Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Akbaraliyeva Asilaxon Tajjidinovna · Maxkamova Munida Qaxramonovna
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarni harakter xususiyatlarini, shu davrda kechadigan o‘zgarishlarni, bu davrda bola bilan qanday munosabat qilish, kichik maktab yoshidagi bolalar bilan qanday munosabat o‘rnatish, bu davrda bolada yetakchi faoliyat nima ekanligi, To‘liqsizlik kompleksi nima va bu bolada qanday kechadi, bolada to‘liqsizlik ko‘mpleksi bo‘lmasligi uchun nima qilish lozim. Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqillik poydevori yuzaga kelishi, aynan shu davrdan boshlab bola o‘zini mustaqil his qila boshlashi, chunki bu davrda bola maktabga qadam qo‘yishi, Separatsiya tushunchasi, bolada xulq-atvor me’yorlari shakillanishi, kichik maktab yoshi davrida bilish jarayonlari rivojlanishi,va olimlarni fikrlari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Kichik maktab yosh davri, separatsiya, to‘liqsizlik kompleksi, xotira, tafakkur, idrok, diqqat rivojlanishi, refleksiya, kompitentlik Kirish. Bugungi kunda kichik maktab yoshidagi bolalarga Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Bir qancha yangi qarorlar, farmoyishlar qabul qilinmoqda. PQ-79-sonli qarorda shunday deb yozilgan -“Umumiy va o‘rta ta’lim muassasalarining 1-4 sinflarida o‘quvchilariga boshlang‘ich ta’lim berishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturi va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi; barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60% ga yetkaziladi. O‘quvchilarning qiziqish va qobilyatiga mos bo‘lgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari va o‘quv metodik majmualar joriy etiladi”.[1] Kichik maktab yosh davri 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda bolada ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y beradi. Misol uchun bolani maktabga chiqishi, yangi muhit bilan yangi olam bilan tanishishi, yangi kun tartibiga moslashishi, o‘quv faoliyati ko‘nikmalari shakillanishi, o‘z o‘zini boshqarishi maktabda do‘stlar orttirishi hisoblanadi. Bu davrda bolada refleksiya paydo bo‘ladi. Bola o‘z xatti-xarakatlariga tashqaridan baho bera boshlaydi. Bola o‘z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda o‘zini qanday tutishni, ko‘chada qanday tutishni farqlay boshlaydi. Bola haqiqiy sotsiumga kiradi. Jamiyatdagi ijtimoiy normalar bilan sekin asta tanisha https://scientific-jl.com 2 3 1 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali boshlaydi. Bilish jarayonlari diqqat, xotira, tafakkur, nutq va oliy hislar shakillana boshlaydi (estetik ma’naviy-axloqiy o‘rtoqlik hamdardlik, adolatsizlikka chiday olmaslik). Kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakillanishi batamom tugallanmagan bo‘ladi, ya’ni shakillanishda davom etayotgan bo‘ladi. O‘quvchining maktabdagi muvafaqqiyati, ota-onaning bolaga e’tibori maktabdagi o‘qituvchining bola bilan individual shug‘ullanishi, bola shaxsini shakillanishida juda muhimdir. Bu davrda yetakchi faoliyat o‘qish faoliyati hisoblanadi. Bola maktab darsliklariga sekin asta moslashadi, ilk maktabga chiqqanda bolada eng katta muammo darsda 45 daqiqa qimirlamasdan o‘tirish va kundalik darslarni o‘z vaqtida tayyorlash bo‘ladi. Bu darslarni tayyorlashda bolada mas’uliyat paydo bo‘ladi. Bu davrda bolada mustaqillik poydevori yuzaga kelib, darsliklarni mustaqil bajarish istagi paydo bo‘ladi. D.A.Soliyevaning “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘quv mustaqilligini rivojlantirishning psixologik jihatlari” nomli avtoreferatida shunday degan - “Mustaqilikka moyillikning yuzaga kelishi 2 yo‘nalishda amalga oshadi. 1-Mustaqillikning shaxs xislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga bogliq. 2-Mustaqillikning shaxs xislati sifatida shakillanishida individual xususiyatlar, shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga kelgan munosabatlarga hamda shaxsning qobilyatlariga,uning faolliligiga bog’liq bo‘ladi.”[2] Bu davrda bolalar emotsional ekanligini hisobga olsak, bolani kamsitish, tengdoshlariga solishtirish, bolada to‘liqsizlik kompleksi rivojlanishiga olib kelishi yoki o‘ziga nisbatan ishonchi past bo‘lishiga olib keladi. Bu haqida Avstryalik psixolog Alfred Adler shunday degan -“Har bir insonda bolalikdan boshlab o‘zini to‘liq ojiz yoki boshqalardan kamroq his qilish holati bo‘ladi”[3]. Agarda ota-ona farzandini ko‘p tengdoshlariga solishtirsa shu kompleks rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Yoki bo‘lmasam “ichki meni” yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Chunki bu davrda asosan maktabda yangi darsliklarni o‘zlashtirish eng muhim ish hisoblanadi. Lekin hamma bolalar ham bu darsliklarni tezlik bilan o‘zlashtira olmaydi. Xamma bolada aqliy rivojlanish har xil suratlarda kechadi. Har bir bola induvidual bir biriga o‘xshamaydi. Uning qiziqishlari, qobilyatlari, empatiya darajasi, refleksiyasi, atrof bilan komunikatsiyaga kirishishi, intelekti o‘ziga xosdir. Z.Klicheva kichik maktab yoshi davridagi munosabatlar haqida shunday degan - “Kichik maktab yoshi davrida bolani boshqa insonlar bilan munosabatida katta o‘zgarishlar yuz beradi. Bolani muloqoti endi aniq maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Bunga sabab bir tomondan o‘qituvchining doimiy ravish
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarni harakter xususiyatlarini, shu davrda kechadigan o‘zgarishlarni, bu davrda bola bilan qanday munosabat qilish, kichik maktab yoshidagi bolalar bilan qanday munosabat o‘r…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarni harakter xususiyatlarini, shu davrda kechadigan o‘zgarishlarni, bu davrda bola bilan qanday munosabat qilish, kichik maktab yoshidagi bolalar bilan qanday munosabat o‘r… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- to‘liqsizlik kompleksi, diqqat rivojlanishi, tafakkur, separatsiya, xotira, kompitentlik, Kalit so‘zlar: Kichik maktab yosh davri, idrok, refleksiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014