehtiyoji ortib bormoqda. Garmoniya – musiqa nazariyasining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchining kompozitorlik qobiliyatini shakllantirishda, eshitish tahlilini rivojlantirishda va ijodiy fikrlashini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan, ixtisoslashtirilgan san’at maktablarida mazkur fan o‘qitilishining sifatini oshirish uchun yangi uslublar, texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar zarur bo‘lib qolmoqda. Didaktika — bu ta’lim jarayonini ilmiy asosda samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan muhim pedagogik sohadir. Uning bosh maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ta’limiy muloqotni takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning mustahkam bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlashdir. Bu soha pedagogik jarayonni chuqur o‘rganadi va unga metodik, psixologik hamda amaliy yondashuvlar asosida yondashadi. Ta’limning didaktik tamoyillari — bu o‘qitish jarayonining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi prinsiplar bo‘lib, ular o‘quv faoliyatining har bir bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning to‘g‘ri tanlanishi va amaliyotda samarali qo‘llanilishi o‘quvchilarning bilim darajasi, mustaqil fikrlash qobiliyati, amaliy ko‘nikmalari va ijodiy faoliyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu bois har qanday ta’lim jarayonida https://scientific-jl.com 3 6 1 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali didaktik tamoyillarni aniqlashtirish va ular asosida pedagogik ishlarni olib borish zaruriy sanaladi. Mazkur tamoyillar — bu o‘qitishning maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va yakuniy natijalari o‘rtasidagi uzviy aloqani ta’minlab turadigan asosiy omillardir. Ular ta’lim tizimining mazmunan boy va metodik jihatdan puxta bo‘lishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, bugungi globallashuv sharoitida, ta’limga qo‘yilayotgan talablar ortib borayotgan bir vaqtda, didaktik tamoyillarni ishlab chiqishda zamonaviy o‘quv metodlari, interfaol texnologiyalar, raqamli vositalar va innovatsion yondashuvlarni inobatga olish zaruratga aylangan. Bundan tashqari, o‘quvchilarning psixologik holati, ularning yoshga xos xususiyatlari, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoji va individual farqlari ham zamonaviy o‘qituvchidan chuqur didaktik bilim va pedagogik yondashuvni talab etadi. Har bir o‘qituvchi ta’lim jarayonini tashkil etishda ana shu jihatlarni e’tiborga olib, didaktik tamoyillarni moslashtirib borishi lozim. XXI asrda ta’lim sohasi keskin va dinamik o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Yangi pedagogik paradigmalarning shakllanishi, texnologiyalarning rivojlanishi, axborotga bo‘lgan ochiqlik, masofaviy va aralash ta’lim shakllarining keng qo‘llanilishi — bularning barchasi didaktik yondashuvlarga yangicha qarashni taqozo qilmoqda. Endilikda faqatgina an’anaviy o‘quv usullariga tayangan holda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish qiyin. Aksincha, o‘qituvchi interfaol metodlar, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, elektron resurslar, raqamli platformalardan foydalanib, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, mustaqil o‘rganish va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga harakat qilishi kerak. Shu ma’noda, o‘qituvchining pedagogik kompetensiyasi — bu uning ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishidagi asosiy mezondir. Yuqori malakali pedagog nafaqat bilim beruvchi, balki yo‘lboshchi, murabbiy va motivator sifatida ham o‘quvchilar uchun muhim rol o‘ynaydi. Uning didaktik tamoyillarga asoslangan yondashuvi, ta’lim jarayoniga bo‘lgan innovatsion qarashlari va ijodiy fikrlashi o‘quvchilarning bilim olishdagi muvaffaqiyatini belgilaydi. Ya’ni, zamonaviy ta’limda didaktik tamoyillarni to‘g‘ri ishlab chiqish va tatbiq etish — bu ta’lim sifatini oshirishga, o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga va ularning hayotiy faoliyatga tayyor bo‘lishlariga xizmat qiladigan muhim jarayondir. Bu tamoyillar o‘qituvchidan yangilikka ochiqlik, metodik yondashuvlarning keng doirasini bilish va ularni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq eta olish kabi ko‘nikmalarni talab qiladi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ixtisoslashtirilgan san’at maktablarida garmoniya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida o‘qitish masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ixtisoslashtirilgan san’at maktablarida garmoniya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida o‘qitish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kreativlik, san’at maktabi, Kalit so‘zlar: garmoniya, kompozitsiya, musiqa ta’limi, interfaol metodlar, musiqiy tafakkur., raqamli platformalar, zamonaviy texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026