Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DIPLOMATIK TERMINLARNI TADQIQ QILISHNING USLUBIY ASOSLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Xaydarova Dilafruz Zakirovna
Исследователь · 2026
Аннотация
В статье анализируются содержание, лингвистические особенности дипломатической терминологии и методологические основы их изучения. Автор дает глубокий анализ дипломатических терминов с использованием семантического, прагматического, переводческого и корпусного подходов. Освещены эволюция дипломатических терминов, выражения, возникающие в новых политических ситуациях, и роль современных технологий в их изучении. В статье также обозначены перспективы изучения дипломатической терминологии, в частности, направлений, связанных с искусственным интеллектом, межкультурной коммуникацией и стандартизацией. Ключевые слова: дипломатический язык, дипломатический термин, семантический анализ, теория перевода, прагмалингвистика, международные отношения, дипломатические тексты, лингвистика, корпусная лингвистика, межкультурная коммуникация. Globallashuv jarayonining kuchayishi, xalqaro aloqalarning kengayishi va xalqaro tashkilotlar sonining ortishi diplomatik til va terminlarga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada oshirdi. Diplomatik nutqdagi atamalar muayyan ma'no yuklaydi va ular xalqlar o‘rtasidagi rasmiy, rasmiyatchilikdan holi, lekin siyosiy jihatdan aniq va ehtiyotkor munosabatlarni ifodalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada diplomatik terminologiyani o‘rganishning uslubiy asoslari, mavjud https://scientific-jl.com 3 6 8 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yondashuvlar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Diplomatik terminlar: tushuncha va xususiyatlar. Diplomatik terminlar — bu xalqaro siyosiy muloqot, rasmiy bayonotlar, shartnomalar, notalar va boshqa diplomatik hujjatlarda ishlatiladigan, aniq semantik yuklama va kommunikativ vazifaga ega bo‘lgan iboralar yig‘indisidir. Ular quyidagi xususiyatlarga ega: Rasmiylik darajasi yuqori bo‘ladi; Betaraflik va ehtiyotkorlik asosida tuziladi; Siyosiy-psixologik ohangga ega; Milliy madaniyat va siyosiy makon xususiyatlarini aks ettiradi. Diplomatik va tijorat yozishmalari hujjat turlari orasida eng yoshi va ayni paytda eng qadimiysi hisoblanadi. Chunki O‘zbekistan mustaqil davlat sifatida tan olinganidan keyingina shunday hujjatlarni o`zbek tilida yozish masalasi ko`tarildi, bunga esa hali ko`p vaqt bo’lgani yo‘q. Aslida ushbu yozishmalar yangidan qayta tug’ildi, desak ham bo’ladi, chunki bunday yozishmalar, ushbu qo`llanma muqaddimasida ta’kidlanganidek X—XII asrlardayoq mavjud bo’lgan. Ular “yorliqlar” deb atalgan va o‘ziga xos lisoniy koliplarga, ma’noviy tarkibiy kismlarga ega bo’lgan. Hozir ham diplomatik va tijorat hujjatlari shakl va lisoniy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni yozishda nimani yozish masalasigina emas, uni qay yo`sinda yozish masalasi ham muhim bo’lib, bu uning tuzuvchilaridan chuqur malaka va katta tajribani talab etadi. Diplomatik yozishmalarda hujjat turini uning mazmunidan kelib chiqqan holda to`g`ri tanlash va yozish qonun-qoidalariga to’la va aniq amal qilish, hujjat yo`llanayotgan mamlakat an’analarini hisobga olish zarurdir. Diplomatik hujjat, albatta, javob talab qiladi. Hujjatning qaysi turi yuborilgan bo’lsa, shu turi bilan javob qaytarilishi shart. Bayonotga bayonot bilan, shaxsiy xatga shaxsiy xat bilan javob beriladi. Xatga imzo qo`yib yuborilgan shaxsiy xatga faqat ismi-sharifi yozilgan, lekin imzo qo`yilmagan shaxsiy xat bilan javob qaytarish hurmatsizlik hisoblanadi. Diplomatik hujjatlarning javobsiz qoldirilishi kamdan-kam hollarda yuz beradi va eng salbiy ma’noni anglatadi. Diplomatik hujjatlarda hujjatyuborilayotgan mamlakatning nomlanishida, shaxsning lavozimi, ismi-sharifini yozishda, unga murojaat shakllarida biron-bir xatoga yo‘l qo‘yish mutlaqo mumkin emas. Diplomatik hujjatlar tashqi ko’rinishi jihatidan ham benuqson bo’lishi shart. Ular a’lo sifatli qog‘ozga bir tekis joylashtirilgan holda bexato yozilishi, hech qanday harf o`chirilmasligi va to‘g‘irlanmasligi, muhr o‘z o‘rnida qo‘yilishi lozim. O‘tmishda noma, albatta, hukmdor tamgasi bilan muhrlangan. Shoh muhri xukmdorlik belgisi hisoblanib, bunday muhrlangan hujjatlarga faqat ikkinchi bir shoh muhri orqaligina javob berish mumkin bo’lgan. Bu, albatta, mamlakatlarning teng huquqliligining ifodasi bo’lgan. Hozir ham diplomatik hujjatlar davlat gerbi bilan muhrlanadi. Ular https://scientific-jl.com 3 6 9 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali asosan davlat gerbi tasviri tushirilgan qog‘ozga yoziladi. Muhrning to‘g‘ri va o‘z o‘rniga qo`yilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Muhr qiyshayib krlmasligi, undagi gerb tasviri, shuningdek, imzo ham aniq ko’rinib gurishi talab qilinadi. Diplomatik hujjatlar solib yuboriladigan paket (qonvert) xat (qog‘oz) hajmi bilan bir xil bo’lishi kerak. Diplomatik hujjatlarni pochta orqali yuborish tavsiya etilmaydi, ular shaxsan topshirilishi yoki kur`er (chopar) orqali yuborilishi mumkin. Chopar paketni vakolatlangan shaxsga topshirishi va undan tilxat o
Доказательный фрагмент
«В статье анализируются содержание, лингвистические особенности дипломатической терминологии и методологические основы их изучения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируются содержание, лингвистические особенности дипломатической терминологии и методологические основы их изучения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- дипломатический язык, дипломатический термин, semantik tahlil, diplomatik termin, tarjima nazariyasi, tilshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya., diplomatik matnlar, xalqaro munosabatlar, Kalit so‘zlar: diplomatik til, korpus lingvistikasi, pragmalingvistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025