К содержанию
РецензированоUZ2026

ELEKTRON HUKUMAT TUSHUNCHASINING KONSEPTUAL TAHLILI

QURBONOV SHOXRUX QUVONDIQOVICH

Исследователь · 1–5 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada elektron hukumat tushunchasining konseptual tahlili yoritib berilgan. Elektron hukumatning asosiy tamoyillari bosqichma bosqich asoslab berilgan va maqolada A.Yusupovning tadqiqot ishlarida davlat boshqaruv samaradorligini baholashda uning tashkiliy-institutsional, ochiqlik, zamonaviy axborot- kommunkatsiyalarning roliga e’tibor qaratilgan.Maqola ko’plab mutaxassislar va mustaqil izlanuvchi tadqiqotchilar uchun foydali bo’lishi mumkin. KALIT SO’ZLAR: Elektron hukumat, axborot-kommunikatsiya, texnologiya, modernizatsiya, AKT, transformatsiya Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) jadal rivojlanishi zamonaviy jamiyatning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarga olib keldi. Davlat boshqaruvi tizimi ham bundan mustasno emas. XXI asr boshlarida davlat organlari o‘z faoliyatlarida zamonaviy AKT vositalarini faol qo‘llash orqali samaradorlikni oshirish, fuqarolar va biznes bilan o‘zaro munosabatlarni transformatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Aynan shu jarayonlar natijasida “elektron hukumat” tushunchasi shakllandi va rivojlandi. Elektron hukumat bugungi kunda davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olingan. Elektron hukumat tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, uning yagona va universal ta’rifi mavjud emas. Tadqiqotchilar va xalqaro tashkilotlar tomonidan taklif etilgan turli xil ta’riflar elektron hukumatning turli jihatlariga urg‘u beradi. Tadqiqot davomida xalqaro tashkilotlarning “elektron hukumat” tushunchasiga bergan ta’riflar o‘rganib chiqildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining (UNDESA) bergan ta’rifiga ko‘ra elektron hukumat - davlat xizmati va ma’lumotlarini fuqarolarga internet orqali yetkazish vositasi1,deb ta’riflaydi. Ta’rifda elektron hukumatning asosiy vazifasi — davlat xizmatlarini internet orqali fuqarolarga yetkazish deb ta’riflangan. Ta’rif aniq va tushunarli. Ammo zamonaviy texnologik yutuqlar va talablarni hisobga olsak, u yetarli emas. Hozirda elektron 1 Benchmarking E-government: A Global Perspective Report-2021 UN manba:https://publicadministration.desa.un.org/publications/e-government-landscape?utm_source=chatgpt.com https://scientific-jl.com 1 9 1 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali hukumat nafaqat internetda xizmat ko‘rsatish, balki mobil ilovalar, sun’iy intellekt, ochiq ma’lumotlar va idoralararo hamkorlikni ham qamrab oladi. Ta’rifda faqat “internet orqali” deyish zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlarning barcha ko‘rinishlarini qamrab olmaydi. Shu sababli, elektron hukumatni kengroq va yangi texnologiyalarni hisobga olgan holda qayta ta’riflash zarur hisoblanadi. Jahon bankining bergan ta’rifiga ko‘ra, elektron hukumat - davlat va fuqarolar, biznes, idoralar o‘rtasidagi munosabatni tubdan o‘zgartiruvchi AKT tizimlariga aytiladi2. Bu ta’rif elektron hukumatning tub mohiyatini ifodalaydi - ya’ni, davlat va fuqarolar, biznes hamda idoralar o‘rtasidagi munosabatlarni texnologiyalar yordamida sifat jihatidan o‘zgartirishni nazarda tutadi. Bu juda muhim jihat, chunki elektron hukumat faqat xizmat ko‘rsatish emas, balki boshqaruv uslubi va jamiyat bilan aloqa qilish formatini ham o‘zgartiradi. Biroq, bu ta’rif ham zamonaviy ehtiyojlarga to‘liq mos emas, chunki u texnologik yechimlarning xilma-xilligini hisobga olmaydi. Masalan, bugungi kunda raqamli boshqaruvda blokcheyn, IoT, sun’iy intellekt kabi innovatsiyalar ham muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ta’rifiga ko‘ra, elektron hukumat - internet va AKTdan samaraliroq boshqaruvga erishish vositasi sifatida foydalanishni anglatadi3. Mazkur ta’rif zamonaviy boshqaruvni samaraliroq qilish vositasi sifatida ko‘rsatadi. Raqamli texnologiyalar davlat xizmatlarini tezkor, ochiq va qulay qilishga yordam beradi. Lekin, ta’rifda faqat samaradorlikka urg‘u berilgan, bu esa elektron hukumatning boshqa muhim jihatlarini chetlab o‘tadi. Masalan, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, idoralararo hamkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning boshqaruvdagi ishtirokini kengaytirish kabi masalalar ham muhim hisoblanadi. Xalqaro elektr aloqa birlashmasining ta’rifiga ko‘ra elektron hukumat - Davlatning AKT yordamida axborot va xizmatlarni aholiga taqdim etish amaliyotidir4. AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) yordamida davlat xizmatlari va axborotlarini aholiga yetkazish. Bu yondashuv elektron hukumatning eng ko‘rinadigan qismi - xizmat ko‘rsatishni yoritib beradi. Lekin muammo shundaki, bu ta’rif juda tor. Elektron hukumat nafaqat axborot va xizmatlarni uzatish bilan cheklanmaydi. Aslida, bu boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirish, davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni 2 OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development). 2005. e-Government for Better Government. Paris: OECD 3 The e-Government Imperative OECD, 2003 manba:https://www.oecd.org/content/dam/oecd/en/publications/reports/2003/07/the

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada elektron hukumat tushunchasining konseptual tahlili yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada elektron hukumat tushunchasining konseptual tahlili yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transformatsiya, axborot-kommunikatsiya, texnologiya, AKT, modernizatsiya, KALIT SO’ZLAR: Elektron hukumat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники