К содержанию
РецензированоUZ2026

JIGARNING INSON ORGANIZMDAGI VAZIFALARI VA AHAMIYATI.

Alfraganus Unversiteti · Tibbiyot fakuleteti · Yusupova Sevinch · Baxodirova Mohichehra

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada tirik organizmlarning muhim organlaridan biri Jigar haqida so’z boradi.Jigar organizmdagi eng katta organlardan biri hisoblanadi.U organizmga kerakli bo’lgan moddalarni sentizlaydi,organizmga tushgan zararli toksinlarni siqib chiqaradi,organizmda ovqat hazmini ta’minlab beradi,metabolitni oxirgi mahsulotlarini hamda tashqi tomondan kirib kelgan moddalarni zararsizlantirib beradi,jigar ,asosan,o’t(Safro)ishlab chiqarib,oziq moddalarni ichakdan qonga so’rilishini ta’minlaydi.Jigar ishdan to’xtasa,butun organizm uchun jiddiy muommolarni chaqirishi mumkin. Kalit so’zlar: Jigar, gepatotsit, metabolizm, detoksikatsiya, safro sekretsiyasi, oqsil sintezi, immunologik funksiyalar, jigar kasalliklari. Kirish: Inson organizmi murakkab tuzilishga ega bo’lib, undagi har bir a’zo va tizim o’ziga xos hayotiy funksiyalarni bajaradi a’zolar o’zaro chambarchas bog’langan bo’lib, ularning muvozanatli faoliyati organizmning umumiy sog’lomligini ta’minlaydi. Shular orasida jigar eng yirik ichki a’zo hisoblanadi va u o’zining ko’p qirrali faoliyati bilan inson hayoti uchun zarur bo’lgan asosiy funksiyalarni bajaradi. Jigarning og’irligi o’rtacha 1,5 kilogrammni tashkil etadi va u qorin bo’shlig’ining yuqori o’ng qismida joylashgan. Jigar 500 dan ortiq biologik vazifani bajarishi bilan organizmdagi boshqa a’zolardan ajralib turadi.Jigar organizmda moddalar almashinuvi, zaharli moddalarni zararsizlantirish (detoksikatsiya), safro ishlab chiqarish, qonning ivishini tartibga solish, immun javobda ishtirok etish va energiya manbalarini saqlash kabi muhim funksiyalarni bajaradi.Ayniqsa, hozirgi davrda ekologik muhitning ifloslanishi, oziq-ovqat mahsulotlaridagi kimyoviy qo’shimchalar, dori vositalarining ko’p miqdorda ishlatilishi va noto’g’ri turmush tarzi tufayli jigar faoliyatiga tushayotgan yuk ortib bormoqda. Bu esa jigar kasalliklari, xususan, gepatit, yog’li gepatoz, sirroz va jigar o’smalari bilan kasallanish ko’rsatkichlarining ortishiga sabab bo’lmoqda.Jigar o’zini tiklash (regeneratsiya) xususiyatiga ega bo’lgan yagona ichki a’zodir. Biroq bu imkoniyat cheksiz emas. Agar jigar uzoq muddat zararli omillar ta’sirida bo’lsa, uning to’qimalarida qaytarilmas o’zgarishlar yuzaga keladi. Adabiyotlar tahlili: Abu Rayhon Beruniy o’zining mashhur asari – “Kitob as-Saydana fit-” (qisqacha “Saydana”) da jigar kasalliklarini davolashga oid muhim ma’lumotlarni keltirgan.“Saydana” asarida jigar va o’t pufagi kasalliklarini davolashda qo’llanilgan bir nechta dorivor o’simliklar haqida ma’lumotlar mavjud. Masalan, igir https://scientific-jl.com 3 0 4 64-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali (itkuchaladoshlar oilasiga mansub o’simlik) ildizpoyasida efir moyi, C vitamini, kraxmal va oshlovchi moddalar mavjud bo’lib, buyrak, jigar va o’t pufagi kasalliklarini davolashda dori tayyorlashda keng foydalanilgan. Stryer (2015). Jjigarni asosiy detoksikatsiya organi deb e’tirof etadi. Unga ko’ra, gepatotsitlar orqali toksik moddalar, dori metabolitlari, spirtli ichimliklar va zararli metabolitlar zararsizlantiriladi. Smith & Muench (2009) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar safro ishlab chiqarishning ahamiyatiga bag’ishlangan bo’lib, jigar tomonidan ishlab chiqarilgan safro yog’larni hazm qilishda muhim vosita ekani ta’kidlanadi. Nelson & Cox (2008) esa jigar tomonidan qonda muhim bo’lgan oqsillar – albumin, protrombin va fibrinogen sintezi haqida batafsil ma’lumot bergan. Ularning fikricha, jigar qonning ivishi, bosimini ushlab turish va oziq moddalarning tashilishini ta’minlaydi. Asosiy qism: Gepatotsit - bu jigarning asosiy parenximatoz (ya’ni funksional) hujayrasi bo’lib, inson jigari massasining taxminan 70-80 foizini tashkil etadi. Ular katta, ko’p funksiyali hujayralar bo’lib, bir nechta yadrogacha ega bo’lishi mumkin va murakkab hujayraviy tuzilishga ega. Jigarning asosiy hujayralari gepatositlar bo’lib, ular organizmdagi turli xil metabolik va detoksikatsion jarayonlarda ishtirok etadi (Karimov S.T., 2021). Jigar quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: 1.Metabolik funksiyasi. Jigar oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi. Oqsillarning parchalanishidan hosil bo’lgan ammiak jigar tomonidan zararsizlantirilib, siydik shirasi sifatida chiqariladi. Uglevodlardan esa glikogen hosil bo’lib, u energiya manbai sifatida zaxirada saqlanadi (Rajabov M., 2019). 2.Detoksikatsiya funksiyasi. Jigar organizmga tushgan toksinlar, dori moddalar, spirtli ichimliklar va boshqa zararli moddalarni neytrallashtiradi. Bu jarayon mikrosomal fermentlar ishtirokida sodir bo’ladi. Agar bu funksiyada uzilish bo’lsa, organizmda zaharlanish alomatlari yuzaga keladi (Soliyev A., 2020). 3. Safro ishlab chiqarish. Jigar kuniga 500-1500 ml gacha safro ishlab chiqaradi. Safro hazm qilish jarayonida, ayniqsa yog’larning parchalanishida muhim rol o’ynaydi. Safro o’t pufagida to’planib, kerakli paytda o’n ikki barmoqli ichakka quyiladi (Karimov S.T., 2021). 4. Vitaminlar va zaxira f

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tirik organizmlarning muhim organlaridan biri Jigar haqida so’z boradi.Jigar organizmdagi eng katta organlardan biri hisoblanadi.U organizmga kerakli bo’lgan moddalarni sentizlaydi,organizmga tushgan z…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tirik organizmlarning muhim organlaridan biri Jigar haqida so’z boradi.Jigar organizmdagi eng katta organlardan biri hisoblanadi.U organizmga kerakli bo’lgan moddalarni sentizlaydi,organizmga tushgan z… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Jigar, safro sekretsiyasi, immunologik funksiyalar, metabolizm, oqsil sintezi, jigar kasalliklari., detoksikatsiya, gepatotsit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники