Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Eroziyashunoslik
Maxsudov X. M. · Gafurova L. A.
Учебная литература · 2013
Аннотация
Darslik universitetlar va qishloq xo`jalik oliygohlarining 5620100- Agrokimyo-tuproqshunoslik, 5621400- biokimyo va tuproqni eroziyadan muhofazalash yo'nalishida o'qiyotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Eroziyashunoslik darsligidan bakalavr yo'nalishida ta`lim olayotgan talabalar, tadqiqotchi o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, agrotuproqshunoslik, agrokimyo va tuproq bonitirovkasi mutahassisliklari bo`yicha tayyorlanayotgan magistrlar, dehqon fermer xo`jaliklari, qishloq va suv xo`jaligi sohasida ishlayotgan mutahassislar va boshqa agrar soha xodimlari foydalanishi mumkin. Darslik “Eroziyashunoslik” fani bo'yicha qabul qilingan. Davlat ta`lim standartlari talablari asosida yozilgan va unga to'liq javob beradi. Darslik ikki qismdan iborat. Birinchi qismda tuproq eroziyasi va eroziyashunoslik fani haqida umumiy tushunchalar, ularni xalq xo`jaligiga keltiradigan zararlari va uni yer yuzasida geografik tarqalish qonuniyatlari, hamda eroziyashunoslik fanining asosiy ilmiy yo`nalishlari va metodologik asoslari berilgan. Ikkinchi qismda O'zbekiston respublikasi hududida qiyalik, adirli yerlarda tarqalgan lalmi va sug`oriladigan tuproqlardagi suv va shamol eroziyasini turlari, ularni eroziya jarayonlari ta`sirida tuproqlaming tarkibi, xossalari va unumdorligini pasayishi hamda atrof muhitni - ekologik sharoitlarini yomonlashuv mexanizmlariga alohida e`tibor qaratilgan. Eroziyalangan tuproqlar genezisi, klassifikasiyasi va uiarni unumdorligini tiklash, oshirishni yangi agrotexnologik chora-tadbirlari va yer resurslaridan qishloq xo'jaligida samarali foydalanish xususiyatlariga batafsil tavsif berilgan. Ushbu darslikda tuproqshunoslik, eroziyashunoslik fanlaridagi eng so'nggi ma'lumotlar hozirgi zamon ta`limoti va nazariy qoidalari asosida berilgan.
Доказательный фрагмент
«Darslik universitetlar va qishloq xo`jalik oliygohlarining 5620100- Agrokimyo-tuproqshunoslik, 5621400- biokimyo va tuproqni eroziyadan muhofazalash yo'nalishida o'qiyotgan talabalar uchun mo'ljallangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюDarslik universitetlar va qishloq xo`jalik oliygohlarining 5620100- Agrokimyo-tuproqshunoslik, 5621400- biokimyo va tuproqni eroziyadan muhofazalash yo'nalishida o'qiyotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026