Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOMPOZITORLIK VA BASTAKORLIK IJODIGA BIR NAZAR
No‘monov Iftixorjon Iqboljon og’li
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek zamonaviy musiqasi, O‘zbekistonga kompozitorlik va bastakorlik ijodining kirib kelishi hamda o‘zbek kompozitor va bastakorlari ijodi haqidagi malumotlar fikr mulohazalar yoritilib berilgan Аннотации:В статье представлена информация и мнения о современной узбекской музыке, о введении композиции и композиторского творчества в Узбекистан, а также о творчестве узбекских композиторов и композиторов. Annotation: This article provides information and opinions on Uzbek contemporary music, the introduction of composition and compositional creativity to Uzbekistan, and the work of Uzbek composers and composers. Kalit so‘zlar: Musiqa, kompozitor,bastakor, estrada, opera, balet, simfoniya, oratoriya, kantata, musiqali drama, suita, poema Ключевые слова: Музыка, композитор, композитор, эстрада, опера, балет, симфония, оратория, кантата, музыкальная драма, сюита, стихотворение Keywords: Music, composer, variety, opera, ballet, symphony, oratorio, cantata, musical drama, suite, poem O‘zbek millatining ma’naviy go‘zalligi asrlar qa’ridan kelayotgan kuy- ohanglarida o‘zining ajoyib va betakror, badiiy aksini topib kelmoqda. Binobarin, milliy musiqa ko‘p asrlar davomida shakllangan ajdodlarimiz boy ma’naviyatining sadolardagi jonli ifodasi bo‘lib, bugungi kunda yangi, buyuk davlat bunyodkori bo‘lmish xalqimizning ruhi, quvvati va jon ozig‘i bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbek musiqasi janr jihatidan xilma-xil bo‘lib, ular oddiy hamda murakkab asarlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek xalq ijodiyoti, an’anaviy bastakorlik va zamonaviy kompozitorlik ijodiga mansub musiqiy 117 namunalar fikrimizning yaqqol dalili bo‘la oladi. Zamonaviy o‘zbek musiqasi va kompozitorlik ijodi xalq orasida ommalashib o‘zbek musiqasining jahon arenalariga chiqishiga, undan munosib joy olishiga xizmat qildi. O‘tgan yillar davomida jahon musiqa pillapoyalaridan joy olgan opera, balet, simfoniya, oratoriya, kantata, musiqali drama, suita, poema janrlarida yetuk asarlar yaratildi. Qisqa muddatda qator kompozitorlar jahonga tanildilar. Ulardan Muxtor Ashrafiy, Tolibjon Sodiqov, Sobir Boboyev, Sulaymon Yudakov, Mutal Burhonov, Rustam Abdullayev, Mustafo Bafoyev, Sayfi Jalil, Avaz Mansurov, Aleksey https://scientific-jl.com 3 1 6 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Kozlovskiy, Ikrom Akbarov, Ulug‘bek Musayev, Mirsodiq Tojiyev, To‘lqin Qurbonov, Mirxalil Mahmudov, Rashid Hamroyev, Georgiy Mushel, Nuriddin G‘iyosovlar o‘z ijodlari bilan jahon sahnalariga chiqdilar. Zamonaviy musiqa tushunchasi nafaqat ko‘p ovozli musiqa janrlariga tegishli bo‘libgina qolmay, yangi avlodga mos yangicha yo‘llar bilan rivojlanib borayotgan an’anaviy bastakorlik ijodiyotiga ham taalluqlidir. O‘zbekistonda 1970-yillarning boshida kopozitorlik ijodi bilan bir qatorda bastakorlarning yangi avlodi shakllana boshladi va ularning ijod mahsullari o‘zbek musiqa merosi repertuarlarini boyita boshladi. Bastakorlardan Orifxon Hotamov, Baxtiyor Aliyev, Qahramon Komilov, Abduhoshim Ismoilov, O‘lmas Rasulov, Tursunboy Jo‘rayev, Ahmadjon Dadayevlar milliy musiqiy merosimiz rivojiga salmoqli hissalarini qo‘shdilar. Ushbu yangi avlod musiqiy tafakkuriga asoslangan ijodning negizida keksa avlod xalq bastakorlarining an’analari, mumtoz musiqa merosining shakl-u shamoyillari va zamon ta’limining belgilari ko‘rina boshladi. Natijada ijrochilik amaliyoti yangi zamonaviy asarlar bilan boyidi. An’anaviy yo‘nalishda samarali ijod qilib kelayotgan bastakorlardan Abduhoshim Ismoilov va O‘lmas Rasulovlarning ijodi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Abduhoshim Ismoilov ijodining kamolotida maqomlarga xos xususiyatlar kasb etganligini kuzatish mumkin. XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida Abduhoshim Ismoilovning ijodida ashula janriga katta e’tibor qaratildi. Ashula ijodiyotida bastakorning eng katta yutug‘i aynan maqom tafakkuriga tayanishida, maqom yo‘llarining shakl tamoyillariga asoslanishida hamda eng muhimi, kuy va so‘zning ma’nolar kesimidagi uyg‘unlikka erishidadir. Musiqa ijodiyotidagi nuqtalarning birikish markazi ham aynan mana shu jihatlar bilan xarakterlanadi. Uch jarayonning, ya’ni so‘z, kuy va talqinnning mutanosibligi bastakor yozgan asarlarning umrboqiyligini ta’minlab berdi. Bastakorning “Nasib bo‘lg‘ay”, 118 “Sarvinoz”, “Xasta ko‘nglim”, “Hamroz qil”, “Taraxxum qilmadi”, “Yor emas”, “Yorima ayting”, “Yorsan”, “Osmonda ham yo‘q”, “Munavvar qil” – “Ey, do‘st”, “Unutma”, “Hay-hay”, ”Janon ko‘zingga” kabi asarlari xalqimizning qalbidan joy olib ulgurdi. Zamonaviy o‘zbek bastakorligining yorqin namoyandasi, mohir sozanda va xonanda O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Rasulov musiqa ijodiyotining ushbu jabhasida o‘ziga xos ijod qilganligi va uning sozandalik amallariga uyg‘un holda yaratgan asarlarini e’tirof etish lozim. Ijodiy faoliyati davomida “Tahayyul”, “Xayol”, “Karashma”, “Diydor”, “Seni eslab”, “Dil mavji”, “Visol”, “Tasavvur”, “Hijron”, “Dil tasnifi”, “Kamon ufori”, “Oypalak” kabi bir qator cholg‘u kuylarini yarati
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek zamonaviy musiqasi, O‘zbekistonga kompozitorlik va bastakorlik ijodining kirib kelishi hamda o‘zbek kompozitor va bastakorlari ijodi haqidagi malumotlar fikr mulohazalar yoritilib berilgan Аннота…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek zamonaviy musiqasi, O‘zbekistonga kompozitorlik va bastakorlik ijodining kirib kelishi hamda o‘zbek kompozitor va bastakorlari ijodi haqidagi malumotlar fikr mulohazalar yoritilib berilgan Аннота… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Music, composer, variety, opera, ballet, symphony, oratorio, Kalit so‘zlar: Musiqa, estrada, simfoniya, oratoriya, poema, suita, bastakor, musiqali drama, kompozitor, balet, kantata
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014