К содержанию
РецензированоUZ2026

YO‘L HARAKATI QOIDALARINI SAMARALI O‘QITISH METODLARI

Mamajonov Sarvarbek Nabijon oʻgʻli

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada yo‘l harakati qoidalarini o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish metodlari tahlil qilinadi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda yosh avlodning ushbu qoidalarni to‘liq va amaliy egallashi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada faol o‘qitish metodlari, interaktiv texnologiyalar, differensial yondashuv va kasbiy yo‘naltirish asosidagi ta’lim usullari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, shuningdek, ularning mustaqil fikrlash va o‘z-o‘zini baholash qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari tavsiya etiladi. Tadqiqotlar yo‘l harakati qoidalarini o‘qitishdagi innovatsion yondashuvlarning samaradorligini ko‘rsatib, yo‘l-transport hodisalarini kamaytirishda ta’limning o‘rni va ahamiyatini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar Yo‘l harakati xavfsizligi, profilaktik tadbirlar, qoidabuzarlik, targ‘ibot ishlari, ta’lim va tarbiya; ANNOTATION This article analyzes effective teaching methods for traffic rules education. Ensuring that the younger generation fully and practically masters these rules is crucial for traffic safety. The article examines active learning methods, interactive technologies, differentiated approaches, and vocationally oriented teaching techniques. It recommends ways to increase educational effectiveness using modern pedagogical technologies, strengthen students’ theoretical knowledge with practical skills, and develop their independent thinking and self-assessment abilities. The research highlights the effectiveness of innovative approaches in teaching traffic rules and emphasizes the role and importance of education in reducing road traffic accidents. Key words Road traffic safety, preventive measures, traffic violations, public awareness, education and training; KIRISH Yo‘l harakati qoidalari (YHQ) — har bir fuqaroning hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qonunlar majmuasi bo‘lib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi. Dunyo bo‘ylab har yili millionlab odamlar yo‘l-transport hodisalari (YTH) sababli jabrlanadi yoki hayotdan ko‘z yumadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 1,3 milliondan ortiq odam yo‘l-transport hodisalari qurboni bo‘ladi. Shuning uchun yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi butun dunyo uchun https://scientific-jl.com 1 5 0 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali jiddiy ijtimoiy va iqtisodiy muammo sifatida qolmoqda. Mazkur muammoni hal etishda faqat qonunlarni joriy etish yetarli emas, balki ularni aholiga sifatli o‘rgatish va tushuntirish juda muhimdir. Ayniqsa, kelajak haydovchilari, piyodalar va boshqa yo‘l ishtirokchilari uchun yo‘l harakati qoidalarining mukammal va amaliy bilimi ta’minlanishi yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish va ularning salbiy oqibatlarini oldini olishda asosiy omillardan biridir. Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalarini o‘qitish jarayoni ushbu bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Xususan, politexnikum va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini tayyorlashda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish nafaqat nazariy bilimlar, balki ularni amaliy hayotda to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilishi kerak. Shu nuqtai nazardan, yo‘l harakati qoidalarini samarali o‘qitish usullarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash katta ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda pedagogika va ta’lim sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, shuningdek innovatsion texnologiyalarning keng joriy etilishi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Faol o‘qitish, muammoli metodlar, interaktiv vositalar, differensial yondashuv va kasbiy yo‘naltirish kabi pedagogik texnologiyalar yo‘l harakati qoidalarini o‘qitishda ham yuqori natijalar beradi. Shu bilan birga, mamlakatimizda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat dasturlari va tashabbuslari faol amalga oshirilmoqda. Masalan, “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha milliy dastur” doirasida ta’lim jarayonini takomillashtirish, yoshlarni xavfsizlik madaniyatiga o‘rgatish vazifalari belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda samarali o‘qitish metodlarini qo‘llashning roli beqiyosdir. Maqolaning maqsadi — yo‘l harakati qoidalarini o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish uchun asosiy metodlar va pedagogik yondashuvlarni tahlil qilib, ularning ta’lim sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Shu orqali o‘quvchilarning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiluvchi https://scientific-jl.com 1 5 1 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali metodik vositalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. TADQIQOT METODOLOGIYASI. Faol o‘qitish metodlari. Faol o‘qitish pedagogikasining asosiy tamoyili — o‘quvchini ta’lim jarayonining marka

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yo‘l harakati qoidalarini o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish metodlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yo‘l harakati qoidalarini o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish metodlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Road traffic safety, preventive measures, traffic violations, public, targ‘ibot ishlari, Kalit so‘zlar Yo‘l harakati xavfsizligi, profilaktik tadbirlar, qoidabuzarlik, ta’lim va tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники