К содержанию
РецензированоUZ2026

KAM TA’MINLANGAN OILALARGA PSIXOLOGIK XIZMAT KO'RSATISH

Keldiyeva Dilrabo Nuraliyevna

Исследователь · 2026

Аннотация

Kam ta’minlangan oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya va inson huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan soha hisoblanadi. Bunday oilalar ko‘pincha iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy izolyatsiya, stress va ruhiy salomatlik muammolari bilan yuzma-yuz keladi. Shu sababli, ularga psixologik yordam ko‘rsatish nafaqat ularning ruhiy holatini yaxshilash, balki oilaviy barqarorlikni ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy adolatni oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Kam ta’minlangan oilalar, bolalar, psixologik xizmatlar, ijtimoiy muammolar, moddiy yetishmovchilik, psixologik diagnostika Kam ta’minlangan oilalar ko‘pincha turli ijtimoiy muammolar bilan duch keladi. Ularning asosiy qiyinchiliklari moddiy yetishmovchilik, ish bilan ta’minlanmaslik, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga cheklangan kirish imkoniyati, shuningdek, psixologik stress va zo‘ravonlik holatlari bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda oilaning a’zolari, xususan, bolalar va ayollar, ruhiy zo‘riqish va depressiya xavfi ostida bo‘ladi. Psixologik yordam ularning bu muammolarni yengillashtirishga, o‘z-o‘zini anglash va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida birinchi navbatda oilaning ehtiyojlari va muammolari batafsil o‘rganiladi. Bu jarayon psixologik diagnostika, intervyu, kuzatuv va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi. Oilaning har bir a’zosi bilan individual ish olib borish, shuningdek, oilaviy konsultatsiyalar o‘tkazish muhimdir. Shu orqali oilada mavjud bo‘lgan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va ta’sir doirasi aniqlanadi.[1] Kam ta’minlangan oilalarga psixologik yordam ko‘rsatishda ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish zarur. Psixologlar nafaqat ruhiy holatni yaxshilashga, balki oilaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga ko‘maklashishi lozim. Bu maqsadda ijtimoiy ishchilar, psixologlar, tibbiyot xodimlari va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida hamkorlik tashkil etiladi. Bunday integratsiyalashgan yondashuv oilaning psixologik va ijtimoiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Psixologik xizmat ko‘rsatishning muhim yo‘nalishlaridan biri oilaviy munosabatlarni yaxshilashdir. Kam ta’minlangan oilalarda ko‘pincha o‘zaro tushunmovchiliklar, nizolar, zo‘ravonlik holatlari uchraydi. Psixologik konsultatsiyalar yordamida oilaning a’zolari o‘zaro muloqotni yaxshilash, nizolarni hal qilish, stressni boshqarish ko‘nikmalarini o‘rganadi. Bu esa oilaviy muhitni barqarorlashtiradi va ruhiy salomatlikni https://scientific-jl.com 3 3 3 64-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali mustahkamlaydi. Bolalarga psixologik yordam ko‘rsatish ham alohida ahamiyatga ega. Kam ta’minlangan oilalardagi bolalar ko‘pincha ta’limda qiyinchiliklarga duch keladi, o‘zini past baholaydi va ijtimoiy izolyatsiyaga uchraydi. Psixologik yordam ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va o‘quv jarayonida muvaffaqiyatga erishishiga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, bolalarga stressni yengish va ruhiy barqarorlikni saqlash uchun maxsus treninglar o‘tkaziladi.[2] Kam ta’minlangan oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatishda jamoatchilik va nodavlat tashkilotlarning roli katta. Ular bepul psixologik maslahatlar, treninglar va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini tashkil etadi. Bu tashkilotlar oilalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni jamiyatga integratsiyalash va ruhiy salomatlikni yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, ularning faoliyati orqali oilalar o‘z muammolarini ochiq muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladi. Psixologik xizmat ko‘rsatishning samaradorligini oshirish uchun mutaxassislarning malakasini doimiy oshirib borish zarur. Kam ta’minlangan oilalar bilan ishlashda psixologlar nafaqat kasbiy bilimlarga, balki empatiya, madaniy sezgirlik va ijtimoiy muammolarni tushunishga ega bo‘lishi lozim. Bu esa xizmat sifatini oshiradi va oilalarning ishonchini qozonishga yordam beradi.[3] Hozirgi kunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” gi PF-143-son Farmonining ijrosini samarali ta‘minlash maqsadida: Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 19-noyabrdagi 316-sonli buyrug‘i “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida treninglar tashkil qilinmoqda. Maqsad: shaxslarning ijobiy shaxslararo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy moslashuvchanligini oshirish, oiladagi shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘ziga past baho berish bilan bog‘liq holatlarini yengish, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olishi, o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini anglab yetishi, oila daromadini to‘g‘ri taqsimlashga o‘rgatish, shaxs o‘zining kuchli

Доказательный фрагмент

«Kam ta’minlangan oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya va inson huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan soha hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kam ta’minlangan oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya va inson huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan soha hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixologik xizmatlar, psixologik diagnostika, ijtimoiy muammolar, moddiy yetishmovchilik, Kalit so‘zlar: Kam ta’minlangan oilalar, bolalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники