К содержанию
РецензированоUZ2026

STRESS VA UNING BOSHQARILISHI: STRESSNING SABABLARINI, BELGILARI VA SAMARALI BOSHQARISH USULLARINI O'RGANISH

Isaqova Sanabar Mahamadjonova · Xafizova Shoira Qaxramonovna · Majidova Asilaxon Oxunjonovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqola stress va uning boshqarilishi masalasini o'rganadi. Stress insonning muammolarga yoki qiyinchiliklarga bo'lgan tabiiy javobidir, lekin uning salbiy ta'sirlari hayot sifatini pasaytirishi mumkin. Maqola stressning asosiy sabablarini, jumladan ichki va tashqi omillarni, shuningdek, hayotiy voqealar bilan bog'liq stressni ko'rib chiqadi. Stressning belgilari jismoniy, emotsional va kognitiv jihatdan namoyon bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, maqolada stressni boshqarish uchun samarali usullar keltiriladi, jumladan jismoniy faoliyat, relaxatsiya texnikalari, ijtimoiy qo'llab- quvvatlash, vaqtni boshqarish va sog'lom turmush tarzi Kalit so’zlar: Stress,jismoniy,emotsional,kognitiv,relaxatsiya texnikalari,asab tizimi,sog’lom. Stress — inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi stress hamma uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yo’lini topishga undaydi, stresssiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yo’qotadi.Stress shuningdek,barcha insonda turlicha bo’ladi va turlicha ta’sir qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, og’ir stresslar sog’liqqa ta’sir qiladi. Stress immunitetni pasaytiradi va ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi (yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va boshqalar). Shuning uchun stressli vaziyatga qarshi tura olish va hayotga ijobiy qaray olishni o’rganishga to’g’ri keladi. Doimiy bezovtalik, tushkun https://scientific-jl.com 2 3 1 64-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali holatda yurish, ba’zida bu holatlar hech qanday sabablarsiz yuzaga keladi.Albatta,inson o’zgaruvchan bo’ladi.Har kuni ham kulib,yaxshi kayfiyatda yuraolmaydi.Ba’zan hech qanday sabablarsiz ham kayfiyat tushib ketishi,o’z-o’zidan stressga tushib qolish holatlari kuzatiladi.Bunday holatda tajribali psixolog bilan gaplashish yoki yaqin inson bilan gaplashib olishi tavsiya qilinadi.Insoning energiyasi turlicha bo’ladi.Ba’zi insonlar stressdan o’z kuchi bilan chiqib ketaoladi,lekin aksincha bo’lsa bu holat juda qiyin kichadi.Inson stressga tushganda depressiya,kuchli og’riq,jismoniy zaiflik payda bo’ladi.Undan tashqari hech narsa yoqmasligi,ishtaxani yo’qligi paydo bo’ladi. Diqqatni kamayishi, bu o’qish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashishi stressga tushganda paydo bo’ladi. Stress turlari Ba’zi holatlarda «stress» ning ta’rifi qo’zg’atuvchining o’ziga tegishlidir. Masalan, jismoniy — bu kuchli sovuq yoki chidab bo’lmaydigan issiqlik, atmosfera bosimining pasayishi yoki oshishi.Kimyoviy stress tushunchasi ostida barcha toksik moddalarning ta’siri tushuniladi.Ruhiy stress o’ta salbiy yoki ijobiy his- tuyg’ular natijasi bo’lishi mumkin.Jarohatlar, virusli kasalliklar, mushaklarning ortiqcha yuklanishi — biologik stressdirKompleksreaksiyalar vaqtbirligida uchga bo’linadi;1. Organizmdagi bor imkoniyatlar ishga solingan kuchli qo’zg’alish davri 2. Ta’sir etayotgan qo’zg’alishga nisbatan adaptatsiyalanish yoki rezistentlikdavri.3. Ta’sir etuvchi omil nihoyatda kuchli bo’lib, organizmni holdan qoldirishdavri. Bu paytda organizmning beriladigan qo’zg’alishiga nisbatan kurashishipasayibketib u hatto halok bo’lishi ham mumkin. Yuqorida keltirigan stress bosqichlari organizmning nerv va endokrin tizmlaridamaxsus o’ziga xos fiziologik va biokimyoviy o’zgarishlar chaqiradi. Stressreaksiyalarni organizmga ko’rsatadigan ijobiy va salbiy xususiyatlarini bir biridan aniq ajratish maqsadida Gans Selye stress reaksiyalarini ikkita kata guruhga bo’ladi 1. Eustress. U ijobiy ruhli o’zgarishlar orqali yoki unchalik kuchlibo’lmagan biologik, kimyoviy, emotsional qo’zg’alishlar ta’sirida chaqiriladi. 2. Distress yani salbiy stress. Bunday stress reaksiyaorganizmni maksimaldarajada o’z kuchini sarflashiga olib keladi, ba’zan esa organizmning unga bardoshberish qobiliyati yetishmasdan halok bo’ladi. Distress natijasida organizmningruhiy salomatligi yomonlashib depressiya holatlarini ham chaqirishi mumkin. Eustress va distressni farqlashda quyidagi holatlarga e’tibor berish lozim. Distress paytida yuzaga keladigan asosiy o’zgarishlar:1. Kuchli bosh og’rig’i.2. Organizmning nihoyatda kuchsizlanishi va biron ish qilishni yoqmasligi.3. Biron narsaga ishonch qolmaganligi va vaziyatning yaxshilanishini kutmaslik.4. Kuchli qo’zg’aluvchanlikka uchrash va tahlikaga – sarosimaga tushish.5. Xotiraning pasayib ketishi, parishonxotirlik, parokandalik.6. Yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilishdan voz kechish.7. Kayfiyatning keskin o’zgarib turishi, charchoqlik, lohaslik. Ma’lumki, ko’pchilik odamlar har kuni stress omillarining ta’siriga uchrab turadi. Masalan, ishga https://scientific-jl.com 2 3 2 64-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola stress va uning boshqarilishi masalasini o'rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola stress va uning boshqarilishi masalasini o'rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
asab tizimi, Kalit so’zlar: Stress, emotsional, relaxatsiya texnikalari, jismoniy, kognitiv, sog’lom.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники