Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YAHUDIYLIK DINIY MANBALARIDA AYOLLAR HUQUQLARI
Rahmonova Soliha Murodillo qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Yahudiylikda ayollarning huquqlari va ularning jamiyatdagi o‘rni haqida o‘ziga xos qarashlarga ega. Ushbu maqolada yahudiylik diniy manbalarida ayollarning huquqlari qanday belgilanganligi tahlil qilinadi. Tavrot va Talmud asosida ayollarning oilaviy, iqtisodiy va ijtimoiy maqomi hamda ularning meros, nikoh va taloq borasidagi huquqlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: ayollar, Tavrot, Talmud, nikoh, ketuba, meros huquqi, “Nashim”, Mishna, get. Yahudiylikda ayollarning diniy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tarixiy, madaniy va diniy jihatlardan ko‘p qatlamli bo‘lib, u yahudiylikning asosiy yo‘nalishlari hamda turli davrlar va jamiyatlarga qarab o‘zgarib kelgan. Yahudiylikning asosiy diniy manbalari Tavrot va Talmudda yahudiy ayollarning muayyan huquq va majburiyatlari belgilab o‘tilgan. Tavrot ayollarning huquqlari, mas’uliyatlari va jamiyatdagi maqomini belgilovchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Ularning huquqlari ko‘pincha oilaviy, iqtisodiy, va diniy kontekstda muhokama qilinadi. Yahudiylikda muqaddas birlashma hisoblangan nikohning asosiy maqsadi ko‘payishdir. Biroq, nikoh muqaddas va ruhiy birlashma, shuningdek, ko‘payish maqsadiga ega1. Yahudiylikda nikohdan maqsad avlodni davom ettirish va erkakka hamroh bo‘lishdir. Xotinsiz erkak turmush qurishga da’vat qilingan, chunki u ne’mat va barakalarsiz yashaydi2. Biroq, nikoh asosan erkak shaxsi orqali amalga oshirilishi ayollarning orqada qolishi haqidagi tasavvurni keltirib chiqaradi. Tavrotda qizlar turmush o‘rtog’ini tanlashda erkin emasligi va ular otalarining qarorlariga bo‘ysunishlari haqida ko‘plab bayonotlar mavjud. Masalan, Yoqubning qizi Dinani so‘raganida qizining fikrini so‘ramagani3 va shoh Shoulning Dovudning qizi Merabga Egamiz uchun jang qilish evaziga undan so‘ramasdan turmushga chiqishga va’da berishi4 misollari mavjud. Biroq, shunga qaramay, Zelofxad o‘z qizlariga o‘zlari yoqtirgan kishiga turmushga chiqishga ruxsat bergani qizlarga nisbatan bag’rikenglik namunasidir. 1 Asife Ünal, "Yahudilikte Evlilik Anlayışı ve Evlenme Törenleri", Uluslarası Bütün Yönleriyle Yahudilik Sempozyumu, Dinler Tarihi Araştırmaları, Ankara, 2012, 674-675. 2 Adrienne Baker. “The Jewish Women in contemporary society” New York: New York University Press, 1993, -149 page. 3 Ibtido, 34:14-17 4 Shohlar 1, 18:17 https://scientific-jl.com 1 3 2 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Yahudiylikda nikoh jamiyatni saqlab qolish uchun zarurdir. Yahudiy kishi turmushga chiqmaguncha o‘z diniga to‘liq amal qila olmaydi, deb ishoniladi. Nikoh - bu erkak va ayolning xatti-harakatlari ilohiy qonun bilan tartibga solinadigan shartnoma. Yahudiylarning nikoh qonunlari turmush o‘rtog’ining huquqlarini nikoh shartnomasi (ketubah) bilan ta’minlaydi. Ushbu shartnomaning maqsadi nikoh paytida moddiy, ijtimoiy va fiziologik huquqlarni ta’minlashdir. Bu nikoh shartnomasi orqali ajralish yoki turmush o‘rtog’i vafot etgan taqdirda, ayolning moliyaviy ahvolini himoya qilishga qaratilgan. Ketubada ko‘rsatilgan nikoh shartnomasi ajrashgan taqdirda ayol tomonidan talab qilinishi mumkin5. Yahudiylikda umumiy qoida sifatida, yahudiylardan bo‘lmaganlarga turmushga chiqmaslik sharti bor. Tavrotda ayollarning meros olish huquqi haqida aniq qoidalar keltirilgan. Tavrot bo‘yicha, oilada erkaklar meros olishda birinchi o‘rinda turadi. Tavrot ayollar uchun meros olish imkoniyatini ko‘proq istisno sifatida ko‘rib chiqadi. Bunday hollarda, o‘g’illar yo‘qligi sharti bilan ayollarga meros huquqi beriladi. Tavrotning Sonlar kitobida Zalofxodning qizlari haqidagi voqeada ayollarning meros olish huquqi tasdiqlangan6. Agar o‘g’il farzandlar bo‘lmasa, qizlar otasining mulkini meros qilib olishadi. Zalofxodning o‘g’illari bo‘lmagan. Ushbu voqea asosida, agar oilada o‘g’il bo‘lmasa, meros qizlarga berilishi qonunlashtirildi. Ayollar meros huquqining shartlari quyidagicha: Ayollar faqat o‘g’illar bo‘lmagan taqdirda meros olishi mumkin. Qizlar merosni saqlab qolish uchun oilaning yaqin qarindoshiga turmushga chiqishi kerak edi. Bu mulkning oilaviy nasl chizig’ida qolishini ta’minlash uchun qilingan7. Tavrot beva ayollarni to‘g’ridan-to‘g’ri meros olish huquqi bilan ta’minlamaydi. Lekin beva qolgan ayolning ta’minoti quyidagicha amalga oshiriladi: Levirat nikohi (yibbum)ga ko‘ra, agar ayolning eri vafot etsa va ular farzandsiz bo‘lsa, ayol erining akasi bilan turmush qurishi kerak edi. Bu nikoh orqali ayolga iqtisodiy ta’minot kafolatlangan. Nikoh shartlariga ko‘ra, er o‘z xotinining moddiy ta’minotini kafolatlashga majburdir8. Erkak o‘z xotiniga nisbatan uch asosiy majburiyatni bajarishi kerak: moddiy ta’minot; kiyim va boshpanani ta’minlash; nikoh huquqlarini hurmat qilish. Yahudiylikda ayolning moddiy ta’minoti diniy majburiyat sifatida ko‘riladi va uning oilaviy hayotdagi maqomini himoya qilishga qaratilgan. Shu sababli, ayol jamiyatda moliyaviy jihatdan mustahkam huquqlarga ega bo‘lishi uchun diniy huquqiy tizimda aniq qoidalar ishlab chiqilgan. Taloq masal
Доказательный фрагмент
«Yahudiylikda ayollarning huquqlari va ularning jamiyatdagi o‘rni haqida o‘ziga xos qarashlarga ega.»
Образец извлечения
Демо-превьюYahudiylikda ayollarning huquqlari va ularning jamiyatdagi o‘rni haqida o‘ziga xos qarashlarga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- meros huquqi, nikoh, Tavrot, Talmud, Mishna, “Nashim”, Kalit so‘zlar: ayollar, get., ketuba
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024